International scientific-theoretical conference on the topic: «THE ROLE OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR IN EASTERN GOVERNMENT AND CULTURE» www.myscience.uz 198 |
«Yana norunj va limu mashhur mevalardur. Norunj La.mg‘onotta va Bajur va Savodta ko‘p
bo‘lur va xo‘b bo‘lur.... norunj mushobahati mevalardin uluh limudurkim, Hindustonda galgal
limu deydurlar. Аndomi soz yumurtqasig‘a o‘xshar, vale yumurtqadek ikki boshn inichkarak
emas. Muning po‘sti ham sangtora po‘stidek hamvordur, g‘arib serob bo‘ladur» [ Bobur,
1960:355]
«Boburnoma» asarida ham sayohatnomaga xos muallif obrazi markaziy o‘rinni egallaydi.
Muallif sayyoh nigohi orqali barcha ko‘rgan va bayon etgan tafsilotlar va voqealarga o‘z
munosabatini, kechinmalari samimiy tarzda bayon etadi. Аsarning uchinchi, yaʼni Hindiston
tasviriga bag‘ishlangan sahifalarida Bobur sayyohlarga xos o‘zining sinchkov nigohi notanish,
begona o‘lkaning taʼrifida yanada teranroq kuzatiladi. Muallif yo‘lda ko‘rgan har bir narsa,
predmet, hayvonlar, tabiat manzaralari, atrofdagi odamlarni kuzatuvchi-sayyoh sifatida ularning
har biriga izchillik bilan taʼrif beradi, ularning xususiyatlarini, o‘ziga xos jihatlarini, ijobiy va
salbiy taraflarini ko‘rsatishga, har bir hodisaning sabablarini izlashga, aniqlashga intiladi.
Muallif o‘z kuzatuvlari davomida nafaqat shunchaki yangi xabar, maʼlumot beruvchi
sifatida, balki o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan atof muhitdagi barcha narsalar, inshoatlar, o‘simliklar,
falakda parvoz qilayotgan qushlar, quruqlikdagi va suv ostidagi ajoyib mavjudotlarning tashqi
belgilari bilan bir qatorda, ularning tabiatini ham ochib berishga intiladi. O‘zi guvoh bo‘lgan va
ko‘rgan narsalarining insonlarga foydali jihatlariga ham alohida ahamiyat beradi.
Bobur Mirzoning mazkur asarini yuqorida qayd qilingan Samarqandiyning fors tilida
yozilgan «Matlai saʼdayn» nasriy asaridagi Hindiston safariga bag‘ishlangan qismida mushtarak
jihatlar ham kuzatiladi. Samarqandiyning ham mazkur asarida Hindiston tasviri jonli tarzda aks
ettirilgan. Samarqandiy oldindan belgilangan manzilga yetib borish masofasini, yo‘llarni, joy
nomlarini, safar davomida bo‘lgan mamlakatlarning tabiati, ob-havosi bilan bir qatorda, o‘sha
yurtning ijtimoiy ahvolini, u yerlar xalqlarining madaniyati, yashash tarzi, diniy eʼiqodi haqida
ko‘plab qimmatli maʼlumotlarni yozib qoldirgan. Samarqandiy o‘z safarnomasida Hindistonning
turli hududlari, jumladan o‘z davrida qudratli Vijayanagar davlatini qo‘yidagicha taʼriflaydi: «Men
g‘oyat katta va obodon bir shahar hamda saltanat va hukmdorligi nihoyat kamolga yetgan bir
podshohni ko‘rdim: uning mamlakati Sarandib chegarasidan Gulbarga viloyatigacha va Bangola
chegaralaridan Malibor yerigacha (bulib), ming farsangdan ortiq keladi; viloyatlarining ko‘pi obod
va hosildor; bir-biriga barobar uch yuz bandarga, mingdan ortiq, tog‘dek baland...» [Samarqandiy,
2008:137]. Sayyoh-muallif har bir hududni tariflashda ularni solishtirib, qiyoslab baho berishga
urinadi. Bu ikki asarda ham yo‘l xotiralari tasvirining o‘xshash jihatlari bilan bir qatorda o‘ziga
xos muhim jihatlari mavjud. Qiyoslash natijasida Bobur Mirzoning «Boburnoma» asarida
publitsistik tasvir yetakchi ekaninligini kuzatsak, Samarqandiyning «Hindiston safari»da esa
muallifning asosiy eʼtibori tarixiy voqealar va uning tafsilotiga qaratilganligiga guvoh bo‘lamiz.
Аsarda keltirilgan muhim tarixiy maʼlumotlarning o‘z davrining siyosiy va madaniy hayotidan
to‘la xabardor bo‘lgan tarixshunos olim tomonidan yaratilganligiga guvoh bo‘lamiz.
«Boburnoma»da yo‘l xotiralari tasviri asarning katta qismidan joy olgan bo‘lib, har bir
sohani qamrab olgan ulkan entsiklopedik asardir. «Boburnoma» ilmiy-memuar asar bo‘lishiga
qaramay, unda sayohatnomaga xos barcha unsurlar, xususiyatlarning mujassam ekaniga guvoh
bo‘lamiz. Shu sababli, biz ushbu asarni o‘rta asrlar mumtoz adabiyotida turkiy tilda, nasrda