82
tezkorlik;
aniqlik;
tasavvurning boyligi va o'ziga xosligi.
Test noto'g'ri shaklda yoritilgan surat (kartina)ni to'g'ri shaklda ifoda
etishga asoslanadi. Bunda boladan juda yorqin ranglarda noto'g'ri tasvirlangan
kartinani alohida qog'ozga to'g'ri shaklda qayta tasvirlay olish talab etiladi.
Torrens (II) testi12. Torrens (II) testi og'zaki shakldagi test bo'lib,
bolalar
va kattalarning ijodiy qobiliyatini og'zaki usullar yordamida aniqlashga xizmat
qiladi. Test quyidagi tavsifga ega:
savollarni bera olish malakasiga egalik;
surat (kartina)lar majmuida tasvirlangan
vaziyatlarga mos keluvchi
holatlarning sabab va oqibatlarini aniqlay olish;
kundalik
hayotda
eng oddiy va
ommaviy
predmetlarni
qo'llashning o'ziga xos usullarini taklif
eta olish;
-barcha uchun yaxshi tanish bo'lgan predmetlar bo'yicha kutilmagan
savollarni bera olish;
-taxminlarni ilgari sura olish.
Pedagogik manbalarda ilgari surilgan g'oyalarga tayangan holda pedagog
ega bo'lgan kreativ tafakkur darajasini quyidagi metodlar13
yordamida
baholash mumkin:
-ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchi shaxsi va faoliyatini bevosita o'rganish
metodlari (pedagogik kuzatish, o'qituvchining ish hujjatlari va rejalarini
o'rganish, suhbat va h.k.);
-pedagogik tafakkurni tashxislashga yordam
beruvchi maxsus metodlar
(tashxisli vaziyatlar, anketa, reyting, test va b.)
Ushbu metodlar yordamida oliy ta'lim muassasalari talabalarining
pedagogik bilimlari darajasini ham baholash mumkin. Faqat bu o'rinda
o'qituvchining ish hujjatlari, rejalarini o'rganish emas,
balki talabalarning
83
individual, mustaqil ta'lim olishlari va ularning natijalarini tahlil etish maqsadga
muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: