Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

“Venn diagrammasi” metodi talabalarda mavzuga nisbatan tahliliy 
yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o'zlashtirish, 
tushunchalarni sintezlash ko'nikmalarini hosil qilishga yo'naltiriladi. U kichik 
guruhlarni shakllantirish asosida aniq sxema bo'yicha amalga oshiriladi. 
Talabalar tomonidan o'zlashtirilgan o'zaro yaqin nazariy bilim, ma'lumot yoki 
dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Undan muayyan bo'lim yoki 
boblar bo'yicha yakuniy darslarni tashkil etishda foydalanish samaralidir. 
Zinama-zina” strategiyasi talabalarda o'rganilayotgan mavzuni kichik 
mavzularga ajratilgan holda rasm, tasvir, jadval yoki slaydlar asosida o'rganish 
ko'nikmalarini shakllantiradi. Shuningdek, u talabalarda mavzuni o'rganishga 
ijodiy yondashish, shaxsiy fikr, o'zlashtirilgan tushunchalarni tasviriy 
ko'rinishlarda ifodalash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. 
“Insert” metodi yangi mavzu bo'yicha talabalarning muayyan 
tushunchalarga egaliklarini aniqlash, ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish 
ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. 
“Keys-stadi” (yoki “O'quv keyslari”) metodi (ingl. “case” – metod, 
“sudy” – muammoli vaziyat; vaziyatli tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil 
qilish) texnologiyasi talabalarda aniq, real yoki sun'iy yaratilgan muammoli 
vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish ko'nikmalarini 
shakllantirishga xizmat qiladi. U talabalarni bevosita har qanday mazmunga ega 
vaziyatni o'rganish va tahlil qilishga o'rgatadi.Texnologiyaning negizida 
muayyan muammoli vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks 


89 
ettiruvchi elementlar yotadi. Bular quyidagilardir: ta'lim shakllari, ta'lim 
metodlari, ta'lim vositalari, ta'lim jarayonini boshqarish usul va vositalari
muammoni hal qilish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishning usul va 
vositalari, axborotlarni to'plash, ularni o'rganish usul va vositalari, ilmiy 
tahlilning usul va vositalari, o'qituvchi va talaba o'rtasidagi ta'limiy aloqaning 
usul va vositalari, o'quv natijalari. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin