Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika


Pedagogik faoliyatni tashkil etishda axborot texnologiyalari



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

Pedagogik faoliyatni tashkil etishda axborot texnologiyalari 
imkoniyatlaridan ijodiy foydalanish 
Ta'lim jarayonida tobora faol qo'llanilayotgan zamonaviy vositalardan biri 
– bu axborot texnologiyalari sanaladi. Ularning texnik, texnologik imkoniyatlari 
ta'lim jarayonini qiziqarli, jonli, samarali tashkil etishda pedagoglar uchun 
nihoyatda qo'l keladi. Bugungi kunda ta'limda radio eshittirish, teleko'rsatuvlar, 
fil`mlarni namoyish imkoniyatlari mavjud.
Ulardan foydalanish o'qitish sifatini yaxshilaydi, talabalar, pedagoglarning 
kreativ sifatlari, kasbiy-ijodiy malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 
Axborot texnologiyalari orasida komp`yuterlarning alohida o'rni bor. 
Zamonaviy o'qitishda komp`yuter texnologiyasi pedagoglar uchun eng yaqin 
“Yordamchi” bo'lmoqda. Ta'lim jarayonida ulardan foydalanish quyidagi 
imkoniyatlarni yuzaga keltiradi: 
1) real ishlab chiqarish faoliyatiga mos keluvchi hajm, psixologik va 
mantiqiy-tarkibiy tuzilma mohiyatga ko'ra o'quv axborotini to'la taqdim 
etilishini ta'minlaydi;
2) o'quv axborotlarining tezkor yangilanishini inobatga olgan holda ularni 
taqdim etish tezligini zarur darajada bo'lishiga ko'maklashadi; 
3) o'quvchilarga bajarilayotgan ish-harakat yoki faoliyat sifati haqidagi 
ma'lumotni berishda tezkorlikni ta'minlaydi; 
4) ishlab chiqarish ustasiga o'quvchi faoliyatini nazorat qilish va unga zarur 
o'rinlarda maslahat, yo'nalish hamda ko'rsatmalar berish imkoniyatini yaratadi 
Axborot 
texnologiyalarining 
moslashuvchanlik 
va 
interaktivlik 
xususiyatiga egaligi talabalarning o'zlashtirish darajasiga bog'liq holda o'tilgan 
mavzuni qaytarish, mavzu ustida ishlashlarni individual tempda amalga oshirish, 
shuningdek, tabiiy muloqotni imitatsiyalash, ya'ni, elektron darslik matni bilan 


91 
talaba o'rtasida muloqot o'rnatib, so'rovnoma, verbal, noverbal, ovoz va b. 
yordamida o'qituvchi mavjudligini his etish imkoniyatini yaratadi.
Bu turdagi texnologiyalar yordamida mul`timedia mahsulotlari, elektron 
albom, elektron atlas, raqamli video lavhalar, virtual stendlar, audio va video 
vizual materiallar, shuningdek, prezentatsiyalar tayyorlash imkoniyati mavjudki, 
ular ta'lim jarayonining qiziqarli tashkil etilishini ta'minlaydi. Qolaversa, ular 
vositasida talabalar, pedagoglarning hissiy-estetik tuyg'ulari shakllanadi. Bu esa 
shaxsning kreativligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. 
Axborot texnologiyalarining imkoniyati va pedagoglarning kasbiy 
faoliyatlariga ijodiy yondashishlari natijasida yaratilgan mul`timedia 
mahsulotlari, audio va video materiallar, xususan, video animatsiyalar ham 
ta'lim jarayonida faol qo'llaniladi. 
Mul`timedia mahsulotlari – o'zida AKTning dasturiy va texnik 
imkoniyatlari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya effektlari 
asosida 
o'quv 
materialini 
tinglovchilarga 
yetkazib 
berilishini 
mujassamlashtirgan ishlanma (mahsulot)lar.
Audio va video vizual materiallar – o'quv axborotlarini komp`yuter 
texnologiyasi yordamida ovozli va vizual shaklda qabul qilinishini ta'minlovchi 
materallar.
Video animatsiyalar – chizilgan (rasmli) yoki kichik hajmli obraz (hajmiy, 
qo'g'irchoq yoki o'yinchoqli ob'ekt)larni harakatga keltirish va bu harakatning 
har bir bosqichini ketma-ket suratga olinganligini ifodalovchi elektron tasvirlar 
Prezentatsiya (taqdimot; lot. “praesentatio” – taqdim etish) – muayyan 
mavzu yoki muammo bo'yicha o'quv (ilmiy, amaliy) xarakterdagi 
materiallarning ish qog'ozlari (oddiy yoki vatman qog'ozlar) hamda axborot-
kommunikatsion vositalar (komp`yuter, proektor, protsesor va b. qurilmalar) 
yordamida taqdim etilishi. 
Mohiyatiga ko'ra axborot texnologiyalari yordamida tayyorlangan va 
ta'limiy maqsadlarda foydalaniladigan ijod mahsulotlar talabaning bilish 


92 
faoliyatini faollashtirishi, uning o'quv materialani o'zlashtirish maqsadlari bilan 
qurollantirish, o'quv materialini tushunishi va o'zlashtirishini kuchaytirish, 
fanlararo aloqani chuqurlashtirish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim. Buning 
uchun elektron shakldagi ijod mahsulotlari turli jarayon va hodisalarni 
tushunishni osonlashtirishga, tajribalarni bajarish usullari bilan tanishtirishga
laboratoriya jihozlarida ishlashni yengillashtirishga yo'naltirilgan bo'lishi zarur. 
Xulosa qilib aytganda, pedagoglarning kreativlik sifatlariga egaliklarini 
aniqlash ikki tomonlama ahamiyatga ega. Birinchidan, ular o'zlaridagi mavjud 
kreativlik sifatlari, ularning darajasi borasida aniq tasavvurga ega bo'ladi. 
Ikkinchidan, ular tomonidan tashkil etilayotgan ta'lim jarayoning sifati 
hamda samaradorligi xususida bir to'xtamga kelish mumkin. Shuningdek
kreativlik sifatlariga egaliklarini aniqlash orqali pedagoglarning bu boradagi 
faoliyatlari yo'nalishlarini belgilash imkoniyati yuzaga keladi.
Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish muayyan bosqichlarda 
kechadi. Mazkur bosqichlarning har birida kreativlik sifatlarini rivojlantiruvchi 
metod, vosita va texnologiyalarining maqsadli, izchil qo'llanilishi, shuningdek, 
pedagogik faoliyatni tashkil etishda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan 
ijodiy foydalanish o'qitish sifatining yaxshilanishi, samaradorligining oshishi 
uchun qo'lay sharoitni yaratadi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin