Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika


Davlat ta'lim standartlari



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

Davlat ta'lim standartlari – umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va 
oliy ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilaydigan 
me'yoriy hujjat. 
O'quv rejasi - me'yoriy hujjat bo'lib, unda har bir o'quv predmetining 
mazmuni ochib beriladi va o'quv yilida o'zlashtirilishi zarur bo`lgan bilim, 
ko`nikma va malakalar hajmi ko`rsatib beriladi 
kvo'dnaisktmuarvlaamraildakaayalnaradhaajbmaitakfo'rssialtiyobrbietriillaaddii 
O'quv dasturi – muayyan o'quv fani bo'yicha bilim, 
ko'nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim 
bilimlarni o'rganilishi bo'yicha taqsimlash, mavzularning 
ketma-ketligini belgilash hamda ularning o'rganilish 
darajasini yorituvchi me'yoriy hujjat 


95 
ega bo'lishi va ta'lim muassasalarining Pedagogik kengashlari tomonidan 
tasdiqlanishi zarur. Mualliflik o'quv dasturlarini ishlab chiqishda pedagog erkin, 
mustaqil ravisha o'zining kreativlik layoqatini to'la namoyon etish imkoniyatiga 
ega.
Odatda mualliflik o'quv dasturlaridan talabalarning erkin tanlovi bo'yicha 
(majburiy yoki maxsus) kurslar tashkil etishda, to'garaklar, ilmiy jamiyatlar, 
“Fan klublari”, texnik va badiiy ijodiyot markazlari faoliyatida samarali 
qo'llaniladi. 
Qolaversa, o'quv fanining mazmunini shakllantirishda har bir pedagog 15 
foiz miqdorda ijodiy yondashgan hola unga o'zgartirish kiritish imkoniyatiga 
ega. Binobarin, o'quv dasturlarining innovatsion, kreativ xarakter kasb etishi 
talabalarda ta'lim olishga qiziqishni kuchaytiradi, ularning o'quv-bilish 
faoliyatining faollashuvini ta'minlaydi. 
Ta'lim mazmuni va o'quv dasturlari o'quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. 
Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va o'quv qo'llanmalari kiradi. 
O'quv adabiyotlari orasida darslik alohida o'rin tutadi. O'quv dasturlari 
asosida yaratilgan darsliklar maqsadga muvofiq holda Oliy va o'rta maxsus 
ta'lim Vazirligi tomonidan barcha ta'lim muassasalari uchun tavsiya etiladi.
G'oyaviy va metodik jihatdan mukammal bo'lgan darslik ta'lim mazmuniga 
qo'yiladigan barcha talablarga javob bera olishi, talabalarning ehtiyojlarini 
qondira olishi, qiziqishini oshirishi, bilim, ko'nikma va malakalarini boyitishi 
zarur. Darslikda bayon etilayotgan o'quv axborotlari lo'nda, tushunarli va vizual 
bo'lishi, talabalarning estetik ehtiyojlariga mos kelishi kerak. 
Darslik – muayyan o'quv fani bo'yicha ta'lim maqsadi, o'quv 
dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy 
bilimlari to'g'risidagi ma'lumotlarni beruvchi manba bo'lib, u 
mazmuni va tuzilishiga ko'ra fan bo'yicha yaratilgan o'quv 
dasturiga mos keladi. 


96 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin