Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika


Didaktik materiallarning turlari



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

Didaktik materiallarning turlari 
t/r 
Didaktik materiallarning turlari 

O'quv materiallari mohiyatini yorituvchi o'quv axborotlari majmui 
(og'zaki bayon etiladigan va vizual namoyish etiladigan ma'lumotlar) 

O'quv topshiriqlari mazmunini yorituvchi didaktik materiallar (og'zaki 
va yozma xarakterdagi o'quv topshiriqlari) 

O'quv topshiriqlarining tezkor bajarilishini ta'minlovchi ish qog'ozlari 
Pedagoglarning o'quv mashg'ulotlari uchun didaktik materiallarni 
tayyorlashda quyidagi zamonaviy talablarga muvofiq ish ko'rishlari kutilgan 
ta'limiy natijaning qo'lga kiritilishi uchun zarur sharoitni vujudga keltiradi: 
- aniq maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi; 
- talabalarning ehtiyoj va qiziqishlariga muvofiq tayyorlanishi; 
- o'quv axborotlarining asoslanganligi; 
- talabalarning o'quv-bilish faoliyatini 
- faollashtirish imkoniyatiga egalik; 
talabalarni juftlikda, kichik guruhlarda faol ishlariga uchun sharoit yaratish
- talabalarda mustaqil, ijodiy, tanqidiy va 
- kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish; 
- zamonaviy ahamiyat kasb etishi; 
- estetik jihatdan sifatli bo'lishi; 
- noaniq tushuncha va iboralardan holi bo'lishi; 
- aniq natijani kafolatlay olishi; 
- turli vaziyatlarda qo'llay olish imkoniyatiga egalik; 
- mavjud BKMni mustahkamlashga xizmat qilishi va b. 
O'quv mashg'ulotlari uchun didaktik materiallarni tayyorlashda pedagoglar 
o'quv manbalari (darslik, o'quv, metodik va o'quv-metodik qo'llanma, 
yo'riqnoma, tavsiyanoma, lug'at, entsiklopediya, atlas, ish daftari, xrestomatiya 
kabi bosma nashrlar, shuningdek, Internet materiallari, EATR kabi elektron 
axborot 
manbalaridan 
olingan 
ma'lumotlardan 
maqsadli, 
samarali 


101 
foydalanishlari mumkin. Bu o'rinda olingan ma'lumotlarning ishonchliligi 
muhim. Shu sababli pedagoglar didaktik materiallarni tayyorlashda o'quv 
axborotlarining ishonchli ekanligiga e'tiborni qaratishlari zarur. Binobarin, ilmiy 
asosga ega dalillar bilan boyitilgan didaktik materiallar talabalarning umumiy va 
kasbiy rivojlanishini ta'minlashda o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. 
Demak, pedagoglarning o'quv dasturlari va o'quv manbalarini yaratishga 
nisbatan kreativ yondashuvlari talabalarning umumiy rivojlanishi hamda kasbiy 
shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'lim jarayonining muvaffaqiyati 
pedagog tomonidan taqdim etilayotgan o'quv materiallarining qay darajada 
sifatli tayyorlanishiga ham bog'liq. Shu sababli pedagoglar o'quv materiallarini 
tayyorlashga kreativ yondashishlari talab etiladi.
Bunda ular o'quv materiallarini samarali shakllantirishda g'oyaviylik, 
ilmiylik, vizuallik, tizimlilik, o'quv axborotlarining izchil bayon etilishi, o'quv 
axborotlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik, talabalarning yosh xususiyatiga mosligi, 
amaliy ahamiyatga egalik, aniq maqsadga yo'naltirilganlik hamda estetik 
talablarga muvofiqlik kabi tamoyillarni inobatga olishi o'quv jarayonining 
sifatli, metodik jihatdan to'g'ri tashkil etilishini ta'minlaydi. moyillarni inobatga 
olishlari zarur. O'quv mashg'ulotlar uchun didaktik ishlanmalar tayyorlashda 
ham pedagoglar zamonaviy talablar. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin