Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika


axborot-ta'lim resurslari (EATR)



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

axborot-ta'lim resurslari (EATR)ni yaratishda yaqqol namoyon bo'lmoqda. 
EATR – o'quv fan (modul)lari bo'yicha tizimlilik, 
izchillik, o'zaro muvofiqlik va yaxlitlik asosida 
shakllantirilib, o'quv materiallarini to'liq yoki qisman 
qamrab olgan holda komp`yuter texnologiyasi yoki 
Internet axborot tarmog'ida maxsus (alohida) saytda 
joylashtirilgan elektron nashrlar majmui 


98 
EATR bosma o'quv-metodik majmualar kabi o'zining tarkib asosiga ega 
bo'ladi. Ushbu tarkibiy asos bir nechta elementlarni qamrab oladi.
EATR ta'lim jarayonida quyidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish 
uchun talab etiladigan sharoitni yaratadi. 
Ta'lim jarayonidagi kreativlik talabalarda o'qishga qiziqishlarini orttiruvchi 
kreativ savollar tuzish, turli rasm, tasvir, jadval, diagramma, ramziy ifodalardan 
foydalanish, ta'lim oluvchilarga bayon etilayotgan o'quv axborotlari bilan 
mutlaqo aloqasi bo'lmagan g'oyalar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlilikni topish kabi 
vazifalarni berish, kichik kichik guruhlarda ishlashlarini ta'minlash kabi 
harakatlarda aks etadi. 
O'quv materiallari talabalarning umumiy va kasbiy bilimlarini boyitish 
bilan birga ularda dunyoqarashni boyitish, tasavvurni kengaytirish, ijtimoiy va 
tabiiy borliqqa ijobiy munosabatni shakllantirishga ham xizmat qilishi zarur. 
Shu sababli pedagoglar o'quv materiallarini tayyorlashga ijodiy yondashish bilan 
birga muayyan tamoyillarga rioya etishlari zarur.
O'quv mashg'ulotlar uchun didaktik ishlanmalar tayyorlashga 
qo'yiladigan zamonaviy talablar 
Shaxsda kreativ fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish uchun, eng avvalo, 
ularda tanqidiy fikrlash malakalarini shakllantirish talab etiladi. O'quv 
materiallarini talabalarga taqdim etishda savolning “Agarda ...?” deb qo'yilishi 
1)ta'limiy vazifalarni shakllantirish;
2)o'quv materiali mazmunini bayon qilish;
3)bilimlarni qabul qilishni tashkil etish; 
4)qaytar aloqa;
5)talabalarning bilish faoliyatini nazorat qilish;
6)talabalar o'quv-bilish faoliyatini tashkil etishning navbatdagi 
bosqichiga tayyorgarlik ko'rish (talabalarni mustaqil ta'lim 
olishga, qo'shimcha o'quv adabiyotlarini mustaqil o'qib-
o'rganishga yo'naltirish) 


99 
topshiriqlarni bajarish jarayonida ularning ham ob'ektiv, ham sub'ektiv fikrlash 
ko'nikmalarini samarali o'zlashtirishlarini ta'minlaydi.
Ken Robinson ta'kidlaganidek, kreativlik talabalarda “nafaqat yangi 
g'oyalarni ilgari surishini taqozo etishi, balki o'quv masalalari bo'yicha qarorlar 
qabul qilish, tahlil etish ko'nikmalarini ham shakllantira olishi lozim. Kreativlik 
jarayoni boshlang'ich g'oyalarni ishlab chiqish, ularni tadqiq qilish va tahlil 
etish, zarur bo'lsa ulardan voz kechishni ham o'z ichiga oladi.
Ayni o'rinda shuni ham aytib o'tish joizki, ta'lim jarayoniga nisbatan kreativ 
yondashuv ta'lim olish, o'quv fanlari asoslarini o'zlashtirishga nisbatan qiziqishi 
susaygan talabalar bilan ishlash maqsadida emas, balki barcha talabalar bilan 
jonli, qiziqarli, jo'shqin muloqotga kirishish, ularni faollikka undash uchun 
qo'llaniladi. 
Qolaversa, kreativ xarakterga ega mashg'ulotlarni nafaqat san'at, 
madaniyat sohalari yo'nalishlarida, shu bilan birga barcha istalgan soha (biznes, 
iqtisodiyot, huquq, pedagogika, psixologiya, qurilish, qishloq xo'jaligi, 
muhandislik, sanoat va b. sohalar) bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar bilan 
ishlash jarayonida ham birdek samarali tashkil etish mumkin. 
O'qituvchilar, shuningdek, ta'lim jarayoniga nisbatan kreativ yondashishda 
nafaqat o'quv fanlarini o'zlashtirishda yuqori natijalarga erishayotgan, kreativ 
fikrlashda ijobiy holatlarni qayd etayotgan talabalarga, balki ko'proq e'tiborni 
talab etadigan, ijodiy, kreativ fikrlash layoqatiga ega bo'lmagan ta'lim 
oluvchilarga ham birdek e'tiborni qaratishlari zarur. 
Ta'lim jarayonini tashkil etishda o'quv materiallarining maqsadga muvofiq, 
g'oyaviy mazmunga ega va sifatli tayyorlanishi muhim ahamiyatga ega. Oliy 
ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan o'quv mashg'ulotlari uchun ikki turdagi 
didaktik materiallar tayyorlanadi. 


100 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin