Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika


Kreativ yondashuv asosida o'quv fanlari bo'yicha nazorat-sinov



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

 
Kreativ yondashuv asosida o'quv fanlari bo'yicha nazorat-sinov 
topshiriqlarini tayyorlash, keys va darajali testlar to'plamini shakllantirish 
 
Zamonaviy ta'limda talabalarga tayyor bilimlarni berish emas, balki ularni 
bilimlarni mustaqil o'zlashtirishga yo'naltirish tobora muhim ahamiyat kasb etib 
bormoqda. Zero, tayyor bilimlarni o'zlashtirish garchi talabalarning borliqni 
anglashlarii, ijtimoiy munosabatlar mazmunini, u yoki bu ko'rinishdagi kishilik 
faoliyati mohiyatini tushunishlariga yordam beradi.


116 
Biroq, borliq va ijtimoiy munosabatlarning mavjud holatini ifoalovchi 
hodisa, voqelik, jarayonning tarkibiy elementlari o'rtasidagi o'zaro birlik, 
aloqadorlikni tushunish, sabab-oqibatlarini tahlil qilish, faoliyat mazmuni, 
yo'nalishi va eng muhimi, natijasini kafolatlovchi omillarni tahlil qilish 
malakalarini samarali rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.
Shu kabi salbiy holatning olini olishda talabalarni “muammo vaziyatlar”ga 
ro'para qilish metodik jihatdan samarali sanaladi. 
Muammoli 
vaziyatlarning 
didaktik 
imkoniyatlari 
talabalarni 
o'rganilayotgan masala (mavzu, muammo) yuzasidan fikrlash, masala 
mohiyatini yorituvchi tarkibiy elementlar o'rtasidagi o'zaro birlik va 
aloqadorlikni anglash, “muammo-muammoni hal qilish jarayoni-yechim” tizimi 
asosida masalani tahlil qilish, yechim borasida farazlarni ilgari surish, ularning 
maqbulligini tekshirish, yechimni bayon etish va uni himoya qilish kabi amaliy 
harakatlarni tashkil etishga majbur qiladi. 
Qolaversa, muammoli vaziyatlar yordamida talabalar o'z bilimlarini 
mustaqil 
tahlil 
qilish, 
o'quv-bilish 
faoliyatiga 
tanqiliy 
yondashish, 
o'rganilayotgan masala (mavzu, muammo) yuzasidan ijodiy fikrlarni ilgari 
surish kabi imkoniyatlarga ega bo'ladiki, xuddi shu holat jamiyat tomonidan 
ta'lim tizimi oldiga qo'yilayotgan ijtimoiy buyurtmaning to'laqonli bajarilishini 
ta'minlaydi. Ya'ni, muammoli o'qitish, uni o'qitish jarayonida qo'llaniladigan 
texnologiyalar respublika uzluksiz ta'lim tizimi tomonidan o'z oldiga qo'yilgan 
har tomonlama (aqliy, axloqiy, jismoniy, hissiy jihatdan) rivojlangan barkamol 
shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashdan iborat ijtimoiy buyurtmaning 
bajarilishini ta'minlovchi zarur pedagogik shart-sharoitni vujudga keltiradi. Shu 
sababli bugungi kunda ta'lim tizimida muammoli ta'limdan foydalanish, 
muammoli ta'lim texnologiyalarini samarali qo'llashga alohida e'tibor 
qaratilmoqda.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta'limi amaliyotida ham “Keys- stadi” 
texnologiyasini qo'llash asosida muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni hal 


117 
qilishga doir o'quv topshiriqlarini ishlab chiqish borasida boy amaliy tajriba 
to'plangan va mazkur texnologiya jahon o'qitish tizimida eng ommalashgan 
o'quv texnologiyasi sifatida e'tirof etilmoqda. 
Pedagogik turkum fanlarini o'qitishda “Keys-stadi” texnologiyasini 
qo'llash xususida so'z yuritishdan avval uning tushuncha sifatida o'zida qanday 
mohiyatni yoritishi xususida to'xtalib o'tish maqsadga muvofiqdir. 
Keys-stadi” texnologiyasi (ingl. “case” – chemodan, metod, “study” – 
muammoli vaziyat; vaziyatli tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish) – 
talabalarda aniq, real yoki sun'iy yaratilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish 
orqali eng maqbul variantlarini topish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat 
qiladigan texnologiya, real vaziyatlarni bayon etishda qo'llaniladigan o'qitish 
texnikasi deya e'tirof etiladi. 
Texnologiyaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: 
1.Tahlil ko'nikmalari va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish. 
2.Nazariya va amaliyot birligini ta'minlash. 
3.Muammo yuzasidan turli qarashlar va yondashuvlarni namoyish qilish. 
4.Qarorlar 
qabul qilish va 
uning oqibatlariga doir mulohazalarni
taqdim etish. 
5.Noaniqliklar mavjud bo'lgan sharoitda muqobil variantlarni baholash 
ko'nikmalarini shakllantirish. 
Darhaqiqat, keys-stadi talabalarni har qanday mazmunga ega vaziyatni 
o'rganish va tahlil qilishga o'rgatadi. Uning negizida muayyan muammoli 
vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar 
yotadi. Bular quyidagilardir: ta'lim shakllari, ta'lim metodlari, ta'lim vositalari, 
ta'lim jarayonini boshqarish usul va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan 
olib borilayotgan ilmiy izlanishning usul va vositalari, axborotlarni to'plash, 
ularni o'rganish usul va vositalari, ilmiy tahlilning usul va vositalari, o'qituvchi 
va o'quvchi talaba) o'rtasidagi ta'limiy aloqaning usul va vositalari, o'quv 
natijalari. 


118 
Zamonaviy o'qitish amalyotida ta'limiy xarakterdagi keyslarning quyidagi 
turlari qo'llanilmoqda: 
- muammoning yechimi va qarorlarni tahlil qilishga yo'naltirilgan keyslar; 
- qaror yoki yaxlit muammoni ifodalovchi keyslar; 
- talaba faoliyatini tahlil qilish va baholash imkoniyatini beruvchi keyslar. 
Texnologiya talabalarda predmetni o'zlashtirishga bo'lgan qiziqishni, 
amaliy ko'nikmalarni, vaziyatni tahlil qilish va to'g'ri qaror qabul qilishga 
nisbatan ijodiy yondashish malakalarini rivojlantiradi, turli muammoli vaziyatlar 
va ularni hal qilish asosida ular tomonidan bilimlarning faol o'zlashtirilishi 
uchun imkoniyat yaratadi. 
“Keys-stadi” yordamida talabalar quyidagi ko'nikma, malakalarga ega 
bo'ladi: 
1.Tahliliy ko'nikmalar (ma'lumotlarni axborotlardan ajrata olish, ularni
turkumlashtirish, ma'lumotlarni zarur va nozarurga ajratish, tahlil qilish, taqdim 
etish; buning uchun shaxs aniq, mantiqiy fikrlay olishi kerak). 
2.Amaliy ko'nikmalar (muammoning murakkabligidan kelib chiqib, real 
vaziyatni tahlil qila olish, eng muhim nazariya, metod va tamoyillarni qo'llay 
bilish). 
3.Ijodiy ko'nikmalar (bunda mantiqiylik asosida vaziyat (muammo)ni 
yechish muhim emas, balki ijodiy yondashuv asosida muammoning bir necha 
yechimlarini topish va ularni tahlil qilish talab etiladi). 
4.Muloqot ko'nikmalari (unga ko'ra talaba bahs-munozara olib borish, o'z 
nuqtai nazarini himoya qilish, qaroriga boshqalarni ishontirish, juda qisqa va 
ishonarli hisobotni tayyorlash ko'nikmalarini o'zlashtira bilishi zarur). 
5.Ijtimoiy ko'nikmalar (qarorni muhokama qilish jarayonida talabalar 
boshqalarning xatti-harakatini tahlil qilish, boshqalarni tinglay bilish, bahsda 
o'zgalarning fikrlarini qo'llab-quvvatlash, ilgari surilgan fikrga qarama-qarshi 
fikrni bildira olish va o'zini boshqara olishi lozim). 


119 
6.O'z-o'zini tahlil (bahs-munozara jarayonida o'zini tuta bilishi, 
boshqalarga namuna bo'lishi muhim). 
Har o'qituvchi keys-stadiga asoslangan o'quv topshiriqlarining puxta 
asoslanishiga erisha olishi lozim. Keys topshiriqlarining amaliy- didaktik 
xarakterga ega bo'lishi uchun ularni ishlab chiqishda quyidagilarga e'tiborni 
qaratish talab etiladi: 
- maqsad aniq ifoda etish (maqsad ikki xil (yoki undan ortiq) 
tushunilmasligi; 
- savol yoki topshiriqlar ma'lum darajada murakkab bo'lishi; 
- ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotning bir necha jihatini yorita olishi; 
- tezda o'zining amaliy ahamiyatini yo'qotmasligi; 
- milliy xususiyatlarni o'zida namoyon eta olishi; 
- ta'limning barcha 
yo'nalish 
yoki sohalariga oid 
tipik 
vaziyatlarni ifodalashi; 
- dolzarb ahamiyatga ega bo'lishi; 
- talabalarda tahliliy tafakkurni rivojlantirishi; 
- bahs-munozarani tashkil etish imkoniyatini yaratishi; 
- bir necha yechim (qaror)ni ilgari surish imkoniyatini ta'minlay olishi. 
O'quv keyslarining muhim xarakterli jihatlari talabalarga muammoli 
vaziyatni hal etish yuzasidan talabalar e'tiboriga adabiyotlar ro'yxatining taqdim 
etilishi, ularga metodik ko'rsatma, yo'riqnomalarning berilishi va albatta
o'qituvchi tomonidan muammoning yechimi bo'yicha o'z variantining taqdim 
etilishi sanaladi.
Keyslarni yechishga doir metodik ko'rsatma, yo'riqnomalar taxminan 
shunday bo'lishi mumkin: 
1.Keys (muammo) bilan tanishing. 
2.Muammoning dolzarbligini baholang. 
3.Muammoning dolzarbligini dalillar yordamida izohlang. 
4.Keys (muammo)ni samarali yechish yo'llarini aniqlang. 


120 
5.Keys (muammo)ning samarali yechimini belgilovchi metod va 
texnologiyalarni tanlang. 
6.Keys (muammo)ning samarali yechimini kafolatlovchi faraz (ilmiy 
faraz)larni shaklantiring. 
Xorijiy mamlakatlar ta'limi amaliyotida keyslar amaliy va ilmiy 
tadqiqotlarini tashkil etish maqsadida qo'llanilishi sababli ular odatda murakkab 
tarkibiy tuzilma hamda o'rtacha (Yevropa), katta (AQSH) hajmga ega bo'ladi. 
Ko'p holatlarda keyslar birgina mashg'ulot jarayonida hal qilinmay, balki butun 
bir semestr, hatto o'quv yili davomida yechiladi. Ularning bu boradagi 
tajribalaridan bitiruv malakaviy ishlari (bakalavriat), magistrlik dissertatsiyalari 
(magistratura), bitiruv loyiha ishlari (malaka oshirish kurslari)da foydalanish 
maqsadga muvofiqir. O'quv materialining xarakteridan kelib chiqqan holda 
oddiy, murakkab tarkibiy tuzilishga ega bo'lmagan, ya'ni mini testlardan ham 
foydalanish amaliy qiymatga egaligi ta'lim amaliyotida o'z tasdig'ini topgan. 
Murakkab keys (muammoli vaziyat)lar quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega 
bo'ladi: 
1.Pedagogik annotatsiya. 
2.Kirish. 
3.Keys (muammo)ning bayoni. 
4.Keys (muammo)ni yechish yuzasidan topshiriq (yoki savol)lar. 
5.Foydalanish uchun adabiyotlar ro'yxati. 
6.Metodik ko'rsatmalar. 
7.Keysni yechish jarayoni (tahlil va yechim variantlarini ilgari surish, 
variantlar maqbulligini tekshirish). 
8.Keys yechimi bo'yicha taqdimotni tashkil etish. 
9.Keys yechimini tahlil qilish. 
10.O'qituvchi (keysolog)ning yechimi. 
Mini keyslar uchun quyidagi tarkibiy tuzilmaga egalik xarakterlidir: 
1.Keys (muammo)ning bayoni. 


121 
2.Keys (muammo)ni yechish yuzasidan topshiriq (yoki savol)lar. 
3.Foydalanish uchun adabiyotlar ro'yxati. 
4.Metodik ko'rsatmalar. 
5.Keysni yechish jarayoni (tahlil va yechim variantlarini ilgari surish, 
variantlar maqbulligini tekshirish). 
6.Keys yechimi bo'yicha taqdimotni tashkil etish. 
7.Keys yechimini tahlil qilish. 
8.O'qituvchi (keysolog)ning yechimi. 
Anglanganidek, ta'lim jarayonida o'quv keyslarini qo'llashda jarayon 
(mashg'ulot) yakunida albatta o'qituvchi (keys)ning yechimini taqdim etishi 
zarur. Buning didaktik ahamiyati bu yechim asosida talabalarning o'z o'quv-
bilish harakatlarining qanchalik to'g'ri, samarali, maqsadga muvofiq amalga 
oshira olganliklarini tahlil qilish, solishtirish, yo'l qo'ygan xatolarini aniqlash 
imkoniyatini yaratishi bilan belgilanadi. 
Keyslar tipologiyasida o'quv topshirig'ini taqdim etish usuli savolli hamda 
topshiriqli bo'lishi ko'rsatilgan. Shunga ko'ra talabalarning e'tiborlariga havola 
etiladigan keyslar yoki savolli, yoki topshiriqli bo'lishi mumkin. 
Agar keys savolli-keys bo'lsa, u holda muammo yoki muammoli vaziyatni 
tahlil qilish va yechishga oid bir necha savollar keltiriladi.
Masalan: 
1.Yoshlarning “ommaviy madaniyat” ta'siriga berilishining asosiy omillari 
nimalardan iborat? 
2.Yoshlarning “ommaviy madaniyat”ta'siriga berilishlarida OAVning o'rni 
va rolini qanday aniq dalillar asosida baholay olasiz? 
Agar keys topshiriqli-keys bo'lsa, u holda keysni yechish jarayonida 
bajarilishi zarur bo'lgan topshiriqlar beriladi. Odatda keyslarni tayyorlashda 
darslik va o'quv qo'llanmalardan, balki ommaviy axborot vositalari, jumladan, 
Internet materiallaridan ham maqsadli foydalanish mumkin. 


122 
Pedagogik turkum fanlarni o'qitishda qo'llaniladigan keyslarni ularning 
xarakteriga ko'ra B.Blum taksonomiyasi (bilish-tushunish-anglash-tahlil-sintez-
qo'llash)ga muvofiq bir necha guruhga ajratish mumkin. Xususan: 
1) pedagogik bilimlardan xabardorlikni aniqlashga yordam beradigan 
keyslar; 
2) pedagogik faoliyat, hodisa yoki jarayon mohiyatini tushunish holatini 
belgilashga xizmat qiladigan keyslar; 
3) ta'lim va tarbiya jarayonlari, pedagogik faoliyat hamda hodisalarning 
tarkibiy elementlari o'rtasidagi o'zaro birlik va aloqadorlikni anglash hamda 
tahlil qilishga yo'naltirilgan keyslar; 
4) ta'lim va tarbiya jarayonlari, pedagogik faoliyat hamda hodisaning 
tarkibiy elementlarini tizimlashtirish, sintezlash, bosqichlarni izchil ifodalashni 
taqozo etadigan keyslar; 
5) pedagogik bilimlarni amalda qo'llash, mavjud ko'nikma va malakalarni 
to'laqonli namoyon etishga doir keyslar. 
Pedagogik turkum fanlarni o'qitishda ushbu keyslardan samarali, maqsadli 
va o'rinli foydalanish uchun zarur sharoitlar mavjudligi aniqlandi. Quyidagi 
misollar ushbu fikrning to'g'riligini tasdiqlaydi. 
1. Pedagogik bilimlardan xabardorlikni aniqlashga yordam beradigan keys. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin