Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

Keys 
bayoni
Sobir 
o'rta 
maktabning 
9-sinfini 
tamomladi. 
Shahodatnomasida “uch” baholar ko'p bo'lganligi, salbiy xulqqa egaligi sababli, 
Sobir hech bir kasb-hunar kollejiga qabul qilinmadi. Har bir kollejning rahbari 
Sobirni boshqa akademik litsey va kasb-hunar kollejiga kirishini tavsiya etdi. 
Biroq, Sobirning ota-onasi har gal o'g'illarini o'zlari yashaydigan tumandagi 
kasb-hunar kollejida ta'lim olishini, shundagina uni nazorat qilib turishlari 
mumkinligi aytishardi. 
Keys savollari
1.Ayting-chi, kasb-hunar kollejlarining rahbarlari Sobirni o'qishga qabul 
qilmaslikka haqlimilar? 


123 
2.Ayni vaziyatda Sobirning qanday huquqlari buzilyapti? 
Keys yechimi. Kasb-hunar kolleji rahbarlari ijtimoiy xavf bo'lmagan holda 
“Uch” bahoga o'qiganligi va xulqida salbiy holatlar ko'zga tashlanishi uchungina 
Sobirni o'qitishga qabul qilmaslikka haqli emaslar. Ular shaxsning bilim olishga 
bo'lgan huquqini poymol yetishgan.
3.Ta'lim-tarbiya jarayonlari, pedagogik faoliyat hamda hodisalarning 
tarkibiy elementlari o'rtasidagi o'zaro birlik va aloqadorlikni anglash hamda 
tahlil qilishga yo'naltirilgan keys. 
Keys bayoni. Tarix fani o'qituvchisi bir soatlik darsida quyidagi xatti-
harakatlarni amalga oshirdi: 
1)ma'lumotlarni izchil bayon qildi; 
2)zarur o'rinlarda tayanch tushunchalarga alohida urg'u berdi; 
3)xaritadan tarixiy voqelar sodir bo'lgan joylarni ko'rsatdi; 
4)vaqti-vaqti bilan talabalarga savollar berib, ulardan javoblar oldi; 
5)o'quv fil`mi orqali tarixiy voqelikka oid dalillarni namoyish etdi. 
Keys topshirig'i. O'qituvchining xatti-harakatlari qanay metodlar 
yordamida amalga oshirilganligini aniqlang. 
Keys yechimi. Tarix fani o'qituvchisi qo'llagan metodlar: 1) hikoya; 2) 
tushuntirish; 3) tasvirlash; 4) suhbat; 5) namoyish. 
4.Ta'lim-tarbiya jarayonlari, pedagogik faoliyat hamda hodisaning tarkibiy 
elementlarini tizimlashtirish, sintezlash, bosqichlarni izchil ifodalashni taqozo 
etadigan keys. 
Mashq bajarishni tashkil etish bosqichlari: 
1) o'qituvchi nazorati ostida o'quvchilar tomonidan o'quv harakatining; 
2) zarur ko'nikma va malakalar shakllangunicha o'quv harakatlarning ko'p 
bora takrorlanishi; 
3) dastlabki bajarilishi o'qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini 
tushuntirishi; 
4) topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko'rsatishi. 


124 
Ushbu 
holatda 
mashq 
bajarishni tashkil 
etish 
bosqichlari noto'g'ri ko'rsatilgan. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin