141
- Yangi g`oyalarni o`ylab topishda bo`lajak pedagoglar qiziqishlaridan
foydalanish. “Aqliy hujum” mashqi ma`lum bir adabiy asar haqida bo`lsa, asar
qahramonlari xarakteri va ularning hatti-haraktlarini ular yoqtirgan asar
qahramonlari, televizion ko`rsatuv ijodkorlari yoki mashhur sportchilarning
fe`latvori va hatti-harakatlari bilan solishtirishlari mumkin.
Bo`lajak pedagoglar kreativlikda ravonlik va erkinlikka erishmasalar,
mashq va darslar jarayonida ularning miyasiga birinchi kelgan g`oyagagina
tayanib qoladilar, vaholanki bunday g`oya boshqalarning g`oyasida ajralib
turmaydi va talabaning keng fikrlashidan dalolat bermaydi. Qolaversa,
muammoning echimini topishda qancha ko`p g`oya topilsa, to`g`ri javob yoki
variantni tanlash imkoniyati shuncha katta bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: