Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

jarayonidir” degan fikrini uchratishingiz mumkin. Dastlab, Gilford o'z 
kreativlik strukturasida divergent tafakkurdan tashqari o'zgaruvchanlik 
qobiliyati, yechimning aniqligi va boshqa intellektual parametrlarni birlashtirdi. 
Shuningek, u kreativlik va intellekt o'rtasida o'zaro uzviy aloqa borligini 
isbotladi. Biroq, Gilford o'z tajribalarida yuqori intellektuallilarning test yechish 
davomida ijodkorlik xulqini har doim ham ko'rsatmasligini, kreativ past 
intellektualli bo'lmasligini aniqladi. Shunday ekan, divergent tafakkur kreativ 
jarayonning barcha xususiyatlarini aks ettirmaydi. 
Pol Torrens kreativlikni tafakkur terminlarida ta'riflab, ijodiy tafakkurni
“Qiyinchiliklar, muammolar, axborotdagi kamchiliklarni his qilish; shu 
kamchiliklarning gipotezlar tuzilmasi, ularni tekshirish va baholash, qayta 
ko'rish hamda tekshirish, va nihoyat, natijalarni umumiylashtirish” sifatida 
tushunadi. 
Kreativlik – bu yangi, original g'oyalarni yaratish, fikrlashning nostandart 
shakli, berilgan muammolarga omadli yechimlar topishdir.
Kreativ tafakkur esa revolyusion tafakkur bo'lib, u konstruktiv xarakterni 
ifodalaydi.
E.P.Torrens fikricha, “kreativlik” tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi: 
- muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; 
- farazni tekshirish va o'zgartirish; 
- qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; 


129 
- muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o'zaro 
qarama-qarshiligiga nisbatan ta'sirchanlikO'qituvchining ijodkorligi esa u 
tomonidan tashkil etilaigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) 
yondashuvida aks etadi. So'nggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik” 
tushunchasi bilan ifodalanmoqda.
Zamonaviy ta'lim tizimida darajali test topshiriqlaridan foydalanish va 
ularni hal etish shaxs kreativligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. 
Darajali testlar talabalarda mustaqil, tanqidiy, mantiqiy va ijodiy fikrlash 
qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Bu turdagi testlarni tuzish murakkab 
jarayon bo'lib, u pedagogdan, albatta, kreativ fikrlashni talab etadi.
Darajali testlarni tuzish orqali pedagog, birinchidan o'zidagi kreativ 
sifatlarni rivojlantirish borsa, ikkinchidan talabalarni ham ijodiy fikrlashga 
undaydi. Shunday ekan, darajali testlar ham shaxs kreativligini rivojlantirishdagi 
muhim ahamiyatga ega. 
Psixologiyada E.P.Torrens tomonidan shaxs kreativligini aniqlovchi test 
ishlab chiqilgan. Muallifning fikricha, shaxs kreativligi o'zida quyidagi 
belgilarni namoyon qiladi: 
1) savollar, kamchiliklar va bir-biriga zid ma'lumotlarga e'tiborsiz 
bo'lmaslik;
2) muammolarni aniqlash uchun harakat qilish, ilgari surilgan taxminlar 
asosida ularning yechimini topishga intilish. 
Xulosa sifatida aytadigan bo'lsak, o'qitishga kreativ yondashuv masalasi bu 
pedagogik jarayonni shaxs imkoniyatlariga yo'naltirilgan holda tashkil etish, 
ta'lim oluvchilarning ijodiy va mustaqil fikrlashiga imkon beruvchi zaruriy 
o'qitish texnologiyalarini tanlash va amalga oshirishda, shuningdek, 
o'qituvchining kasbiy-innovatsion kompetentligi bilan asoslanadigan o'qitishga 
nisbatan zamonaviy yondashuv shakllaridan sanaladi. 
Bugun dunyoda yuz berayotgan to‘rtinchi sanoat tamaddunining dvigateli 
— harakatga keltiruvchi kuchi kreativlikdir. Atrofga boqsangiz, har tomonda 


130 
inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelasiz: 
elektron xizmatlar, virtual reallik, to‘rtburchak tarvuzlar, tuproqsiz hosil olish... 
Bularning barchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsuli. Bugun biz uchun odatiy 
tuyulgan kitob, musiqa, bino, samolyot, hatto lampalar ham qachonlar orzu va 
tasavvurda bo‘lgan, keyinchalik aql-idrok samarasi o‘laroq yaratilgan. 
G‘ildirakning kashf etilishidan boshlangan yaratuvchanlik namunalari 
bugun koinotda kezib yuribdi. Innovatsiyalar kundalik turmushimizda 
qulayliklar yaratadi, og‘irimizni yengil, uzog‘imizni yaqin qiladi. Shu tarzda 
kreativlik taraqqiyotning ajralmas bo‘lagiga aylangan. Barcha sohada ijodiy 
fikrlovchi mutaxassislarga talab katta. Dunyoga mashhur dasturiy mahsulotlar
mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mutaxassislaridan har kuni 
yangi g‘oya so‘raladi.
Mehnat bozorida kreativ fikrlovchi mutaxassislarga talab oshib borayotgan 
ekan, ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalarning noodatiy fikrlash qobiliyatini 
shakllantirish, rivojlantirish dolzarb vazifadir. Haligacha ta’lim tizimida ko‘plab 
yondashuv va metodlar ijodiy fikrlash emas, talqin va tahlilga, ya’ni berilgan 
ma’lumotni tushunib, to‘g‘ri yetkazishga, nari borsa, bir necha axborotni 
umumiylashtirib, xulosa chiqara olishga yo‘naltirilgan. 
Xo‘sh, ta’lim oluvchilarni qanday qilib kreativ fikrlashga o‘rgatish 
mumkin? Innovatsiya yaratish uchun tafakkurda qanday o‘zgarishlar kechishi 
lozim? 
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish uchun dastlab bu tushunchaning 
mazmunini bilish lozim. Kreativlik inglizcha “Create”dan olingan bo‘lib, 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin