Yaratuvchanlik. “Yaratuvchanlik” tushunchasi boshqa bir g`oyani
rivojlantirish va uni kengaytirishga asoslanadi, ya`ni berilgan vazifalar anu shu
g`oya asosida bajariladi. Bir g`oyani kengaytirish uchun bo`lajak pedagoglar
146
mavzu, muammo yoki vazifa mazmunin chuqur anglab etishlari va talab etilgan
darajada bilimga ega bo`lishlari lozim.
Bo`lajak pedagoglarga “yaratuvchanlik” tushunchasi haqida gapirganda,
ularga hayotiy misollar keltirish maqsadga muvofiqdir (masalan, kompyuterlar,
rekonstruktsiya, kino va adabiy asarlar, ilmiy tushunchalar va nazariyalar,
insonlar hayotida yuzaga keladigan muammolarni echish maqsadida tashkil
etilgan tashkilotlar). Bo`lajak pedagoglarda ishlab chiqish ko`nikmasini
shakllantirisha adabiy yoki asarlarni bir-biri bilan taqqoslash (ba`zan ko`p betli
asarlar kichkina kam betli asarlar kabi ko`p ma`lumot bermaydi) mashqi katta
samara beradi”.
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish va undan foydalanishning
samarali yo`llari
Kreativ fikrlash – bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart,
noodatiy va hokazo…) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va
hokazo) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta’sirchan
ifodalashga qaratilgan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish
jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatidir.
Bo`lajak pedagoglarda kreativlikni odatga aylantirish orqaligina
kreativ
fikrlash
ko`nikmasini
muvaffaqiyatli
shakllantirish
mumkin.
Bu jarayonda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta anglanishi va
kreativ fikrlash ko`nikmalarini baholashda qo`llaniladigan metod va vositalar
muhim ahamiyat kasb etadi.
Shaxsan siz nima deb o`ylaysiz: Bo`lajak pedagoglarni kreativ fikrlashga
undash jarayonida mazkur yo`llardan qay tartibda foydalanish kutilgan
natijalarni kafolatlaydi. Bu o`rinda Patti Drapeau quyidagi maslahatni beradi:
“Bir manzildan ikkinchi manzilga borish uchun biz ikki va undan ko`p
yo`nalishlarni bosib o`tamiz. Bu fikr quyida biliriladigan ko`rsatmalarga ham
147
taalluqlidir. O`qituvchi dars jarayonida bir yoki bir nechta (yuqorida keltirigan)
yo`llardan foydalanishi mumkin.
O`qituvchi
kreativ
fikrlash
ko`nikmalarini
shakllantiruvchi
fe`llarni (1-yo`l) qo`llashga qaror qilsa, u bevosita kreativ muammolarni hal
etish (3-yo`l) ustida ish olib borayotgan. Bo`lajak pedagoglarni kreativ fikrlash
strategiyalari (2-yo`l)dan foydalanishga ham samarali jalb etadi. Dars esa kreativ
mahsulotni (4-yo`l) ishlab chiqish bilan yakunlanadi.
Kreativ fikrlash jarayonini mohiyatini yorituvchi xarita o`qituvchilarga dars
jarayonida namoyon bo`ladigan kreativlik darajasi, turini aniqlashga yordam
beradi.
Ko`p holatlarda o`qituvchilar hamda bo`lajak pedagoglarning o`zlari ham
shunday savolga duch kelishadi: kreativ fikrlash jarayonining odat sifatida
namoyon bo`lishiga erishish mumkinmi? Bu o`rinda Patti Drapeau shunay
fikrlarni ilgari suradi: “Miya tadqiqotlari kreativ fikrlash ko`nikmasini
rivojlantirish usullari va uni qanday qilib odatga aylantirish mumkinligini
tushunish imkonini beradi.
Kreativlik
miyaning
old
(g`oyalar
yuzaga
keladigan)
va chekka (tahlil qilish) sohalarining o`zaro muvofiqlikda ishlashi va dopamin
(kishining o`zini yaxshi his etishiga yordam beruvchi) moddasining ishlab
chiqarilishi natijasida ro`y beradi.
Ta`lim olish miyada kichik burmalarining paydo bo`lishiga olib keladi
hamda miyaning faol ishlashi natijasida bu jarayon kuchayadi.
Inson miyasi obraz, bashorat, xis tuyg`u, emotsiya va ma`no boy
ma`lumotlar olishni ma`qul ko`radi.
“Agarda ma`lumot hech qanay hissiyot va fikriy jarayonlardan holi bo`lsa,
u miyada saqlanmaydi”. Biroq, kreativ fikrlash miyada uning “ta`lim olish va
o`rganish metodlariga zid bo`lgan yangi usullarni qo`llash va noan`anaviy,
orginal g`oyalarning ishlab chiqilishini taqozo etadi.
148
Kreativ fikrlash ko`nikmasini mashq qildirish natijasida bo`lajak
pedagoglar faqatgina o`rnatilgan aloqalarga tayanibgina qolmay, balki miyada
yangi, ma`noga boy aloqalarni o`rnatish, yangi g`oyalarni ishlab chiqish va
yangicha fikrlashga moyil bo`ladilar. Doimiy ravishda olib borilgan mashqlar
natijasida yangicha kreativ fikrlash odatiy va avtomatik xarakterga ega bo`ladi.
Inson miyasi doimo to`g`ri ishlashga odatlangan, ya`ni, miya uchun faqat
birgina to`g`ri javob mavjud bo`ladi.
Vaholanki, bu kreativlik emas. Kreativlik – bo`lajak pedagoglarning o`z
qarashlarini himoya qilish jarayonida barcha javoblar to`g`ri bo`lishi mumkin
degani. Kreativlik muhitiga singib ketish sanaladi. Shu sababli kreativ fikrlashni
odatga aylantirish uchun bo`lajak pedagoglar mazkur jarayonga ishonch bilan
qaray olishlari lozim.
Bo`lajak pedagoglar kreativlik rag`batlantirilsa va samimiy muhit
yaratilsagina, kreativ fikrlashni odatga aylantira oladilar. Kreativ muhitda
o`qituvchi va bo`lajak pedagoglar boshqalarga nisbatan samimiy munosabatda
bo`lishni va ularning fikr mulohazalarini hurmat qilishni o`rganadilar. Xato
qilishdan yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qo`rqish, haddan tashqari
baxolarga e`tibor qaratish, boshqalardan ajralib turish, mensimaslik va tanqidga
uchrashdan, kamsitilishdan qo`rqish xissi mavjud bo`lajak pedagoglarda
kreativlik odatga aylanmaydi. Kreativlikni odatga aylantirish, bo`lajak
pedagoglarning o`qishdagi muvafaqqiyat va o`z-o`ziga bo`lgan hurmatni
oshirish faqatgina kreativ fikrlashni muvofiq ravishda qo`llash orqali va
sog`lom muhitdagina erishish mumkin”.
149
Xorijliy pedagoglar, xususan, Patti Drapeauning fikricha, bir shaxsning,
ayniqsa, o`qituvchining kreativligi boshqa (talaba)larni ijodiy jarayonni tashkil
etishga ruhlantiradi. “Kreativlik yuqumlilik xususiyatiga egadir; kreativ bo`lish
uchun kishi ko`proq kreativ insonlar bilan muloqot qilishi va hamisha izlanishda
bo`lishi lozim.
150
Har qanday konikmani shakllantirish mumkin bo`lganiday, kreativ
fikrlash qobiliyati yoki ko`nikmasini ham rivojlantirish mumkin. Bu bo`lajak
pedagoglarga ham taalluqli bo`lib, kreativlik ustida ishlash bo`lajak
pedagoglarga noodatiy tarzda fikrlashga yordam beradi. Biroq, bo`lajak
pedagoglarni ruhlantirish va kreativ bo`ishga undash o`qituvchining qay
darajada malakali ekanligiga bog`liq. Kreativlik bo`yicha olib borilgan
tadqiqotlar va kreativlik nazariyachilarining ishlari bo`lajak pedagoglarda
kreativlik ko`nikmasini shakllantirishda qo`llanma sifatida xizmat qiladi. Bu
auditoriyadagi muhit, bo`lajak pedagoglarda fikrlash tarzining shakllanishi,
o`qituvchining yondashuv va strategiyalari elementlarini o`z ichiga oladi.
Bo`lajak pedagoglarda kreativ fikrlash ko`nikmalarini shakllantirishda
o`qituvchi alohida o`rin tutadi. Bu jarayonda o`qituvchining roli auditoriyada
kreativlik muhitini yaratishdan iborat. Pannels va Klakstonlar qayd
etganlaridek, muhit kreativlikni shakllantirishga ta`sir etadi, boshqa tadqiqotchi
Piirtoning fikricha esa, kreativlik tavakkal qilishni talab etadi. Vaholanki,
o`qituvchi sinfd bo`lajak pedagoglar o`zini erkin seza oladigan va o`z fikrlari,
g`oyalari bilan bo`lisha oladigan muhit yaratishi lozim. Bo`lajak pedagoglar
kreativlik sinf xonasida o`z g`oya va fikrlarini turli yo`llar bilan ifoda etishlari
mumkin va ular buni qadrlamoqlari lozim. Bo`lajak pedagoglar miyada yuz
berayotgan jarayonlarni yanada faollashtirish uchun o`rnatilgan qonun qoidalar,
standartlardan chetga chiqib, turli savollar berishda erkin harakat qilishlari
kerak.
O`qituvchi bo`lajak pedagoglardagi kreativlikni noodatiy g`oyalarni
o`rtaga tashlash va ularni verbal va noverbal tarzda rag`batlantirish orqali
qo`llab-quvvatlaydi. O`qituvchining bo`lajak pedagoglar berayotgan kreativ
g`oyalariga nisbatan to`g`ri munosabati ularning mumkin bo`lgan va mumkin
bo`lmagan shartlarni anglashida muhim ahamiyatga ega. Mazkur elementlarning
barchasi o`qituvchi-talaba munosabatining muhim qismi bo`lib, bo`lajak
pedagoglar muvaffaqiyatini ta`minlaydi.
151
Muayyan
omillar
pedagoglarda
kreativlik
sifatlari,
malakalarini
rivojlantirishga to`sqinlik qiladi. Shu sababli pedagogik jarayonda o`qituvchilar
ushbu omillarni bartaraf etishga e`tibor qaratishlari lozim. Quyidagi omillar
shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to`sqinlik qiladi:
1) o`zini tavakkaldan olib qochish;
2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo`pollikka yo`l qo`yish;
3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi;
4) boshqalarga tobe bo`lish;
5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o`ylash
Kreativ muhitda o`qituvchi bo`lajak pedagoglar diqqat-e`tiborini jalb
etish maqsadida biror bir yangilikdan foydalanadi. Qiziquvchanlik va
shubhani uyg`otuvchi ma`lumot, bo`lajak pedagoglarni o`ziga jalb etib, ularda
o`qishga bo`lgan intilishni kuchaytiradi.
Olib borilgan miya taqiqotlari shuni ko`rsatdiki, yangilik hamisha
miyani faollashtiradi. O`qituvchi bo`lajak pedagoglarni yangi ma`lumot
va manbalar bilan ta`minlaganda yoki yangi strategiyalarni qo`llaganda, miya
152
“uyg`onadi” va e`tibor qaratadi. Masalan, biror bir adabiy asar qahramoni
yoki tarixiy shaxsga o`xshab kiyinish, tarixiy buyum yoki zamonaviy
predmetlardan
foydalanish,
musiqa
eshittirish,
latifalar
aytish,
sinf
xonasidagi jihozlar o`rnini almashtirish, o`yinlar o`ynash (bu o`rta
maktab o`quvchilari va oliy ta`lim muassasalari bo`lajak pedagoglariga ham
birdek taalluqli), dars shaklini o`zgartirish. Kreativ muhitda o`qituvchi bo`lajak
pedagoglarga tez-tez tanlash imkonini beradi.
Tanlov
kreativlikni
shakllantirishda
muhimdir,
bo`lajak
pedagoglarni ruhlantirib, ularga o`qishni nazorat qilish imkonini beribgina
qolmay, balki huquq va imkoniyatlarini kengaytiradi. Tanlov huquqi nafaqat
o`qituvchi-talaba munosabatini yaxshilash, balki har ikki tarafning ham
individualligini
ifodalashga
zamin
yaratadi.
Tanlov
huquqi
faqat
bir tomonlama bo`lishi ham mumkin, ya`ni tanlov talaba tomonidan mustaqil
ravishda amalga oshirilishi va yakuniy natija ikki yoki undan ko`p shaklda
taqdim etilishi mumkin.
Oliy ta`lim muassasalarida ham o`qituvchilar bo`lajak pedagoglarda kreativ
fikrlash ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ularning jamoa bo`lib,
kichik yoki katta guruhlarda ishlashlari uchun zarur shart-sharoitni yaratib bera
153
olishlari zarur. Zero, katta va kichik guruhlarda ishlash jarayonida bildirilgan har
qanday fikrni kreativ jihatdan rivojlantirish imkoniyati yuzaga keladi.
“O`qituvchi
kreativlik
darslarida
jamoa
tuyg`usining
ahamiyatini
angalagan holda, doimiy ravishda guruhlarni o`zgartirib, bo`lajak pedagoglarda
jamoa bo`lib ishlash, boshqalar qobiliyati va mahoratini hurmat qilish
ko`nikmasi shakllantiradi. Vaholanki, yakka tartibda ishlash ma`lum
vaziyatlarda samara bersa, kreativlik darstarida kichik guruhlarda ishlash
maqsadga muvofiqdir, chunki kreativlik ko`nikmasi ijtimoiy fenomendir;
Soyerning fikriga ko`ra, kreativ qarashlar jamoa bo`lib ishlash jarayonida va
kreativ hamkorlik natijasida shakllanadi.
Zamonaviy ta'lim tizimida o'qituvchi faoliyatining ustuvor yo'nalishi.
muloqotning dialogik usullariga, yechimni birgalikda izlashga va turli ijodiy
faoliyatga beriladi. Bularning barchasi o'qitishning interfaol usullarini qo'llash
orqali amalga oshiriladi. Interfaol ta'lim jarayonida o'quvchilar tanqidiy
fikrlashni, vaziyat va tegishli ma'lumotlarni tahlil qilish asosida murakkab
masalalarni yechishni, muqobil fikrlarni topishni, puxta o'ylangan qarorlar qabul
qilishni, muhokamalarda qatnashishni o'rganadilar. Buning uchun darslar juftlik
va guruh usullari asosida tashkil etiladi, ilmiy-tadqiqot loyihalari, rolli o'yinlar
qo'llaniladi.
O`quvchilarni kichik guruhlarga bo`lish mezonlari:
- Bo`lajak pedagoglarni ma`lum sohadagi qobiliyatlariga ko``ra kichik
guruhlarga bo`lish; Bo`lajak pedagoglarni bunday qobiliyatiga ko`ra bo`lish
aslo kreativ fikrlash ko`nikmasiga bog`liq bo`lmasligi lozim. Bunday guruhlarda
Bo`lajak pedagoglar erkin harakat qila olishlari va vaqti kelsa boshqa guruhga
o`tishga tayyor bo`lishlari lozim;
- hamkorlik guruhlari bo`lajak pedagoglarning qiziqishlari asosida tashkil
etiladi; bunday guruhlar turli bilim va qobiliyat darajasiga ega bo`lajak
pedagoglardan iborat bo`lishi ham mumkin. Ko`p hollarda bunday guruhdagi
Bo`lajak pedagoglar ma`lum bir rol, ya`ni mas`uliyatni o`z elkalariga oladilar.
154
Mazkur
guruhni
shakllantirishda
asosiy
e`tibor
talabaning
kognitiv
hohishistalariga emas, balki uning ilmiy va ijtimoiy bilimiga beriladi;
-
Dostları ilə paylaş: |