17.2-rasm. Quvurli machtalar:
a – bir quvurli; b – uch quvurli; v – sigarasimon; g – qattiqlik
qovurg„alari bilan quvurlarni mahkamlash:
1-machta, 2-polispast, 3-kо„ndalang truba, 4-vintni ushlab qolish
uchun shtir, 5-vantlar, 6-vant uchun о„rgimchak, 7-olib ketuvchi blok, 8-olib
ketuvchi blok uchun shtir, 9-qо„zg„almas tayanch, 10-buriluvchi tayanch.
Panjarali machtalar – tayyorlanishi qiyinroq bо„lgani bilan, yuk
kо„tarishi va balandligi bir xil bо„lganda quvurlilarga nisbatan yengilroqdir.
Bunday listli burchaklardan payvandlab tayyorlangan machtalar, balandligi
bо„ylab о„zgaruvchan kesimga (uchlarida kamayib boruvchi) ega
machtaning 5-10m uzunlikdagi alohida seksiyalari ustma-ust taxlangan
pо„lat listlar yordamida tutashtiriladi. Bu pо„lat listlarga machtalarning
seksiyalari toza bolt bilan mahkamlanadi. Har bir seksiya uchlaridan, ba‟zida
esa о„rtasidan pishiqligi mahkamroq bо„lishi uchun diafragmalar bilan
jihozlanadi.
Panjarali machtalar о„z о„qi atrofida tо„la aylanadigan va hamma
tomonga egiladigan bо„ladi. Bu takelaj ishlarini olib borishda ularning
harakat radiusini kattalashtiradi.
Shu maqsadda raschalkalarni mahkamlash uchun mо„ljallangan
panjarali machtalar kallagi uchastkasi, machta bilan sharnir orqali
birlashtirilgan, machta tayanchi esa, sharnirsimon tayyorlangan.
17.3 - rasmda umumiy yuk kо„tarishi 2m va balandligi 62m bо„lgan,
ikkita birlashib ishlaydigan panjarali machtalarning asosiy qismlari va
umumiy kо„rinishi kо„rsatilgan.
Ishlash vaqtida machta quyidagi yuklamalardan deformatsiyaga
uchrashi mumkin: kо„tarilayotgan yuk og„irligidan; machta moslamasi
og„irligi (polispastlar, pо„lat arqonlar, bloklar); machtaning о„z og„irligidan
machta bо„ylab yо„nalgan polispast sim arqoni harakatdagi uchidagi og„irlik
kuchidan; machtaga ta‟sir qilayotgan shamol kuchi va kо„tarilayotgan
yukdan. Bu kattaliklarni aniqlash uncha qiyinchilik tug„dirmaydi; vantning
tortilish kuchini barcha momentlar yig„indisini machta tayanchiga nisbatan
nolga tenglab topish mumkin.
|