212
Samarali ishlash -mo’ljallangan foydani olish, ishlab chiqarish quvvatlari va
ish kuchidan yaxshiroq foydalanish, noishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytirish,
mehnat samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashdir.
Samara - ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki ko’rsatilayotgan xizmatning
foyda
va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirishdir.
Samaradorlik- bu, foydalilik, natijalilikdir, natijani
shu natijaga erishishga
sarflangan xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak.
Tugallanmagan ishlab chiqarish – ishlab chiqarish jarayoniga kirgan turli
bosqichlarni o’tayotgan hali to’liq mahsulot holiga kelmagan materiallar.
Texnologik jarayon – bu, mehnat bo’yumlari o‘zgarishi (shakli,
tashqi
ko‘rinishi, katta-kichiqligi,
agregatlik holati, tuzilishi va h.k.)ning natijasi bo‘lib,
tabiiy jarayonlarni ham o‘z ichiga oladi.
Texnik qayta qurollantirish-alohida ishlab chiqarish
turlarini zamonaviy
talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish,
ishlab chiqarish
jarayonlarini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish,
eskirgan qurilma va
uskunalarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini
yaxshilash yo’li bilan, korxonaning texnik darajasini oshirish bo’yicha chora-
tadbirlar majmuasidir.
Dostları ilə paylaş: