O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

Ijtimoiy siyosatning ob'ekti barcha huquq va erkinliklarga rioya qilish 
kafolatlangan va mos sharoitlar ta\minlangan ijtimoiy siyosat amalga oshiriladigan 
barcha fuqarolar yoki ijtimoiy yordam va ko‗makka muhtoj aholining ma'lum 
guruhlari. 
Ijtimoiy siyosatning asosiy sub'ekti davlat bo‗ladi. Davlatning tashqari 
ijtimoiy siyosat sub'ektlari davlat idoralari va tashkilotlari, mahalliy boshqaruv 
organlari, nodavlat tashkilotlar (jamoat, xalqaro xayriya fondlari, jdiniy 
birlashmalar) tijorat tashkilotlari, ijtimoiy xodimlar va boshqa mutaxassislar, 
ko‗ngillilar, fuqarolar bo‗ladi.
Ko‗pgina davlatlarda amalga oshiriladigan ijtimoiy siyosat bir qator 
tamoyillarga asoslanib, ularning asosiylari ijtimoiy adolatlilik, individual ijtimoiy 
javobgarlik, ijtimoiy birdamlik, ijtimoiy hamkorlik, ijtimiy kafolatlar va boshqa 
tamoyillardir. Shu yoki boshqa tamoyillar ma'lum davlatdagi ijtimoiy siyosatni 


135 
amalga oshirishdagi ustuvorliklarni belgilab, ammo ularning asosida doimo 
insonparvarlik va ijtimoiy adolatlilik qadriyatlari yotadi.
Har bir mamlakatdagi davlat ijtimoiy siyosati tizimi tarixiy sharoitlarni 
hisobga olgan holda tuzilib, hal qilinadigan masalalar o‗xshash va bir xilligiga 
qaramasdan yondashuvlar, uslublar va tashkiliy shakllarda farqlarga ega bo‗ladi.
O‗zbekiston mustaqillikning qo‗lga kiritgan 1991-yildan so‗ng hukumat 
yagona jahon maydoniga mamlakatni kiritish va bozor iqtisodiyotini shakllantirish 
maqsadida iqtisodiy islohotlarni o‗tkazishni e'lon qildi. Bozor islohotlarini amalga 
oshirish jarayonida ijtimoiy siyosatdagi davlatning asosiy strategik maqsadlari jng 
avvalo oilalar, har bir insonning hayot sifatini yaxshilash va farovonligini 
ta'minlashga qaratilgan. Bu yo‗nalish kelgusida o‗tkaziladigan islohotlar, o‗tish 
davridagi ijtimoiy siyosat mohiyatini tasvirlaydi.
O‗zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan davlat aholining yordamga 
muhtoj qatlami- ko‗p bolali va kam ta'minlangan oilalar, yolg‗iz keksalar, yetim 
bolalar, nogironlar manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga katta e'tibor 
berdi. Real iqtisodiy holat, mavjud resurs va imkoniyatlarni hisobga olgan holda 
aholini ijtimoiy himoya qilishning yangi mexanizmi yaratildi.
O‗zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat mexanizmining eng 
muhim yo‗nalishlari quyidagilar: O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 
qonunlarida kafolatlangan fuqarolarning barcha huquqlariga rioya qilinishini 
ta'minlaydigan me'yoriy va institutsional bazani shakllantirish, aholining 
o‗ziniijtimoiy himoya salohiyatini faollashtirish uchun mexanizm va sharoitlarni 
yaratish; aholining alohida qatlami manzilli himoyasi uchun me'yoriy, 
institutsional va resurs asoslarini yaratish Bu siyosatni amalga oshirishda turli 
ijtimoiy tizimlar harakatda bo‗ladi: ijtimoiy sug‗urta, ishsizlarni qo‗llab-
quvvatlash, kam ta'minlangan oilalarga yordam ko‗rsatish, aholining ma'lum bir 
toifalari uchun imtiyozlar taqdim etish va boshqalar.
O‗zbekistonda yangi iqtisodiy munosabatlarga o‗tish sharoitida aholining 
katta qismi murakkab ijtimoiy holatda qoldi. Bu holat mamlakatda bozor 
iqtisodiyotiga o‗tishning har bir bosqichi xususiyatlarini inobatga olib aholiga 


136 
ijtimoiy xizmat ko‗rsatish tizimini rivojlantirishga olib keldi. O‗tish davridagi 
islohotlarning asosiy tamoyillaridan biri kuchli ijtimoiy himoya bo‗lib, ijtimoiy 
sug‗urta va ijtimoiy yordam orqali (pul yoki moddiy) to‗lovlari shaklida amalga 
oshirildi.
O‗zbekistonda davlat ijtimoiy siyosati bozor islohotlarining barcha 
bosqichlarida yetarlicha keng doiradagi masalalarni o‗z ichiga olib, shu jumladan 
aholi daromadlarini tartibga solish, bandlikni ta'minlash va yangi ish joylarini 
shakllantirish, aholining alohida toifalari va guruhlarini ijtimoiy himoyalash va 
qo‗llab-quvvatlash, sog‗liqni saqlash, jismoniy madaniyat va sport, ta'limni 
rivojlantirish. Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichida tjtimoiy siyosatning 
ustuvor yo‗nalishlari narxlarni erkinlashtirish va inflyasiya darajasining o‗sishi 
natijasida aholi daromadlarini saqlash, respublika iste'mol bozorini himoyalash 
bo‗ldi.
Qabul qilingan barcha choralar aholi hayot darajasini keskin pasayishini 
oldini oldi. Respublikada bozor iqtisodiyotiga o‗tish ijtimoiy ko‗rsatkichlarning 
birdan pasayishi bilan kechmadi, bir qator yo‗nalishlarda o‗sish kuzatildi. Shok 
terapiyasi asosida aholining daromadlari darajasi bo‗yicha tabaqalarga ajratilishi 
kuzatilmay, O‗zbekistonda iqtisodiy islohotlar boylik va xizmatlarni teng 
taqsimlashni nazarda tutdi.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish choarlari xalqning mentaliteti va hayot 
darajasini hisobga olgan holda aholining eng yordamga muhtoj qatlamini 
aniqlashni nazarda tutuvchi aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish mexanizmi 
shakllandi. Manzilli ijtimoiy himoya mexanizmida markaziy o‗rinni fuqarolarni 
sho‗ini-sho‗i boshqarishning an'anaviy tarixiy instituti bo‗lgan mahalla egallab, u 
orqali muhtoj shaxslarga yordam taqsimlanmoqda. Bunday yondashuv ko‗p asrlik 
ildizlarga ega bo‗lib, kam ta'minlangan aholini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash uchun 
mo‗ljallangan mablag‗larni manzilli taqsimlashni ta'minlaydi. Bunda aholini 
ijtimoiy himoya qilish bo‗yicha resurslarni ta'minlash sohasida davlatning 
ahamiyati kamaymaydi.


137 
Respublikadagi ijtimoiy siyosat qonunlar va rasmiy hujjatlarda tasdiqlangan 
bo‗lib, jamiyatning har bir a'zosi uchun mos sharoitlarni yaratishga yo‗naltirilgan 
va bu bizning davlatimiz faoliyatidagi ustuvor yo‗nalish bo‗ladi. O‗zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi faoliyatning asosiy me'yorlari va huquqlaridan iborat. 
Ular 
asosida ijtimoiy 
qonunchilik 
rivojlandi. 1991-yilda 
―O‗zbekiston 
Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‗g‗risidagi‖ qonun (2008-
yilda yangi tahrirda qabul qilindi). Imkoniyati cheklangan insonlarni davlat 
ijtimoiy ko‗magining milliy modelini shakllantirishga asos bo‗ldi. O‗zbekiston 
bolalarning huquq va erkinliklari, alohida ehtiyojga ega shaxslarning huquqlariga 
tegishli asosiy xalqaro shartnomalar, pakt, deklaratsiya, konvensiyalarga 
qo‗shilgan bo‗lib, shunga muvofqi o‗z siyosatini amalga oshirmoqda.
O‗zbekiston ijtimoiy siyosatining eng ahamiyatli tendensiyalari ijtimoiy 
xizmat ko‗rsatish tizimini paydo bo‗lishi, aholi bilan ishlashda fuqarolarga samarli 
ijtimoiy yordam ko‗rsatish imkonini beruvchi zamonaviy texnologiya va uslublarni 
keng qo‗llash bo‗ldi. Aholiga ijtimoiy xizmat ko‗rsatishni amalga oshirish 
imkoniyati mahalliy boshqaruv organlari-hokimiyatlarda hududiy ijtimoiy ish 
tarmog‗ini tashkil qilish va rivojlantirish, ijtimoiy xizmat, ijtimoiy pedagogika va 
amaliy psixologiya sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‗ldi.
Zamonaviy O‗zbekiston sharoitida ijtimoiy xizmat ko‗rsatish tizimi alohida 
shaxslar, oila va guruhlarning moslashuvi, ijtimoiy sog‗lomlashtirishga qaratilgan 
ijtimoiy-insonparvar faoliyatning ma'lum yo‗llari tizimini sifatida qatnashadi. 
O‗zbekistondagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda muhtoj fuqarolarga 
zarur yordam va ko‗makni beruvchi yangi ijtimoiy muassasalar tarmog‗ini 
yaratishga katta e'tibor berildi. Keksalar, bolalar, nogironlar to‗g‗risidagi 
g‗amxo‗rlik asosan Mexnat va ijtimoiy himoya vazirligi tizimi orqali amalga 
oshirilib, shuningdek bunda barcha vazirlik va idoralar, o‗zini-o‗zi boshqarish 
organlari (mahalla) IIV tashkilotlari qatnashmoqda. Bunday muassasalar qatoriga 
fuqarolarga turli ijtimoiy ishni ko‗rsatuvchi markazlar, aholiga psixologik-
pedagogik yordam ko‗rsatish markazlari, voyaga yetmaganlar, ayollar uchun 


138 
ijtimoiy-sog‗lomlashtirish markazlari, oila va bolalarga ijtimoiy yordam 
ko‗rsatuvchi hududiy markazlarni keltirish mumkin.
Faqatgina ―Ijtimoiy himoya yili‖ davlat dasturiga muvofiq 26 ta qonun va 
me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida Sredi nix osobogo 
vnimaniya zaslujivayut zakonы «Bola huquqlarining kafolatlari to‗g‗risidagi», 
«Xayriya faoliyati to‗g‗risidagi» va «Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi 
to‗g‗risidagi», «Ishga qabul qilish uchun minimao yosh to‗g‗risidagi Konvensiyani 
ratifikatsiya qilish haqidagi» (Jeneva, 26 iyun 1973 yil), «Bolalar mehnatining 
yomon shakllarini ta'qiqlash va bartaraf etish to‗g‗risidagi Konvensiyani 
ratifikatsiya qilish haqidagi (Jeneva, 17 iyun 1999 yil) va boshqalarni keltirish 
mumkin. 
Mamlakatda ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirish bo‗yicha 
katta ishlar amalga oshirilib, bolalar, boquvchisini yo‗qotganlar to‗g‗risida davlat 
e'tibori va g‗amxo‗rligi kuchaymoqda, ota-ona qaramog‗isiz qolgan bolalar uylari 
va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash 
bo‗yicha choralar amalga oshirilib, kam ta'minlangan va aholining yordamga 
muhtoj qatlamini qo‗llab-quvvatlash kuchaytirilmoqda. 
Alohida e'tibor va ehtiyojga ega bolalar uchun ta'lim olish muhim 
ahamiyatga ega. Olingan ta'lim darajasi uning ijtimoiy sog‗lomlashishi, jamiyatga 
moslashishi va qo‗shilishiga bog‗liq. So‗nggi yillarda o‗ziga xos ruhiy jismoniy 
rivojlanishga ega bolalarning inklyuziv ta'limiga katta e'tibor qaratilib, ham bolaga 
ham uning atrof-muhtiga ta'sir qiluvchi ishlar amalga oshirilmoqda. Bu 
yo‗nalishdagi dastlabki qadamlar qo‗yilib, umumiy ta'lim jarayonida inklyuziv 
ta'limni bosqichma-bosqich rivojlantirish siyosati amalga oshirilmoqda.
Albatta, inklyuziv ta'limni kelgusi rivojlanishi bir qator muammolarni hal 
qilishga bog‗liq bo‗lib, ular quyidagilardir: me'yoriy-huquqiy asosni shakllantirish, 
integratsiya jarayonining ilmiy-tashkiliy ta'minoti; barcha ishtirokchilarning ruhiy 
tayyorgarligi; o‗qitishning milliy modelini yaratish va uning o‗quv-uslubiy 
ta'minoti.


139 
Aholini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash va mamlakat fuqarolarini ijtimoiy 
himoyalashni amalga oshirishda nodavlat sohasi katta o‗ringa ega. U aholining 
ijtimoiy ehtiyojlariga eng moslashuvchan va tezkor harakat qiladi. So‗nggi yillarda 
mahalliy nohukumat tashkilotlar miqdori doimiy o‗sib boryapti.
Shubha yo‗qki, mamlakat aholisini himoya qilish va qo‗llab-quvvatlash 
kopleks dasturlarini tashkil etish zarurdir. Bu mamlakatimiz ijtimoiy siyosatining 
yo‗nalishi sanaladi. Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy xizmat biri-biri bilan chambarchas 
bog‗liq. Ijtimoiy xizmat –bu ijtimoiy siyosatni amalga oshirish shakli bo‗lib, 
ijtimoiy siyosat esa ijtimoiy ishni yo‗naltirish doirasidir. Huquqiy fuqarolik 
jamiyatini shakllantirishning murakkab yo‗lida bizning mamlakatimiz uchun yangi 
bo‗lgan mazkur faoliyat shaklini shakllantirish va rivojlantirish, professional 
ijtimoiy xodimlar tayyorlashni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatda so‗nggi yillarda bolalar himoyasi sohasidagi islohotlarda 
ijtimoiy xodimlarni tayyorlashga katta e'tibor berilmoqda. Bolalar himoyasi 
sohasidagi asosiy hujjat 2008-yilda qabul qilingan ―Bola huquqlarining kafolatlari 
to‗g‗risidagi‖ qonun sanaladi. Mazkur qonun bola huquqlari bo‗yicha BMT 
Deklaratsiyasidagi barcha huquqlarni ta'minlaydi. Kadrlar tayyorlashning 
zaruriyati to‗g‗risida 4-moddada keltirilgan bo‗lib, bola huquqlari sohasidagi 
faoliyatni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta 
tayyorlash davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo‗nalishlaridan biri sanaladi.
O‗zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo‗nalishlari quyidagilar: ijtimoiy 
himoya, sog‗liqni saqlash, ta'lim, bandlik sohasidagi siyosat. O‗z navbatida 
ijtimoiy xizmat- aholi qatlamlari, guruhlari va alohida fuqarolarni ijtimoiy 
himoyalash, qo‗llab-quvvatlash va yordam ko‗rsatish bo‗yicha faoliyatdir. 
Shuni ta'kidlash kerakki, ijtimoiy siyosat va ijtimoiy xizmat biri-biri bilan 
chambarchas bog‗liq. Ijtimoiy xizmat –bu ijtimoiy siyosatni amalga oshirish shakli 
bo‗lib, ijtimoiy siyosat esa ijtimoiy ishni yo‗naltirish doirasidir. Ijtimoiy 
siyosatning yo‗nalishlari quyidagilar: ijtimoiy himoya, sog‗liqni saqlash, ta'lim, 
bandlik sohasidagi siyosat. O‗z navbatida ijtimoiy xizmat- aholi qatlamlari, 


140 
guruhlari va alohida fuqarolarni ijtimoiy himoyalash, qo‗llab-quvvatlash va 
yordam ko‗rsatish bo‗yicha faoliyatdir. 
O‗zbekistonda ijtimoiy xizmatlarni ko‗rsatishda katta ishlar amalga 
oshirilmoqda, har bir yil aholining u yoki bu qatlamini ijtimoiy himoya qilishga 
qaratilmoqda. Ijtimoiy himoya qilish sohasida mamlakat rahbariyatining har bir yil 
uchun maqsadli yo‗naltirilgan faoliyati ishlab chiqilmoqda. «Inson manfaatlari 
yili», «Oila yili», «Ayollar yili», «Sog‗lom avlod yili», «Onlar va bolar yili», 
«Qariyalarni qadrlash yili», «Ijtimoiy himoya yili», «Yoshlar yili», «Barkamol 
avlod yili», «Keksalarni e'zozlash yili».
O‗zining demografik xususiyati va ko‗p yillik an'analari natijasida 
O‗zbekiston bugungi kunda aholining 60% dan ortig‗ini bolalar va yoshlar tashkil 
etadigan mamlakat sanaladi. Bolalarni ijtimoiy himoya qilish jarayoni bolalar va 
oilalarga har tomonlama yordam ko‗rsatuvchi vazirlik va idoralarning murakkab va 
tarmoq tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu faoliyatning asosiy tamoyili 
mamlakatdagi fuqarolarning bolalarining manfaatlarini eng yaxshi darajada 
ta'minlashdir. Shu sababli bolalarni himoya qilish tizimidagi ijtimoiy ishning 
rivojlanishi mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bir qatorda bu 
sohadagi professional mutaxassislarga bolalar huquqlarini aks ettirish uchun huquq 
va vakolatlar berilgan. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin