220
bo‗ladi. (homeostasis
; grech. Homoios
– o„xshash + grech. Stasis
–
qo‗zg‗almaslik).
Biologik tizimning o‗zini tashkil qilish shakli o‗zini tiklash qobiliyatida ham
namoyon bo‗ladi. Bu xususiyat eng avvalo regeneratsiyada,
shuningdek uning
tashkil etishning barcha darajalarida ko‗pgina parallel regulyator ta'sir mavjudligi
bilan asoslanadi. Bu parallellar hisobidan yetishmagan funksiyalarni qoplash
buzilish sharoitida organizmning yashashiga imkoni berib, bunda hayot qobiliyati
darajasi- uning jismoniy sog‗ligini aks ettiradi.
Amaliy jismoniy sog‗lik- turli tashqi muhit omillariga moslashish imkonini
xarakterlaydigan inson organizmining holati,
jismoniy rivojlanish darajasi,
jismoniy yuklamalarni bajarishga organizmning jismoniy va funksional
tayyorgarligidir.
Insonning jismoniy sog‗ligiga tegishli asosiy omillar quyidagilar:
• Jismoniy rivojlanganlik darajasi;
• Jismoniy tayyorgarlik darajasi;
• Jismoniy yuklamlarni bajarishga organizmning
funksional tayyorgarligi
darajasi;
• Organizmning turli tashqi muhit omillariga moslashishini ta'minlaydigan
organizmning moslashuv zaxirasi darajasi va qobiliyati.
Ruhiy sog‘liq– insonning ruhiy holati. Ruhiy sog‗lik asosini axloqni adekvat
tartibga solishni ta'minlaydigan umumiy ruhiy qulaylik holati tashkil qiladi.
Jinsiy sog‘lik – insonning jinsiy borlig‗ining somatik, hissiy, intellektual va
ijtimoiy jihatlari majmuasi, insonlar bilan muloqot qila olish va ularni sevishni
oshiruvchi ijobiy holat.
Dostları ilə paylaş: