O’qituvchining pedagogik mahorati



Yüklə 337,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix22.09.2023
ölçüsü337,52 Kb.
#146519
  1   2   3   4   5   6   7   8
Pedagogik fikr taraqqiyotida o qituvchining kasbiy mahorati hamda burch va mas uliyatlari



Pedagogik fikr taraqqiyotida o qituvchining kasbiy 
mahorati hamda burch va mas uliyatlari.
 
 
Reja: 
 
 
1.
 
O’qituvchining didaktik va akademik qobiliyatlari. 
2.
 
O’qituvchining perseptiv va nutqiy qobiliyatlari. 
3.
 
O’qituvchining tashkilotchilik, avtoritar va kommunikativ 
qobiliyatlari. 
4.
 
O’qituvchining pedagogik xayoli, diqqatni taqsimlay olish 
qobiliyati. 
Tayanch iboralar: 
materialni tushuntira olishi, oson yetkazish, 
o’quvchilarni faollashtira olish, o’quvchilarni tushuna bilishi, kuzatuvchanlik, 


o’quvchining ichki dunyosiga kira bilishi, nutqning ravonligi, mimika, 
pontamimika, nutqning qisqa, aniqligi, o’quvchilarni uyushtira bilish, har 
tomomnlama ta’sir eta olish, obro’ orttira olish, pedagogik taktning mavjudligi, 
o’quvchilar kelajagini tasavvur qila olish, tarbiya natijalarini oldindan ko’ra 
bilish, diqqatni bir nechta obyekt, faoliyatga qarata olish va hokazo.
 
 
O’qituvchining didaktik va akademik qobiliyatlari. 
Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar pedagogik qobiliyatlar murakkab va 
ko’p qirrali psixologik bilimlardan iboratligini ko’rsatib berdi. Ana shu tadqiqot 
ma’lumotlaridan foydalani, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o’rin 
egallaydigan qator komponentlar /tarkibiy qismlar/ ni ajratib ko’rsatish mumkin: 
Didaktik qobiliyatlar
– bu bolalarga o’quv materialini aniq va ravshan 
tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqsh uyg’otib, ularda 
mustaqil faol fikrlashni uyg’ota biladigan qobiliyatlardir. 
Didaktik qobiliyatga ega bo’lgan o’qituvchi zarurat tug’ilganda qiyin o’quv 
materialini – osonroq, murakkabrog’ini soddaroq, tushunish qiyin bo’lganini 
tushunarliroq qilib o’quvchilarga moslashtirib bora oladi.O’qituvchining manna 
shu xislatlarini bilib olgan o’quvchilar odatda: «O’qituvchining eng muxim tomoni 
ham uning hamma narsani aniq-ravshan va tushunarli qilib berishidada. Bunday 
o’qituvchining qo’lida maza qilib o’qiging keladi»; «Unisi esa hyech narsaga 
yaramaydigan o’qituvchi, hyecham aniq tushuntirib bera olmas edi»; «O’quv 
materialini oldida tirik odamlar emas, balki qandaydir mexanizmlar bordek, 
zerikarli va noaniq – mujmal qilib tushuntiradi. Biz bunday o’qituvchilarni 
yoqtirmaymiz»-deydilar. 
Hozirgi tushunchamizdagi kasbiy maxorat shunchaki bilimlarni osonroq, 
hammabob va tushunarli qilib o’quvchilar ongiga yetkazib berish qobiliyatinigina 
emas, balki shu bilan birga o’quvchilarning mustaqil ishlarini, ularning bilish 
faolligini oqilona va moxirlik bilan boshqarib, ularni kerakli, tomonga yo’naltirib 
turishdan iborat qobilyatni ham o’z ichiga oladi.
Mana shu qobiliyatlar asosida o’quvchilar psixologiyasiga xos doimiy 
ustanovka /yo’naltirish/ yetadi. Qobiliyatli pedagog o’quvchilarning tayyorlik 
darajasini, ularning taraqqiyot darajasini hisobga olgan holda bolalarning nimani 


bilishi va nimani bilmasligini, nimalarni allaqachon esdan chiqarganliklarini 
tasavvur qila oladi. 
Ko’pchilik o’qituvchilarga, ayniqsa xafsalasiz o’qituvchilarga, o’quv 
materiali oddiygina va hyech qanday aloxida tushuntirish hamda izoh berishni 
talab qilmaydigandek tuyuladi. 
Bunday o’qituvchilar o’quvchilarni emas, balki birinchi galda o’zlarini 
nazarda tutib ish olib boradilar. Shuning uchun ham o’quv materialini o’ziga qarab 
tanlaydilar. Qobiliyatli, tajribali o’qituvchilar esa o’zlarini o’quvchi o’rniga qo’yib, 
kattalar uchun aniq-ravshan va tushunarli bo’lgan material o’quvchilar uchun 
noaniq va tushunarsiz bo’lishi mumkin degan nuqtai nazarda bo’ladila. Materialni 
bayon etish jarayonida qobiliyatli o’qituvchi turli o’quvchilarning qanday 
tushunayotganliklari va zarur bo’lganda dars bayonotiga alohida e’tibor berishga 
intilayotganliklari kabi qator belgilariga qarab to’g’ri tasavvur qilib, xulosa chiqara 
oladi. 
Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog N.F.Gonobolin 
juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko’ra bilish xarakteridagi matnda 
o’qituvchining fikri buyicha ayrim sinfo’quvchilari uchun qiyin deb hisoblangan 
qismlarni alohida ko’rsatib, nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib 
berish, shundan so’ng esa matnni o’quvchilarga yengil va ularning o’zlashtirishlari 
uchun qulay qilib qayta tuzish tavsiya etiladi. 
Qobiliyatli o’qituvchi shu bilan bir qatorda materialni o’zlashtirish, 
o’quvchilarga biroz nafas olib o’zlariga kelib olishlari va o’z diqqat -e’tiborlarini 
bir joyga qo’yib, ayrim qo’zg’alishlarni «sundirib» boshqalarini esa jadallashtirib, 
ularning bushashganligni, sustligini va loqaydliligini yengishlari uchun zamin 
tayyorlash zarurligini ham nazarda tutadi. Bunday o’qituvchi zarur sharoit 
yaratilmaguncha darsni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan 
dars o’quvchilarda himoya qiluvchi tormozlanishni vujudga keltirib, miya faoliyati 
tormozlanadi, o’qituvchining so’zlari yetarlicha idrok qilinmaydi. 

Yüklə 337,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin