O’qituvchining pedagogik mahorati



Yüklə 337,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix22.09.2023
ölçüsü337,52 Kb.
#146519
1   2   3   4   5   6   7   8
Pedagogik fikr taraqqiyotida o qituvchining kasbiy mahorati hamda burch va mas uliyatlari

Avtoritar qobiliyati – 
bu o’quvchilarga bevosita emosional-irodaviy ta’sir 
etib, ularda obru orttira bilishdan iborat qobiliyatlardir. 
Avtoritar qobiliyat o’qituvchining rostguyligi, irodaviy uddaburonligi, o’zini 
tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlari hamda qator shaxsiy 
xislatlarga, shu bilan birga o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasida javobgarlikni his 
etishi, uning e’tiqodi, o’quvchilarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni singdira 
olganligiga ishonch kabi xislatlariga ham bog’liqdir. 
O’quvchilar /ayniqsa o’qil bolalar, o’spirinlar – buni alohida ta’kidlab o’tish 
kerak/ talab qilishni biladigan, o’quvchilarni majbur qilmagan va do’q-pupisa 
qilmagan, shu bilan birga bexuda rasmiyatchilikka yo’l qo’ymagan holda o’z 
aytganini qildira oladigan o’qituvchilarni juda hurmat qiladilar. Shu munosabat 
bilan o’quvchilarning o’qituvchilar haqida ayrim fikrlarini misol qilib keltiramiz:

 
«Uning ajoyib xislat bor – u hyech qanday zurlash va baqiriq-qichqiriqsiz 
ishlay oladi»; «Biz uni jiddiyligi, vazminligi va talabchanligi uchun juda yaxshi 
kuramiz. U hamma vaqt shunchaki muloyimgina, sipogina talab qiladi, ammo 
uning talabi shu qadar ta’sirchanki, unga quloq solmaslik mumkin emas»; 


«Bizning matematika o’qituvchimiz hama vaqt yuvosh, osoyishta, o’zini tutgan va 
shu bilan bir qatorda butun sinfga ajoyib ta’sir eta oladi»; «Ximiya 
o’qituvchimizning obrusini e’tibor etmay kurginchi, u har qanday sharoitda ham 
o’z aytganiga erishadi»; «Nigmat aka bizga ustalik bilan ta’sir etadi. U xadeb talab 
qilavermaydi, agar talab qiladigan bo’lsalar undan buyin tovlab bulmaydi», yoki 
o’quvchilarning o’z o’qituvchilari haqidagi mana bunday fikrlari: «Polvon aka 
maktabimizdan ketganiga biz xursand bo’ldik. U bizni do’q-pupisa, baqiriq-
qichqiriq, buyruqbozlik bilan qo’lga olaman deb uylardi-yu, ammo bizni bardosh 
berishganigina majbur etardi, xolos.» 
Bunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning maktab ta’limi 
jarayonida olib borilayotgan ishlarning ahvoli to’g’risida juda achinib aytgan 
fikrlarini keltirish o’rinli bulur edi: «Mabodo biror o’quvchi o’qituvchiga e’tiroz 
bildirsa, ertaga u hyech Kim xavas qilmaydigan axvolga tushib qoladi. 
Maktablardagi jarayonda o’qituvchi hukmron. U boladan faqat o’zi 
tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Prinsip ham tayyor: mening 
aytganim-aytgan, deganim-degan.»
Shu bilan bir qatorda o’quvchilar o’qituvchining bo’shligi, landavurligi, 
laqmaligi, soddalarcha ishonuvchanligi, sustkashligi, ortiqcha rioyagarchiligi
irodasizligi kabi xislatlarini baralla qoralaydilar: «yaxshi odamu, leki nuta bo’sh: 
uni aldab ketish hyech gap emas»; «Tushunib bo’lmaydi: birda juda qattiqqo’l, 
talabchan, ba’zan hyech qanday talab degan narsa yo’q»; «Juda bo’shang, lanj: uni 
kurishing bilan uyqung keladi»… 

Yüklə 337,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin