ta’sir etadi. O’qituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning pokizaligi, sarishta-
saramjonligi, sipoyagarchiligi, uning qiliqlari, o’zini chiroylik tutishi, qaddi-
qomati va yurish-turishlari o’quvchilarda juda yaxshi taassurot qoldiradi.
Jumladan, o’quvchilarning «Farida opani nechuk yaxshi kurmaysan ular har doim
shu qadar xushchaqchaq, ozoda, sarishta-saranjomlar-ku?» yoki «Noila opa
maktabda emas, balki teatrda ishlab, tomosha ko’rsatishi kerak – chunki ularning
turqi-qiyofasi, yurish-turishi yasama, soxta» degan fikrlarini olishimiz mumkin.
Muhim davlat vazifasini – kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga
oshirayotgan zamonaviy maktab o’qituvchisining xislatlari, uning ijodiy faoliyati
kirib kelayotgan XXI asrda shakllanib asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni
egallash jarayonida o’sib rivolana boradi.
Shu bilan birga o’qituvchi doimiy ravishda ta’minlashga yordam beradigan
shaxsiy xislatlarini tarbiyalab borishi zarurdir. Bu to’g’rida mazkur ishimizning
kelgusi boblarida so’z boradi.
Dostları ilə paylaş: