Qobiliyatli o’qituvchi o’z fanini faqat kurs hajmidagi emas balki atroflicha
keng, chuo’ur bilib, bu soxada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy
ravishda kuzata borib, o’quv materialini mutlaqo erkin egallab, unga kata qiziqish
bilan qaraydi hamda ozgina bo’lsada tadqiqot ishlarini olib boradi.
Ko’pchilik tajribali
pedagoglarning aytishlaricha, o’qituvchi o’z Fani
buyicha yuksak bilim saviyasiga erishish, boshqalarni
qoyil qilib xayratda
qoldirish, o’quvchilarda katta qiziqish uyg’ota olish uchun u yuksak madaniyatli,
har tomonlama mazmunli, keng erudisiyali /bilimdon/ odam bo’lmog’i lozim.
Bunday o’qituvchilar haqida o’quvchilar «Maxmud aka xudi professorning
o’ziginasi-ya. Biz uning bilmagan birorta soxasi
bormikin deb tez-tez uylab
turamiz. Darslarga u butun vujudi bilan kirishib ketadi» deydilar. Ba’zan
o’quvchilar o’z o’qituvchisi haqida «Baqir-chaqir qiladi-yu, ammo zarracha bilimi
yo’q» deb butunlay teskarisini aytsalar juda alam qiladi.
5.
O’qituvchining perseptiv va nutqiy qobiliyatlari.
Perseptiv qobiliyatlar –
bu o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki
dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o’quvchi shaxsining vaqtinchalik
psixik holatlari bilan bog’liq nozik tomonlarini
tushuna bilishdan iborat
qobiliyatlardir.
Qobiliyatli o’qituvchi bolalarning har qanday mayda-chuyda xatti-
harakatlarida, erkin ifodalanadigan ayrim holatlarida
hamda ularning ichki
dunyosida yuzaga keladigan o’zgarishlarni sezdirmasdan ilib oladi. Ana shunday
hollarda o’quvchilar: «Muhabbat opa kimningdir kayfiyatida o’zgarishlar bo’lsa
yoki kimdir dars tayyorlamasdan kelgan bo’lsa ko’ziga qaraboq bilib oladi»,
«Bizning o’qituvchimiz
xech qayoqqa qaramasa ham, hamma narsani ko’rib
turadi» deydilar.
Dostları ilə paylaş: