O’qituvchining pedagogik mahorati


Kommunikativlik qobiliyati –



Yüklə 337,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix22.09.2023
ölçüsü337,52 Kb.
#146519
1   2   3   4   5   6   7   8
Pedagogik fikr taraqqiyotida o qituvchining kasbiy mahorati hamda burch va mas uliyatlari

 
Kommunikativlik qobiliyati – 
bu bolalar bilan
 
muloqotda bo’lishga, 
o’quvchilarga yoshdoshish uchun to’g’ri yo’l topa bilishga, ular bilan pedagogik 
nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o’zaro aloqa bog’lashga pedagogik taktning 
mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.
Pedagogik takt psixologiyasini o’rganishda psixolog I.V.Straxov benixoya 
katta hissa qo’shgan. Uning fikricha bunda muximi o’quvchilarga ta’sir etishning 
eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta’sirni qo’llashda maqsadga muvofiq 
pedagogik choralarga e’tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga olish, 


o’quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda 
mazkur pedagogik holatlarini hisobga olish zarurdir. 
Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri – har qanday pedagogik ta’sirga 
nisbatan qo’llaniladigan chora-tadbirlarni his eta bilishdan iboratdir. Farosatli 
o’qituvchi bolalarga e’tibor berib, ziyraklik bilan qaraydi, ularning individual 
psixologik xususiyatlari bilan hisoblashadi. «U biz bilan hayron qolarli darajada 
ajoyib yaqin do’stlarcha yaxshi munosabatda bo’ladi»; «Bizning tarix 
o’qituvchimizning kuchli tomoni – o’qituvchining o’quvchilar oldida 
xushomadguylik qilishidir. Bizning zoologiya o’qituvchimiz Farida opamlar 
shundaylardan edi: ular nimaiki qilmasin u bolalarni o’ziga qaratish uchun 
xushomadguylik qilardi! Nega ular o’zini shunchalik kamsitib yerga uradi? deb 
uylar edim. Axir ular o’z fanini yaxshi biladiku»; «ibroxim aka esa qarabsanki, 
hyech narsadan-hyech narsa yo’q kishi diliga ozor berar, tushirib qolar yoki 
behudaga urishib, koyib berar edi». 

 
O’qituvchining pedagogik takti masalasi munosabati bilan shuni ham aytish 
joizki, qachonki o’quvchilar o’qituvchining ijobiy xislatlari to’g’risida gapirar 
ekanlar, ular hamisha o’qituvchining adolatligi kabi xislatini birinchi o’ringa 
quyadilar. 
«Ko’p hollarda nohaq ish qiladilar – biror masalani yaxshilab tekshirish 
kurmasdan ish tutadilar». O’qituvchining bunday xislatiga o’quvchilar nechukdir 
achinishli talabchanlik munosabatida bo’ladilar. O’qituvchining adolatsizligi 
yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu to’g’rida har qaysimiz maktab 
amaliyotidan qandaydir tasavvurga egamiz. 

Yüklə 337,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin