payqamaslikka soladilar.
Ajoyib ayol edi-yu, ammo uning darsida hyech kim
hyech narsa qilmas edi-da…» degan fikrlarini ham eshitish mumkin.
O’qituvchining o’z ishini tashkil qila bilishi bhdeganda uning o’z ishini
to’g’ri rejalashtirib, uni nazorat qila olishi nazarda tutiladi.
Tajribali
o’qituvchilarda vaqtga nisbatan o’ziga xos sezuvchanlik – ishni vaqt buyicha
to’g’ri taqsimlab, mo’ljallangan vaqtdan to’g’ri foydalana olish ko’nikmasi paydo
bo’ladi. Dars dasomida, albatta, ko’p hollarda vaqtni bexuda yo’qotish ham
mumkin. Lekin bu yo’qolgan vaqt dars rejasini tuzatish zaruriyati tug’ilgan
xollarda bo’lishi mumkin. Tajribali o’qituvchilar vaqtni seza bilishni o’rganish
uchun dars rejasi yoki matnda vaqtni nazorat qilish uchun
belgilab olib borishni
tavsiya etadilar. Jumladan: darsning 10, 20, 30 va boshqa daqiqalar davomida
mabodo ko’zda tutilmagan vaqt ortib qolgan taqdirda foydalanish uchun qanday
qo’shimcha materiallarni tayyorlash yoki vaqt qolgan
taqdirda qanday materialni
keyingi darsga qoldirish mumkinligi haqida maslahat beradilar.
Dostları ilə paylaş: