O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi



Yüklə 374,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix29.12.2021
ölçüsü374,54 Kb.
#48429
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
pedagogik konfiliktologiya fanidan



 

 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI 



VAZIRLIGI 

 

 

 

A.QODIRIY NOMIDAGI 

JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 

 

 

 

“Pedagogika-psixologiya” kafedrasi 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

fanidan 

ma'ruza matni 

 

 

 



 

 

Tuzuvchi: o`qit. Qarshiboyeva G 

 

 

 



 

 

Jizzax 

 

 




 

 

 



Ushbu ma'ruza matni “Pedagogika-psixologiya” kafеdrasining 2014  yil 

__.08 dagi majlisi tavsiyasiga binoan JDPI Ilmiy-uslubiy Kеngashi tomonidan 

tasdiqlangan. 

 

 

Tuzuvchi:               o`qit. Qarshiboyeva G 

 

Taqrizchi:            dots. R.A.Abdurasulov 


 

 

KIRISH 

Har  safar  maktab  ma`muriyati  va  o`qituvchilari  bilan  maktab  muammolari  xaqida 

suxbatlashganda,  ular  o`quvchi  va  ota-onalar  bilan  o`zaro  munosabatlardagi  kiyinchiliklardan 

noliydi. 

Pedagogik jarayon ishtirokchilari o`rtasidagi vaziyat va ziddiyatlar bugungi kun maktabi 

oldida  turgan  eng  dolzarb  masalalar  sirasiga  kiradi.  Maktab  ishini  tubdan  o`zgartirish  mazkur 

muammoni  xal  etmasdan  amalga  oshmaydi,  insonparvarlikka  asoslangan  pedagogik  hamkorlik 

g`oyasi  esa  navbatdagi  shior  sifatida  kabul  kilinaveradi.  Bu  shior  mazkur  muammoni  aniq 

echimini topish bilangina xayotga tadbik etiladi. 

Misol  tariqasida  maktab  raxbariyati  va  ko`p  yillik  tajribaga  ega  o`qituvchillar  fikriga 

.lurojat etamiz: 

Maktabda  20  yildan  ziyotroq  ishlab  kelmokdaman.  Keyingi  yillar  shu  narsa  guvohiga 

aylaimokdamanki, bugun maktabga fan mutaxassislari kirib kelmokda, ammo ular mazkur kasb 

mohiyatini  anglab  etishmagan.  Ular  o`z  fanlarni  yaxshi  bilishadi,  o`qitish  metodikasini 

takomllashtirishga intiladilar, yaxshi dars tashkil eta biladilar, ammo bolalar bilan aloka o`rnata 

olishmayapti,  «til»  topishishda qiynalishmokda,  o`quvchilar qalbiga  yo`l topishga xoxish  yo`q. 

Albagta,  bu  xolat  o`quvchilarda  norozilikni  keltirib  chiqaradi,  ular  bunday  o`qituvchilarga 

«ochilmaydi» ular bilan do`stona aloqa o`rnatmaydi. 

«O`tgan  yili  o`qituvchilarning  o`kuvchilar  bilan  nizosi  shu  darajaga  borib  etdiki,  xatto 

qagiy bir qarorga kelish o`zim uchun ham kiyin bo`lib koldi: o`qituvchi turli xil sabablarga ko`ra 

o`kuvchilar  bilan  ziddiyatlarga  borib  yurdi».  Navbatdagi  nizodan  so`ng  xonamga  kirib:  «Siz 

o`quvchi  K.  Nisbatan  xech  qanday  chora  ko`rmayapsiz,  men  uning  kiliqlari  va  kamsitishlariga 

ortiq  chiday  olmayman:  yoki  men  qolaman,  yoki  u  qolsin  maktabda  -  o`zingiz  xal  qiling!.  Bu 

masalani xal qilish direktorga oson emas: yoki o`quvchilarni o`kuv yili o`rtasida qoldirish kerak 

yoki o`quvchini maktabdan xaydash zarur ( boshqa maktabga o`tkazay desam kishlokda boshqa 

maktab mavjud emas)» -deydi Jizzax viloyati Baxmal tumani №43 - maktab direktori. Bu kabi 

vaziyatlar  xar  o`qituvchi  xayotida  uchraydi.  Bu  xolatda  kishi  o`zini  yolg`iz  sezadi,  boshi  berk 

ko`chaga  kirib  kolgandek  ilojsiz,  Muvaffaqyatsizlikni  ichiga  yutsa,  uni  afsus—  nadomatlar 

qiynaydi va maktabdan ketishga karor kiladi. Keyingi yillarda o`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi 

munosabatlar,  kattalar  va  bolalar  o`rtasidagi  munosabatlar  kabi  ancha  murakkb  kechmokda. 

Insonparvarlik  g`oyasiga  asoslangan  xamkorlik  pedagogikasini  xayotning  o`zi  talab  etmokda, 

ammo uni xar bir o`quvchining faoliyatida amalga tadbiq etish oson emas. Maktab xodimlari va 

o`qituvchilarida  hamkorlik  pedpgogikasini  targib  etish  kerak  emas,  faqatgina  ularga  uni  tadbiq 

etishda ko`maklashish zarur. 

Ko`pgina  xollarda  bu  muammo  xayotning  jadallashishi,  birgina  avlod  xayotida 

jamiyatdagi  o`zgarishlarning  tezlashishi  bilan  bogliq.  Natijada  katta  yoshdagi  avlodning 

to`plagan  tajribasi  yosh  avlodlar  uchun  o`zining  dolzarbligini  yo`qotib  bormoqda.  Bu  erda 

yagona  chora  shundan  iboratki,  katta  yoshdagilar  xayotdagi  o`zgarishlarga  moslasha  olsin, 

o`zlari to`plagan tajribani yagona va o`zgarmas qadriyat degan fikrdan xoli bo`lishi zarur. 

Ko`pgini  maktab  raxbarlari  va  tajribali  o`qituvchilar  fikricha,  bu  kabi  nizoli  vaziyatlarni  xal 

etishning  yangona  to`gri  yo`li  keskinlashgan  munosabatni  nizo  darajasiga  etkazmaslikda 

o`qituvchiga yordam berish, bu xolatni uzok muddatli nizoga aylantirmaslik yo`lini ko`rsatishdir. 

Axir bu ziddiyatlarda kim yutqazadi, albatta, birinchi galda o`qituvchining o`zi, u o`z sog`lig`ni 

yo`qotadi,  o`qituvchilik  maqomiga  putur  etadi.  O`qituvchining  o`quvchilar  bilan  me`yor 

darajasidagi  munosabatlarni  o`rnatish  mexanizmini  ziddiyatlarni  pedagogik  vaziyatga  o`girish 

orqaligina  erishish  mumkin  deb  o`ylaymiz.  Mazkur  xolatda  pedagogik  jarayondagi  o`zaro 

munosabat  buzulmaydi.  Buni  amalga  oshirish  barcha  o`qituvchilar  uchun  oson  ish  emas. 

Tarbiyalanuvchilar  bilan  bo`ladigan  ziddiyatlarni  bartaraf  etish  borasida  A.  S.  Makarenko 

shunday degan edi: «o`kituvchidan ilon donishmandligi va takti talab etiladi». 

Ko`plab  adabiyot  va  boshqa  nashrlarda  zamonaviy  maktab  muammolari  xususida  fikr 

yuritilganda,  mualliflar  bir  narsaga  e`tibor  qaratishmoqda:  bosh  nuqson  -  bu  o`qituvchining 

o`quvchi  shaxsiga  qiziqmasligi,  uning  ichki  dunyosini  o`rganishga  loqaydligi  va  uquvsiligidir. 



 

 

Aynan  mana  shuning  ortida  o`qituvchi  va  o`quvchi  o`rtasida,  maktab  va  oila  o`rtasida 



kelishmovchilik va nizolar paydo bo`laveradi. 

SHu o`rinda ta`kidlash lozimki, bu erda avvalambor o`qituvchining hoxishiga qaraganda 

uning ukuvsizligi, o`quvchiga yondashish taktikasini bilmasligi ko`proq namoyon bo`lmoqda: u 

ziddiyatni  bartaraf  etishda  chorasiz.  Asosan  bunday  xolat  endigina  ish  boshlayotgan 

o`kituvchilarda uchraydi. 

Mazkur  tadqiqot  ishi  asosini  Jizzax  viloyati  maktablarida  aniqlangan  aniq  nizoli 

vaziyatlar taxlili tashkil etadi. Aytish mumkinki, bunday xolatlar barcha uchun begona emas. 

Tadqiqot  taxlili  uchun  misol  tariqasda  olingan  pedagogik  vaziyatlar  va  ziddiyatlar 

ma`lum  ma`noda  o`qituvchininng  pedagogik  faoliyatiga  tayyorgarlik  darajasini  ifodalasa, 

ma`lum ma`noda o`qituvchi tomonidan pedagogik etika me`yorining ko`pol ravishda buzilishini 

ifodalaydi.   



 

 


Yüklə 374,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin