O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi



Yüklə 374,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix29.12.2021
ölçüsü374,54 Kb.
#48429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
pedagogik konfiliktologiya fanidan

Adabiyotlar 

1. Karimov I.A. ―Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori‖.-T, ―SHarq‖, 1998 y. 

2.Voronin G.L. Konfliktы v shkole. Sosiologicheskie issledovaniya №3,  1994 g. 

3.Liseskiy 

K.S. 

Preduprejdenie 



mejlichnostnыx 

konfliktov 

sisteme 


otnosheniy 

starsheklassnikov A/R dissertasii M., 1994. 

4.Rыbakova M.M.  Konflikt i vzaimodeystvie v pedagogicheskom prosesse. – M.: Prosveщenie, 

1991. 


5.Podlasiy I.P. Pedagogika. – M.: Vlados, 2003. 

 

Pedagogik ziddiyatlar sabablari: 



1. 

O`quvchilar bilan aloqa o`rnata olmaslik; 

murakkab xolatlarda ularga ularga yordam berishini bilasizmi; 



o`quvchilar  qiziqishlarini  e`tiborga  olmaslik  va  o`zaro  munosabatlarda  ularpni  e`tiborga 

olmaslik; 

avtoritar boshqaruv; 



mavjud vaziyatga baxo bera olmaslik; 

o`zaro xamkorlikni o`rnata bilmaslik; 



avlodlar o`rtasida o`zaro tushinmaslik; 

bir  avlodning  to`plpgan  tajribasi  keyingi  avlodni  tarbiyalashda  o`z  dolbzarligi  va 



ta`sirchanligini yo`qotmoqda; 

to`plpngan tajribani va yagona qadriyat sifatida xisoblashi; 



vaziyatli nizo darajasiga chiqarish; 

o`quvchilarga bo`lgan munosabatlarni o`zgartira bilmaslik; 



ziddiyatli pedagogikvaziyat sifatida anglay bilmaslik; 

ilon donaligiga (aqli) va taktning etishmasligi (Mak-ko) 



o`quvchi shaxsiga qiziqmaslik; 




 

 



pedagogik etika meyorlariga rioya etmaslik; 

pedagogik etikaning qo`pol buzilishi; 



pedagogik ziddiyatlarga tayyor emaslik va bu boradagibilimlar bilan qurollanmaganlik; 

samarali  va  o`zaro  tushinchaga  asoslanganpedagogik  faoliyat  -  muvaffaqiyatli  va 



o`qituvchining o`z ishidan qoniqishi xissini ta`minlovchi omil ekanligini bilmaslik; 

ba`zi  o`qituvchylarning  darslarda  o`quvchilar  «o`quvchilar  ochiqroq»  yoki  erkinroq 



o`zlarini  xis  qiladilar,  tanbeh  va  tanqidga  to`gri  munosabat  bildiradi,  to`g`ri  qabul  qiladi, 

o`qituvchining xar qanday topshiriqlarini bajarishga tayyor, erkin maslaxat so`raydi; 

Pedagogik ta`sirni qabul qilishda o`quvchilardagi sub`ektivlik 

O`quvchining  yoshi va uning xususiyatlari kattalar tomonidan ko`rsatilayotganta`sirning 

darajasini belgilab beradi. 

O`kuvchi  shakllanishi  va  rivojlanishida  davom  etayotgan  o`kuvchi  shaxsi  bilan  ish  olib 

bordi, bolalarruxiyatini xarakatga kelirkvchi kuch esa ob`ektiv karama - qarshiliqdir.bu karama -

qarshiliklar  yangi  ichki  extiyojlar  paydo  bo`lishi  bilan  yuzaga  chiqadi.  Mazkur  extiyojlarni 

qondirish katta yoshdagilar bilan hamkorlikda faoliyat qilish natijasida amlga oshiriladi, natijada 

u katta yoshdagilar tajribasini o`zlashtirib bordi. 

O`quvchi yoshlarda yosh ulg`ashishi bilan yuzaga chiqayotgan ruxiy o`zgarishlarni qabul 

qilmaslik  sekin-asta  o`zaro  tushinmaslikka,  begonasirashga  va  o`z  navbatida  murakkab 

pedagogik  ziddiyatlarga  olib  keladi.  O`quvchilardagi  bunday  o`zgarishlar  o`spirinlik  davrida 

o`zini  yaqqolroq  namoyon  etadi.  Katta  yoshjagilarning  har  qanday  ta`sirini  aksariyat  xollarda 

o`spirin  tomonidan  rad  etiladi,  kabuya  qabul  qilinmaydi  -  bularning  barchasi  bilan 

munosabatlarning  keskinlashuviga  olib  keladi.  O`srirn  o`quvchining  tanqidlaridan  tashvishga 

tushadi,  qattiq  hafa bo`ladi.  Uning xafaligi  o`polroq va topshiriklarni bajarmaslik kabilarda o`z 

ifodasini  topadi.  Bularning  barchasi  o`kuvchilar  oldida  o`qituvchi  hurmatining  tushib  ketishiga 

olib keladi. 

Bola  ulg`aygan  va  yashayotgan  oila  muziti  ham  o`kuvchining  maktab  va  umuman  uning 

munosabatlariga  o`z  tasirini  qo`rsatib  turadi.  Bir  oilada  xotirjamlik  xukmron  bo`lib,  ota  -  ona 

bolaga  g`amxo`rlik  ko`rsatib  tursa,  uning  muammolari  bilan  kiziqishlari  miavjud  bo`lsa, 

o`kuvchida  ichki  ruxiy  muvozanatmavjud  va  u  bilan  o`qituvchi  engilgina  munosabat  o`rnata 

oladi,  bola  har  qanday  pedagogik  ta`sirni  ijobiy  qabul  qiladi.  Boshqa  oilada  tug`ilgan  va 

tarbiyalangan  bolaninida  o`zgacha:  ota  -  onalar  janjali,  yashash  sharoitining  talabga  javob 

bermasligi  natijasida  bolaning  axloqiy  me`yorlari  o`zlashtirishi  murakkab  kechadi.  Bularning 

barchasi bola munosabatlarida o`z ifodasini topadi, pedagogik ta`sirga karshilik ko`rsatadi. 

Oila  sharoitida  bolalar  xatti  -  xarakati  va  so`zlashish  tajribalarini  o`zlashtiradilar: 

ba`zilarida bu tajribalar maktab talablari bilan bir xil (o`zaro xurmat, muloyimlik, tartiblilik ...) 

boshqalarida  oilada  o`zgacha  munosabatlarni  o`zlashtirgan  (qo`pollik,  ta`na,  o`jarlik  va 

boshqalar)  Oila  va  maktabda  bo`lishsa,  unda  qanday  munosabat  kutish  mumkun?  U  kimga 

suyanad, kimdan najot izlaydi? Albatta o`zga muxitdan, ko`chadan. 

Hamkorlik pedagogkasini o`qituvchining bolalar qalbini chuqur va malakali tushunchasiz 

-chmalga oshirib bo`lmaydi.  Bu borada  V. A. Suxominskiy shunday deydi:  «Bolani bilish  - bu 

asosiy nuqtadir, mazkur nuktada pedagogikaning nazariyasi va amaliyoti uyg`unlashadi, maktab 

boshqaruvini  barcha  rishtalari  tutashadi».  S.V.Kandrateva  bunday  bilishning  uch  darajasini 

ajratib  bergan  toifadagi  o`qituvchilar  ilmiy  pedagogika  yutuqlaridan  foydalanib,  o`quvchi 

shaxsini  anglab  etadilar.  Mazkur  usul  orkali  o`qituvchi  o`quvchining  xulqi  va  munosabatlari 

sababini  aniqlaydi,  ayni  paytda  xatti  -  xarakattiga  javob  ob`ektiv  baxo  beradi,  o`kuvchi  shaxsi 

imkoniyatlariga chuqur nazar sola oladi, uning kelajagini bashorat eta oladi; 

 -  O`kituvchilar  o`quvchi  shaxsi  sifatlarining  namoyon  bo`lishining  ba`zi  jixatlarinigina 

angladilar,  bu  o`kituvchilar  o`kuvchi  shaxsiga  sub`ektiv  baxo  beradilar,  asosan  fanlarni 

o`zlashtirishini e`tiborga oladilar; 

  

- O`qituvchilar faqat  xatti  xarakatning tashqi ko`rinishigina qayt edilar, uning sababi  va 



moxichtini  anglamaylilar,  o`quvchi  shaxsi  sifatlarida  beriladigan  baxoni  tashqi  intizomga 


 

 

o`zlashtirishga va oila sharoitiga bog`laydilar, o`quvchi shaxsini anglashning bu darajasida uning 



ichki dunyosini tushunishga kiziqish deyarli mavjud emas. 

O`quvchilar 

shaxsini 

tushunishning 

bu 

kabi 


ko`rishnishlari 

mavjudligini 

o`qituvchilarning o`zlari  ham  bilishadi.  Ulardan ko`pchiligi  birgina firk tarafdorlar:  o`kuvchilar 

bilan bo`ladigan aksariyat nizoning asosiy sababi - o`qituvchilarning o`quvchi yosh hususiyatlari 

va xar birining o`ziga xosligini  bilmasligi  yoki  e`tiborga  biyamasligidadir.  SHunday  bo`lsada 

o`kuvchilarni tarbiyalash ularni anglash darajasida ajratib bo`lmaydi. «Bolalarni urganish ularni 

o`qitish va tarbiyalash bilan yoitp olib boriladi, o`kitish va tarbiyalash esa ularni o`rganish orqali 

amalga oshiriladi, - pedagogikmexnatning to`laqonli yagona yo`li aynan mana shundan iborat» - 

deb  yozgan  edi  S.  M.  Rubiniyoyn.  Ta`kidlash  lozimki,  tarbiyachi  o`quvchi  shasxsini  bevosita 

o`zgartira olmay    di, balki bolaning xususiy faoliyati uchun zarur sharoit yaratib beradi, bola bu 

sharoitda  o`z  -  o`zini  tarbiyalaydi.  SHuning  uchun  ham  tarbiya  xar  doim  o`z  natijasidan  ancha 

yiroq,  shu  bilan  birgalikda  xar  doim  bir  -  biri  bilan  boglik  va  teskari  aloqadorlikda.  Demak, 

tarbiyachi  tarbiyani  amalga  oshirmaydi,  balki  u  bolani  tarbiyalaydigan  sharoitni,  faoliyatni 

tashkil etib berishi zarur. 

O`zaro  ta`sir  va  teskari  aloka.  Pedagogik  o`zaro  hamkorlikda  xar  doim  teskari 

aloqadorlik mavjud. Bu aloqadorlik o`qituvchini o`kuvchidagi xar qanday o`zgarishdan xabardor 

etib boradi. Teskari aloqa taxlili o`kituvchiga o`quvchilar bilan to`g`ri munosabat o`rnatish, ular 

bilan muloqot xarakterini o`zgaotirish imkonini beradi. Teskari aloqa qabul qilish, ularni to`g`ri 

anglab etish kabilar - o`quvchi shaxsining ayni paytdagi rivojlanish xususiyatlarini aniq ko`rish 

imkonini  ochib  beradi.  Buning  uchun  o`kituvchi  bolalarning  xar  bir  xatti  -  xarakatiga,  xulqi 

namoyon  bo`lishiga,  so`zlashishiga,  qiliqlariga  e`tiborli  bo`lishi  talab  etiladi.  Ammo  ko`p 

xollarda  o`qituvchilar  bu  kabilarni  ko`rmaydi,  eshitmaydi.  Natijada  to`g`ri  xulosa  chiqarisha 

olmaydi, ~toto`g`ri karorolar qabul qilinishiga olib keladi. Buning oqibatida o`quvchi "yopiladi" 

-  krladi,  unda  norozilik  kayfiyati  paydo  bo`ladi  yoki  o`kituvchi  ta`siriga  befarqlik  vujudga 

keladi. 

Pedagogik  jarayonda  muloqot  va  munosabat.  Muloqot  o`quvchilar  bilan  hamkorlik 

o`rnatishning vositasi sifatida 

O`qituvchining 

muloqatga 

layoqatliligi. 

O`quvchilar 

bilan 


o`zaro 

hamkorlik 

o`zrnatishning  dastlakgi  vositasi  muloqotga  kirishishdir.  Boshqacha  qilib  aytganda  o`qituvchi 

o`kuvchilarning  xulqi  va  faoliyatining  turli  xil  pedagogik  muloqot  orqali  amalga  oshiradi 

(tartibga  solib  turiladi).  Tarbiya  moxiyatiga  ko`ra  -  komunikativ  jarayondir,  ya`ni  bu  o`zagini 

muloqot tashkil etuvchi jarayondir: muloqot orqali o`kuvchilar xulqi va faloiyatini tashkil etadi, 

ularning  ishi  va  xarakatini  baxolaydi,  voqea  xodisalar  xaqida  xabar  beradi,  muammolarni  xal 

etadi, masalalarni -chuxokama kiladi, o`z kuch va imkoniyatlariga ishonch o`yg`otadi. Bola bilan 

gaplashish katta lndagilar bilan gaplashishga qaraganda ancha murakkab. SHuning uchun undagi 

ichki  qarama-qarshiliklarning  tashqi  ifodasini  to`g`ri  kabul  kilishga  o`zrganish  zarur,  aytilajak 

fikirga uning munosabatini oldindan ko`ra bila bilishga o`zrganish talab etiladi. O`qituvchining 

muloqot  madaniyati  rivojlanmaganligi  pedagogik  muloqatga  ruxan  tayyorsizligi  o`kuvchilar 

bilan  to`laqonli  munosabat  o`znatishda  jiddiy  muammolarni  keltirib  chiqaradi.  O`qituvchi 

o`quvchini yaxshi bilsa unga e`tibor ko`rsatgan bo`lsa, birog masalada yordam qo`lini cho`zgan 

bo`lsagina  uning  so`zi  kuchli  ta`sirga  ega.  Boshqacha  qilib  aytganda,  o`quvchi  bilan  aloqa  u 

bilan  birgalikdagi  faoliyati  orqali  o`rnatilgan.  Tajribasiz  o`kituvchilar  bir  narsani  unitib 

ko`yishadi: ular o`kituvchining birgina so`zi bolalarni itoatgo`ylikka o`rgatadi  - deb o`ylashadi. 

SHuning uchun tez-tez  «Tushinmadim, kanaqa bolalar bu, oddiy so`zni  tushunmaydi  ular bilan 

qanday  ishlash  mumkin?»  kabi  fikirlari  quloqka  chalinadi.  Ba`zan  o`qituvchilar  nutqida 

quyidagilarni  ham  uchratamiz  «Senga  gapirpish  befoyda,  eslataverish  jonimga  tegdi,  senda 

vijdon  bormi  o`zi?  Kallang  ishlaydimi-yo`qmi?,  sen  endi  barcha  imtiyozlardan  maxrumsan» 

kabilar. 

O`qituvchi  va  o`quvchi  o`rtasidagi  muloqat  boshlang`ich  sinflarga  qaraganda  ancha 

jonliligi bilan ahamiyatga ega. O`zaro muloqotdagi bu qaollik o`qituvchi va o`quvchilarning bir - 

biriga bo`lgan o`zaro ishonch va samimiy munosabatlari natijasida  yuzaga keladi. Bu  yoshdagi 



 

 

o`quvchilar  o`qituvchisiga  erkindirlar:  oiladagi  voqea  -  xodisalarni  xikoya  qilishadi,  tomosha 



kilgan film  va   o`qigan     qitoblari     haqida    fikrlarini     bildiradilar,    o`z    hissiyot     va   

xayojonlarini  yashirmaydilar.  Bunday  samimiy  muloqoto`qituvchiga  o`quvchi  shaxsiga  yanada 

kuchliroq  ta`sir  ko`rsatish,  uning  xulqiga  va  ta`limini  o`zlashtirishlariga  tuzatishlar  kiritish 

imkonini beradi. 

O`rta  sinflarga  kelib,  o`qituvchi  -  o`kuvchi  muloqati  xarakteri  birmuncha  o`zgaradi: 

o`quvchi  bir  paytning  o`zida  bir  necha  fan  o`qituvchilari  bilan  o`zaro  munosabatiga  kirishadi. 

Uqituvchilar  uni  yaxshi  bilmaydi,  unga  munosati  o`quv  fanini  o`zlashtirishi  va  xatti  -  xarakati 

hamda xulqiga qarab qaror topadi. 

Muloqot  jarayonida  o`quvchi  nafaqat  o`quv  fani  mazmunini  o`zlashtiradi,  balki 

o`kituvchiga  bo`lgan  munosabatini  ham  shakillantirib  boradi.  Bu  xolat  o`spirin  yoshdagi 

o`kuvchilar  uchun  shaxsiy  muloqot  ko`nikmalari  shakillanib  borayotgan  bir  davrda  yanada 

ahamiyatliroqdir.  Bu  davrdagi  muloqot  samarasi  o`kuvchining  tanbex  va  tanqidlarini  qabul 

qilishi  va  shunga  yarasha  javob  qaytarishga  bevosita  bog`liq.  Ammo  o`kituvchi  xar  doim  xam 

bunday tayyogarlik mavjudligini e`tiborga olmasdan, o`quvchiga erkin ta`sir o`tkazib boshlaydi. 

Okibatda  kutilmagan  natijaga  erishiladi:  o`quvchi  o`qituvchini  tushunmaydi,  o`zaro  samarali 

muloqot ishtirokchisiga aylanmaydi. 

Munosabat  va  muloqot.  Ukuvchilarning  ko`plab  xatti  -  xarakatlari  va  xulqidagi 

o`zgarishlar,  ta`lim  olishga  va  mexnatga  bo`lgan  intilishlari  ko`p  jixatdan  o`qituvchining 

o`quvchilarga bildirayotgan munosabatlari xarakteri va mazmuniga bog`liq. 

Uqituvchining  o`quvchilarga  munosabati  ular  bilan  bo`ladigan  o`zaro  muloqotda  namoyon 

bo`ladi.  Odatda  bu  munosabatlar  ma`lum  qoidalarga  asoslanadi.  Ma`lumki,  o`qituvchining 

o`quvchilarga  munosabatini  bolaning  tartibliligi  va  tashqi  qiyofasi  ko`rinish,darsdagi 

muvaffaqiyatlari va intizomliligi belgilarini beradi. 

CHiroyli  va  yoqimli  bola  doim  atrofdagilar  e`tiborini  o`ziga  tortadi.  Bu  asosan  ayol  -

o`qituvchilar  uchun  xarakterli.  Bolaning  o`kishdagi  muvaffaqiyatlari  o`qituvchiga  o`z 

mexnatidan  qoniqish  xissini  beradi.  O`quv  fani  yuzasidan  hamfikrni  topganligidan  quvonadi, 

kasbiy oyoqqa turganligiga ishonch xosil qiladi, o`quvchilarga ta`sir ko`rsatish qobiliyatiga ega 

ekanligiga ishonch o`yg`otadi. 

O`kituvchining  o`kuvchilarni  kabul  qilishi  taxlil  qilish  asosida  o`kuvchilarni  to`rt 

guruxga ajratish masalan: 

Birinchi guruxga - o`qutuvchi talabylarni o`z vaqtida bajaruvchi, yaxshi o`zlashtariuvchi, 

pedagogik  jarayonda  faol  ishtirok  etiuvchi  o`kuvchilarni  kiritish  mumkin.  Ular  bilan  aloqa 

o`quvchiga  quvonch  bag`ishlaydi,  darsdan  tashqari  faoliyatda  ham  ular  bilan  ishlash  yoqimli. 

Ularning ota onalari tez - tez maktabga kelib turishadi, o`kutuvchi bilan masalalarni muxokama 

kiladi, uning topshiriqlarni bajaradi, ular ota - onalar qo`mitasining faol a`zolari. O`quvchi bilan 

keng  qamrovli  munosabatda  bo`lishi  uni  yanada  chuqurroq  o`rganish  va  unga  yanada 

samaraliroq  _ta`sir  ko`rsatish  imkoniyatlarini  yaratadi.  Bunday  bolalar  pedpgogik  jarayonda  va 

o`qituvchi  bilan  uloqatda  erkindirlar,  o`zlarini  g`amxo`rlar  va  yaxshi  insonlar  darajasida 

sezadilar. 

Mazkur  guruxga  o`qituvchi  bolalari,  qarindoshlar"oilasidagi  bolalar,  o`qituvchini  sevib 

qolganlar  kiradi.  Bu  munosabatlarda  o`qituvchi  bilan  ziddiyatlar  deyarli  yuzaga  kelmaydi, 

yuzaga kelsa ham o`qituvchi buni "boshqalar ta`sirida" paydo bo`lganlagiga ishonadi. 

Ikkinchi  guruxni  bosiq,  vazmin  bolalar  tashkil  etadi.  Bu  toifadagi  bolalar  maktab 

hayotida  bo`layotgan  voqea  hodisalarga,  tengdoshlarining  xatta  -xarakatiga  befarq  qaraydilar. 

Ular asosan bu voqealar ishtirokchisi emas, balki tomoshabinidirlar. Ularning o`qiutvchilar bilan 

o`zaro  munosabati  dars  jarayonidagi  muloqot  bilan  chegaralanadi,  darsdagi  yaxshi 

o`zlashtirishlar o`kutuvchida uning porloq kelajagidagi fikrni paydo qidadi, haqiqatda esa shaxs 

yo`nalganligi, kadriyatlar shakillanishi o`qituvchining ta`sirida emas, balki oila tarbiyanatijasida, 

ba`zan  tasodiflar  oqibatida  (kitob,  film  o`rtoqlari  ta`siri)  shakillanib  boradi.  Bu  toifadagi 

bolalardan  ijtimoi  passiv  va  jamiyatda  bo`ladigan  voqea  xodisalarga  loqayd  kishilar  ulg`ayadi: 




 

 

odamovilar,  o`zini  sevuvchilar  "ichmdan  toplar),  maktabda  ular  bilan  rasmiy,  baho  beruvchi 



xarakterda - bunday munosabatda pedagogik jarayonning xar ikkala tomonini ham qoniqtiradi. 

Uchinchi  gurux  -  o`zgalar  ta`siriga  engil  beriluvchan  bolalarni  kiritish  mumkin.  Ular 

asosan kuchli ta`sirga ega tengdoshlari doirasida xarakatlanadilar. Bu toifadagilar noo`rin xatta -

xarakatlar  uchun  o`qituvchidan  kechirim  so`rashga,  xar  qanday  topshiriqlarni  bajarishga  doim 

tayyor.  SHuning  uchun  ular  bilan  o`qituvchi  munosabati  ziddiyatlar  darajasiga  etib  bormaydi. 

Nega  ketar  ekanman?  -  qo`pollashdi  Xalil  -Unda  men  ketaman  -  dedi  o`qituvchi  va  kitob 

jurnalini olib chiqib ketdi. 

Bu  xolatda  o`kuvchi  nafaqat  o`quvchini  xaqoratiladi,  balki  uning  ota  -  onasini  ham 

barchaning guvoxligida haqoratladi va shunga yarasha javobga ega bo`ldi. 

Muloqot  jarayonidagi  «zarbalar  almashinuvi»  pedagogik  nizolarning  nisbatan  keng 

tarkalgan sababidir. 

Guvohlik.  Uqituvchining  tanqid  va  tanbexiga  uquvchining  »sunosabatini  kimlarning 

guvoxligida  qilayotganligiga  bog`liq.  Ayniqsa  kichik  sinf  o`quvchilar  guvohligida  o`ziga 

nisbatan qo`pol munosabatni xech ham qabul qila olmaydi. 

O`qituvchining  qo`polligi  va  so`zlashuv  taktini  buzishi  o`smir  bilan  nizoga  olib  keladi, 

pedagogik  jarayon  samaradorligiga  putur  etkazadi,  boshqa  o`qituvchilar  bilan  munosabatiga 

hams  salbiy  ta`sir  ko`rsatadi.  SHuning  uchun  bu  toifadagi  o`smirlarni  o`qituvchilar  bilan 

yangicha munosabatlar tizimiga kiritish muxum ahamyatga ega. 

O`qituvchining o`quvchilarga murojat shakillari. 

O`quvchilarga  keng  qarovli  ta`sir  ko`rsatib  berishi  hamda  uzoq  muddat  ularni  o`z 

ta`sirida  ushlab  turishi  uning  o`kituvchi  ko`plab  murojat  shakillari  egallagan  bo`lishi  muhum 

pedagogik ahamiyatga ega. Unga quyidagilar kiradi: 

a) 

shaxsiy  ishonch  murojati:  «men  sizlarga  ishonaman»,  «sen  menga  ko`p  narsada 



yordam  beraolasan,  bu  sen  uchun  umuman  qiyin  emas»,  «men  senga  tashakkur  bildirar  edim, 

meningiltimosimni bajarasan», va xakozolar. Asosan bunday murojat o`spirinlar va yuqori sinf 

o`kuvchilari  ishlasho`da  qo`l  keladi.  Bunday  murojat  ularda  udarda^kattalar  bilan  tenglikka 

hamkorlik qilish ehtiyojini paydo qiladi. 

b) 

hissiy - shaxsiy munosabat:  «bugun barchamiz charchadik,oltinchi soat ketayapti 



birimizni  avaylaylik»,  «bilaman  bugun  sizlarda  matematikadan  oraliq  nazorat  o`tkazildi: 

charchagansiz,  kiyin  bo`lmadimi?  Bugun  darsimizni  boshkacha,  biroz  qiziqarlirok  tashkil 

etamiz, men sizdardan so`ramayman», va hokazolar. Bunday munosabatni o`zaro tushinishni, bir 

- biriniavaylash xissini paydo qiladi. Bu erda eng muhum - xissiyotlar uyg`unligini va o`zaro bir 

- birigahurmatni tarkib topdiradi. Buni aloxida o`quvchiga nisbatan ham qo`llash mumkin. 

v) 


rasmiy  murojat:  «barcha  o`z  ishi  bilan  mashg`ul  bo`lsin»,  «xalaqt  berilmasin», 

«Kim  qo`shimcha  qiladi»,  «takliflar  bormi».  O`quvchilar  bilan  o`zaro  munosabatda 

o`qituvchiinig tutgan o`rni. 

O`quvchilar  bilan  o`zoro  munosabatda  o`kituvchining  tutgan  o`rni  ko`p  jixatdan  uning 

muloqat  giliga  bog`liq.  Pedagogik  foaliyatda  o`qituvchi  muloqati  turining  ko`yidagi  shakillari 

mavjud:  

1.«Qattiq intizom» ni talab qiluvchi munosabat. Bu o`rinda o`kituvchi sinif bilan birinchi 

tanishuvidanok avtoritar uslubda ish boshlaydi va bu keyingi foaliyatda mustaxkamlanib qoladi. 

Mazkur munosabatda o`kituvchini o`quvchilarning ruxiy hususiyatlari va holati kam qiziqtiradi. 

Pedagogik ta`sir darsdagi qattik intizom va fai orqali amalga oshiriladi. Kichik xato uchun ham 

«ikki»  «o`kuvchilarga  erkinlik  bermang,  shunda  nizo  ham  bo`lmaydi»  -  bu  shu  toifadagi 

o`kituvchilar fikri. O`qituvchi bu usul orkali o`zlashtirish va tartib - intizomga erishadi. 

Bu  toifadagi  o`qituvchilar  doirasi  faqat  yaxshi  o`zlashtiruchi,  kobilyatli  o`kuvchilargina 

faol.  Kuchsiz  o`quvchilar  esa  o`z  muammo  va  qiyinchiliklarini  yashirishga  urinadilar,  ular 

o`qituvchiga to`liq itoatgo`y. Sinifda o`rnatilgan bunday tartib o`zgacha munosabatga o`rgatgan 

o`kuvchi kelishi bilan buzulishi mumkin. 

2. «Tartibni chidamlilik bilan kutish» ni talab qiliuvchi munosabat. Bu munosabat usuliga 

shaxsiy - tanlash xarakteri xos. Bu o`z faniga berilgan va o`quvchilarni ham kiziqtirishga xarakat 




 

 

qilayotgan  o`qtuvchilar  faoliyatida  ko`plab  uchroaydi.  U  asosan  endigina  ish  boshlayotgan 



o`kituvchilarga  xos  bu  vaziyatda  sinfdagi  tartib  intizom  o`rnatishni  material  mazmuniga  yoki 

o`qituvchi  shaxsiga  qiziqqan  bir  yoki  bir  gurux  o`kuvchilar  o`z  zimmasiga  oladi.  O`kituvchi 

uzok  muddat  bolalar  bilan  tanishishini    chidamlilik  bilan  kuta  oladi,  u  o`zini  shaxs  sifatida 

ko`rsatish  tarafdori  va  oxir  -  okibat  o`quvchilarni  o`ziga  ag`dara  oladi,  o`kuvchilar  uni  xurmat 

qiladi, e`zozlaydi, unga intiladi, u bilan vaqit maroqli. 

Bu  toifadagi  o`qituvchilar  o`quvchilar  bilan  «ochiq»  munosabat  istaydi,  o`z  faniga 

qiziqtirish orqali ular bilan hamkorlik o`rnatish tarafdori. Ammo bu jarayon uzok muddat ta`lab 

kiladi, o`kituvchidan chidamlilikni va xatto jasoratni talab kiladi. 

3.«O`quvchilardan  xafa  bo`lish».  Bu  toifadagi  o`qituvchilar  uchun  ishdan 

charchaganlikka o`kuvchilardan norozilik kayfiyati mavjud. Ular doim shikoyat bilan yurishadi. 

O`qituvchining  bunday  o`zini  tutushi  o`zaro  munosabatlarda  hissiy  vaziyatga  aloqadorlik 

munosabatini tarkib topdirdi. Bu o`qituvchi bolalar tabassumi xulqi g`ashini keltiradi, to`satdan 

tanbex beradi, xafa-kinoyali oxangda so`zlashadi, ba`zan baqir xolati ham uchrab turadi. Darsda 

ruhiy  zo`riqish  xolatixukmron:  o`kuvchilar  fikri  bir  joyga  jamlanmagan,  ularning  xar  biri 

o`qituvchi  tanbexi  va  tanqididan  ximoyalangan  emas.  Bu  xolat  o`qituvchi  sog`ligiga  putur 

etkazadi,  o`quvchilarga  qo`pol  munosabatda  bo`lishiga  olib  keladi.  (str  -33)  o`qituvchining 

bunday  munosabatini  oqlab  bo`lmaydi.  U  barchasida  o`quvchilarni  aybdor  hisoblaydi, 

o`quvchilardan 

xurmat 

va 


muxabbat 

talab 


kiladi, 

ammo  evaziga  ommoviy  norozilikka  duch  keladi.  U  o`z  murojatida  tez  —  tez  ta`na,  do`k  – 

po`pisa usullaridan foydalanadi, bu esa o`z o`rnida murakkab vaziyatlarni yuzaga keltiradi. 

4.«Hamkorlik».  Bu  munosabat  zamirida  o`quvchilar  shaxsini  yaxshi  bilish,  ma`lum 

~muvaffaqiyatsizliklarga      va      o`kuvchilar      xulqidagi      nuksonlarga      chidamlilik      yotadi.   

Bunday munosabatlar o`kuvchida o`ziga va o`qituvchiga ishonch uyg`otadi, jazolansa - qarshilik 

ko`rsatmaydi.  Uqituvchi  o`quvchilarga  muntazzam  qiziqadi,  u  o`quvchilarda  barcha  ichki 

karama  -  qarshiliklarni  va  murakkab  turli  oilaviy  sharoitlarda  ulg`ayib  borayotgan  va  shaxs 

sifatida shakillanib borayotgan shaxsmlarni ko`ra biladi. 

1.3 O`zaro pedagogik ta`sirini tashkil etish muammolari 

O`kuvchilarga  pedagogik  ta`sir  ko`rsatish  jarayonida  o`kituvchi  ham  ob`ektiv  ham 

sub`etiv qiyinchilarga duch keladi. 

Pedagogik  faoliyatda  o`kituvchi  va  o`quvchi  o`rtasidagi  o`zaro  munosabatni  o`rnatish 

boshqa  o`kuvchilar  guvoxligida  amalga  oshadi.  O`kuvchilar  o`qituvchidan  aqilli  fikrni  kutadi, 

yuzaga  keladigan  baxs  munozaralarni  xal  etishni  xoxlaydi,  vaziyatga  to`g`ri  baho  beradi  deb 

o`ylaydi,  absizni  xafa  qilmaydi,  aybdorni  tushinadi  deb  umid  qiladi.  To`g`ri  karor  qabul 

qilinganda  -buni  tabiiy  qabul  qiladilar:  «axir  u  o`kituvchida!»  adolatsiz  qaror  qabul  qilinish 

bolalarcha  qarshilikka  uchraydi,  muxokama  uchun  mavzu  paydo  bo`ladi,  ota  -  onasiga  aytib 

boradi  va  bularning  oqibatida  o`qituvchi  maqomiga  putur  etadi.  Mazkur  baho  ancha  paytgacha 

o`qituvchi maqomini, o`zaro ^unosabatlar xarakterini, pedagogik ta`sir kuchini belgilab beradi. 

O`qituvchi  o`z  vaqtida  bexato  munosabat  bildirishi  talab  kilinadi.  Buning  uchun 

o`kituvchi  o`za  paytningn  o`zida  bolalar  guvohligida  qat`iy  qaoror  qabul  qilishi  yoki  vaziyatni 

murakkablashtirmaslik  uchun  payt  kutish  afzalligini  aniqlay  bilishi  zarur.  Xar  bir  o`quvchi 

o`qituvchi  bilan  ular  o`rtasidagi  o`zaro  munosabatlar  xarakteriga  qarab  xarakterlanadi. 

O`qituvchining  munosabati  o`quvchi  xulq  atvorini  belgilab  turadi.  Agar  u  o`qituvchini  xurmat 

qilsa,  xar  qanday  qilimqlavrdan  o`zini  tiyadi  va  aksincha,  o`kituvchi  o`quvchida  xurmat  va 

muhabbat  qozonsagan  bo`lsa,  qo`ngliga  kelgan  xarakatni  amalga  oshiradi,  xatto  o`qituvchi 

g`ashtga  tegish  uchun  ham  ataylab  qiliqlar  chiqaradi.  Boshqacha  kilib  aytganda,  agar 

o`quvchidan  atrofdagilar  (o`qituvchi)  yaxshi  narsani  kutmayotgan  bo`lsa,  bunda  o`kuvchining 

ichki tuygusida o`zini tiyish yoki saqlanish mumki emas. 

O`qituvchi  o`z  faoliyatida  hayoliy  tajribavlarga  asosalanib,  o`quvchilar  tomonidan  iliq 

kutib olinishiga ruxan tayyorligi katta o`rin egallaydi.  Bunga asoslangan o`qituvchi o`kuvchilar 

bilan faqat ma`lum xatti - xarakatlarnigina kutadi. Amalda esa boshqacha xolat. Kutganlar bilan 

amaldagilarning  bir  xilda  emasligi  o`quvchini  tashvishga  soladi,  orzusi  ushalmaydi,  to`satdan 




 

 

paydo  bo`lgan  vaziyatlaga  tayyor  emasliga  xolatlar  o`qituvchi  chorasiz  kilib  qo`yadi: 



kutilayotgan  o`zarish  murakkab.  Bu        o`qituvchi  g`azabini  keltiradi,  u  hammasini  o`zi 

o`ylaganidek  qilishga  urinadi,  kattiq  qorlaydi,  tanqid  qilinadi,  xafaligini  ko`rsatadi,  mavjud 

vaziyatni  o`zgartirishga  urinadi.  Javob  tariqasida  itoatkorlik  emas,  balki  qarshilikni,  xato, 

qo`pollikni oladi. 

O`zaro  pedagogik  ta`sirn  kursatishni  o`qituvchi  o`quvchining  bildirajak  munosabatini 

oldindan ko`ra bilishi muhum amalda esa boshqacha, aksariyat xollarda, ko`pgina o`qituvchilar: 

«men  o`qitaman,  sen  esa  o`qiysan»  qoidasiga  rioya  qiladi  va  shunga  asoslangan  munosabat 

bildiradi. Natijada o`qituvchi boshqa o`kuvchilar guvoxligida o`quvchi bilan aloqasini tiklashga 

xarakt  qiladi.  Bu  kabi  urinishlar  qancha  bo`lmasin,  pedagogik  jarayonda  bajaradigan  o`zaro 

rollar kanchalik aniqlanib borlmasin erta yoki kech munosabatlar o`zgacha tus oladi: o`qituvchi 

o`quvchilarni  kanday  bo`lsa  shundayligicha  qabul  qiladi,  ko`plavb  omillar  tav`siridagi  hulk 

o`zgarishlarini tushinadi va e`tiborga oladi. 

Pedagogik faoliyat mohiyati 

O`qituvchi  uning  xarakatlariga  befarq  bo`lmaganlar  guvoxligida  qaror  qabul  qiladi. 

Guvoxlar  esa  —  o`kuvchilardir.  Bu  vaziyatda  pedagogik  faoliyat  moxiyatining  ikki  qatlami 

mavjud  o`zi  uchun  moxiyat»  va  «o`zgalar  uchun  moxiyat»,  ular  xar  doim  ham  ishtirokchilar 

tomonidan bir xil qabul qilinavermaydi. 

Dars  jarayonida  o`qituvchi  o`zining  xar  bir  xatti  -  xarakati  va  so`zini  o`zi  uchungina 

ahamiyatli  deb  hisoblamasdan,  jarayon  ishtirokchilari  uni  qanday  qabul  qimlayotganligini  ham 

qayt etib borishi ahamiyatli. Buning uchun u o`zini o`quvchilar o`rniga qo`yib ko`rsin, tasavvur 

etsin,  masalan  tanbexni  shunday  ifodalash  zarurki,  u  boshqalar  uchun  adolatli  qaror  sifatida 

qabul  qilinsin,  umumiy  ish  tartibiga  xalaqit  bermasin.  Bu  o`qituvchi  pedagogik  faoliyatining 

murakkab tomonidir, murakkabligi shundaki go`yo uning faoliyati ikki yoqlama: bir tomonldan 

o`quv dasturini boshlashga qaratilgan faoliyat, ammo ikkinchi tomondan atrofdagilarning kanday 

kabul  qilishini  tassavur  etish.  Uquvchilarnimng  ishtiroki  o`qituvchidan  qabul  qilinadigan 

qarorning  to`griligini  talab  qiladi.  Uqituvchi  uchun  to`g`ri  hisoblangan  qaror  o`quvchilar 

tomonidan  adolatsiz  qaror  sifatida  qabul  qilinadi  va  natijada  o`zaro  munosabatlarni 

keskinlashtiradi. 

Qabul  qilinadigan  qarorga  o`quvchilar  munosabatini  bilish  o`qituvchi  uchun  muhum. 

Muhumligi shundaki, u o`zoro munosabatlarning keyingi bosqichini belgilab beradi. O`qituvchi 

tanbexi  o`kuvchilarning  katta  qismi  tomonidan  sukut  bilan  ma`qullansa,  bu  qaror  qilingan 

hisoblanadi. 

O`qituvchi  va  o`quvchi  o`rtasidagi  o`zoro  munosabat  sinf  guvoxligida  erkinligi  ma`lum 

a`noda  chegaralangan,  shaxsiy  munosabatlar  to`liqligiga  ifodalanmaydi,  o`qituvchi  tavakkaldan 

cho`chimaydi, talab doirasidan chiqmaslikka xarakat qiladi. Bolalar bunga o`rganishgan. 

O`qituvchi va o`quvchining ijtimoiy roli o`zlikni ifodalashning turli darajalarida amalga 

oshadi. Masalan, o`qituvchi o`zini turli ko`rinishda ifodalaydi, o`z munosabatini turli shakillarda 

ko`rsatadi.  O`kuvchi  esa  unday  erkin  emas,  o`qituvchini  qabul  qilishga  majbur,  itoatgo`yrok, 

xatto  ichki  norozilik  mavjud  bo`lsa  ham  bu  jarayonning  murakkabligi  shundaki,  u  maktabdan 

tashqari joylarda butunlay o`zgacha. 

O`qituvchi  yoshi  va  mustaqilligi  qancha  ulg`aysa,  uning  muloqot  va  faloiyat  doirasi 

shunsa  kengayadi,  shaxsiy  xayot  tajribasi  shuncha  keng.  Bularning  barchasi  o`qituvchi  bilan 

munosabatlar qiyinchiligiga olib keladi. SHuning uchun u bilan muloqot Avvalida uning xayoti 

tajribasini hisobga olish va pedpgogik ta`sirga munosabatini bashorat qilish foydali. Bu yoshdagi 

bolalar (mustaqil, «murakkab») tankid va xaqorat o`ta sezgirdirlar. Ular o`ziga baxo berishini va 

ximoyalanishini  biladilar.  O`qituvchi  bahosi  bilan  o`zini  baxolash  o`rtasidagi  tafavut  -  oldida 

kutilayotgan murakkab pedagogik vaziyatlarning asosiy sababidir. 

O`qituvchi  xatti  -  xarakati  va  xulqidagi  xar  qanday  mustaqillikning  namoyon  bo`lishi  -

ulg`ayib  borayotgan  kishining  tabiiy  extiyojidir.  Mustaqillikning  xar  qanday  ko`rinishi 

tengdoshlari  tomonidan  qadrlanadi,  ular  yashirincha  havas  qiladilar  xatto  u  jazo  olayotgan 

paytda  ham.  O`qituvchi  o`spirindagi  xar  qanday  mustaqi  o`zgarishni,  so`zlashishini,  o`zini 



 

 

tutishini  qayt  etib  borishi  lozim.  Bularning  barchasi  zudlik  bilan  qaror  kabul  qilish  taqqazo 



etilganda  asq  otadi.  Yukoridagilarni  hisobga  olmaslik  o`kituvchi  munosabatining  noo`rinligiga 

olib  keladi  va  oqibatda  o`zaro  munosabatlar  yananada  keskinlashadi.  Bundan  tashqari 

o`qituvchining 

o`zaro 


muloqotdagi 

uquvsizligi, 

o`quvchiga 

pedpgogik 

ta`sir 

etish 


variyantlarining mavjud emasligiga, shakillanib ulgurgan xarakatlarini amalga oshirishga extiyoj 

tug`diradi.  Tabiiyki  ular  bolalarni  kam  kiziktirdi.  Tanbex  va  ta`nalarni  ifodalashda  o`qituvchi 

xissiy  yoqtirmaslik  oxangida  gapiradi  va  ular  kam  mazmun  moxiyatga  ega:  «ahmoqana 

savollaring  bilan  jonimga  tegib  ketting»,  «kimga  dars  qizikarli  bo`lmasa,  bemalol  chiqib 

ketaversin», «sen o`zing ishlamayapsan boshqalarga xalaqit berma». 

O`kituvchining to`g`ri karor qabul qilishi uchun xalaqit berayotgan birgina faktning o`zi 

kamlik  qiladi.  Buning  uchun  xalaqid  berish  moxiyatining  anglash  va  uni  to`g`ri  taxlil  kilish 

zarur.  Bolalar  buning  mohiyatini  yaxshi  bilishadi,  sababi  ularga  ayon,  ammo  ular  odatda  sukut 

saqlaydi,  biron  narsani  tushintirishga  urinish  va  aniqlik  kiritishga  xarakatlar  o`qituvchi 

tomonidan  oikor  etiladi  («o`zim  xal  qilaman»,  «hammasini  bilaman»  kabi).  Bu  kabi  qator 

xatoliklar  va  yangi  ma`lumotlarni  kabul  qilmaslik  o`qituvchi  ongida  shakillanib  ulgurgan 

steoritiplariga  zid.  O`quvchilar  esa  ayna  paytda  voqea  davomini  diqqat  bilan  kuzatib  turishadi, 

o`qituvchidan adolatli  qaror kutishmoqda. 

Dars jarayonida tartib o`rnatish yaxshi xissiy ishchan kayfiyatni yuzaga keltirish - xar bir 

o`qituvchi uchun murakkab vazifa. Tartibni buzuvchi, ish jarayoniga xalakid beruvchi o`quvchi 

xar  doim  topiladi.  Pedagogik  ziddiyat  va  nizolarni  yuzaga  keltiruvchi  ob`ektiv  sabablarga 

quyidagilarni kiritish mumkun: 

  o`quvchilarning toliqishi; 



  oldingi darsdagi nizolar; 

  xal kiluvchi nazorat ishlari; 



  tanaffusdagi tortishuv; 

  o`qituvchi kayfiyati; 



  dars jarayonini tashkil etishda o`kituvchi ukuvsizligi; 

  soglik va shaxsiy sifatlar;  



Ba`zan  u  yoki  bu  o`kuvchiga  o`qituvchi  munosabati  dastlabgi  uchrashuvgacha  tarkib 

topishga  ulguradi:  o`quvchining  tanaffusdagi  xulqiga  guvox  bo`lish,  ma`lumotlar  asosida  va 

xokazo. Uquvchi ham bo`lib o`tgan vokealar ta`siridan qutilishga ulgurgancha yo`q: yoki darsga 

tayyor  emas,  yoki  muxokamani  davom  ettirayapti,  o`qituvchi  tanbexiga  e`tiborsiz,  qarshilik 

ko`rsatadi, boshqalarga -xalaqit beradi. Aksariyat xollarda bu xolat o`qituvchining e`tirozli so`zi 

bilan  yakun  topadi:  .chiqib  ket,  menga  xaklaqit  berma,  men  sening  injiqliklaringni 

ko`taraolmayman ota - onang bilan kelasan». 

Ukuvchi ulg`aymokda uning mustaqillik darajasi borgan sari kengayib bormoqda, u turli 

xil  munosabatlar  tizimiga  kirib  bormoqda.  Bulaning  barchasi  ta`sirida  o`kuvchida  o`zaro 

munosabatlar  borasida  ma`lum  tajribalar  to`planib  boradi.  Bu  tajribalar  o`qituvchi  bilan  o`zaro 

munosabatlarda  ham  o`z  aksini  topadi.  SHuning  uchun  o`qituvchi  xar  doim  o`quvchi  bilan 

yangicha munosabatlar o`rnatish tashabbuskori bo`lishi zarur. 

Pedagogik  faoliyatning  son  -  sanoqsiz  qiyinchiliklari  aynan  mana  shu  bilan  bog`liq. 

Bularning oqibatida o`qituvchida domiy toliqish, ruhiy zo`riqish kuzatiladi. 

 


Yüklə 374,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin