O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi



Yüklə 374,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix29.12.2021
ölçüsü374,54 Kb.
#48429
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
pedagogik konfiliktologiya fanidan

Savol va topshiriqlar 

1. Pedagogik vaziyatlar va nizolar xususiyati ko`rsating 

2. Pedagogik vaziyat va nizo turlarini sanab bering 

3. Faoliat bilan bog`liq  vaziyatlar va nizolarni aytib bering 

4. Hulq (Hatti-harakat) bilan bog`liq  vaziyat va nizolar sanab bering 



 

 

Adabiyotlar 

1. Karimov I.A. ―Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori‖.-T, ―SHarq‖, 1998 y. 

2.Voronin G.L. Konfliktы v shkole. Sosiologicheskie issledovaniya №3,  1994 g. 

3.Liseskiy 

K.S. 


Preduprejdenie 

mejlichnostnыx 

konfliktov 

sisteme 



otnosheniy 

starsheklassnikov A/R dissertasii M., 1994. 

4.Rыbakova M.M.  Konflikt i vzaimodeystvie v pedagogicheskom prosesse. – M.: Prosveщenie, 

1991. 


5.Podlasыy I.P. Pedagogika. – M.: Vlados, 2003. y. 

 

PeDAGOGIKAVAZIYATLAR VA NIZOLAR XUSUSIYATI 



O`kituvchi o`kuvchilar bilan o`zaro munosabatni pedagogika vaziyatlarni xal kilish orqali 

o`rnatadi.  "Pedagogika"  vaziyat"-  bu  o`quv  guruhidagi  murakkab  munosabatlar  va  o`quvchilar 

o`zaro munosabatlarining murakkab tizimi bo`lib, o`quvchilarga ta`sir etishda e`tiborga oladigan 

real  xolatdir"-  deb  izoh beradi  N.V.Kuzmina  (Psixologiya-proizvodstvu  i  vospitaniyu.-L.1977,-

S.212).  Pedagogika'  jarayonda  o`qituvchi  oldida  turadigan  biriichi  galdagi  vazifa  o`kuvchilar 

faoliyatini boshqarishdir. Uni oqilona boshqarish uchun o`qituvchi o`quvchi nuqtai nazarini anik 

bilishi,  uning  fikrini  tasavvur  eta  bilishi,  tushunishi,  o`kuvchining  sezishi  yuzaga  kelgan 

vaziyatni  kanday  idrok  etayotganligini  bilishi  zarur.  Pedagogika  vaziyatda  o`qituvchi 

o`quvchining  aniq  xatti-harakati  yuzasidan  aloqa  o`rnatadi.  Pedagogika  vaziyat  murakkab  va 

oddiy bo`lishi mumkin. Murakkab vaziyatlar o`kuvchining hech qanday qarshiligisiz maktabdagi 

faoliyatini boshkarish orqali hal qiladi. O`quv kuni davomida o`qituvchi o`quvchilar bilan keng 

qamrovli munosabatlar o`rnatib boradi. Natijalarni to`htatadi, kelishmovchiliklarni bartaraf etadi, 

bir-biriga yordamga undaydi, suxbatlariga aralashadi va hokazo. 

Murakkab  vaziyatlarda  o`qituvchi  va  o`kuvchining  xissiy  holati  tomonlar  o`rtasidagi 

unosabatlar xarakteri, guvoh o`kuvchilar ta`siri muhim rol o`ynaydi. Pedagogika vaziyatlarni hal 

qilishda  o`qituvchi  hatti-harakatini  asosan  uning  o`quvchilarga  ginasi  belgilaydi.  Bu  o`rinda 

o`kituvchida ziddiyatdan golib chiqish istagi namoyon bo`ladi. Uqituvchi o`kuvchini unutgan u 

bilan  qizikmaydi,  bu  holat  o`quvchida  norozilik  kayfiyatini  keltirib  chiqaradi,  natijada  vaziyat 

yanada murakkablashadi.  Pedagogika faoliyatidagi  nizolar asosan o`qituvchining o`z o`rnini va 

mavkesini  o`rnatishga  intilish  hamda  o`kuvchining  adolatsiz  jazolanishiga  karshilik  ko`rsatish 

sifatida namoyon bo`ladi. Uquvchiga har kuni maktab ichki intizom tartib-qoidalarini muntazam 

bajarish  va  o`qituvchining  darsdagi  va  tanaffusdagi  talablarini  so`zsiz  bajarishi  qiyin.  SHuning 

uchun  umumiy  tartibni  qay  joydadir  buzushi  tabiiy:  Ahir  bolaning  maktabdagi  hayoti  faqat 

o`qishdan iborat emas, bu erda tortishuvlar, hafachiliklar, kayfiyat o`zgarib turishi aniq. 

O`kuvchining  ayni  paytda  hatti-harakati  va  hulqiga  to`gri  baho  berish  orqali  o`qituvchi 

nazoratni o`z qo`liga oladi va tartib o`rnatadi. Vaziyatga baho berishdagi shashqaloqlik hatolikka 

olib keladi. Uquvchilarda norozilik paydo bo`ladi va oqibatda pedagogik vaziyat nizo darajasiga 

ko`chadi. 

"Har doimgidek maktabda oy  oxiridagi umumiy  yigilish bormokda.  To`satdan  10 sinf 

o`quvchisi  Ravshanning  qizlarga  qilgan  tegajoqligi  tanqid  kilindi.  Bu  katta  intizomsizlik  emas, 

uning  ustiga  yig`ilishgacha  Ravshanning  o`ziga  aytilmagan  edi.  Ravshan  o`rtaga  chiqarildi  va 

qizlar bilan  bir  hafta  navbatchilik  qilish  jazo   sifatida  berildi.   Urtaga   chiqarish   bir  jazo, 

navbatchilar  katoriga  ham  kiritish  ikkinchi  jazo.  Qizlar  va  o`qituvchilar  kulib  yuborishdi. 

Ravshan jazodan va tengdoshlari munosabatlaridan qattiq  tashvishga tushdi.  U tartibli, sportchi 

va sinf hamda maktabda mavqega ega o`kuvchi edi. 



 

 

Darsdan so`ng yuqori sinf o`quvchilari uchun yig`ilish tashkil etildi. Yig`ilishda maktab 



direktori a`lochi va jamoatchi o`quvchilarga faxriy yorliqlar tarqatdi. Ravshan ham faxriy yorliq 

bilan  taqdirlandi,  ammo  direktor  uni  takdirlash  chog`ida  yana  bir  marta  intizomsizlik  va 

axloqsizlikda tana qildi. Ravshan faxriy yorlikni olishga chiqmadi. Uni sinfdoshlari buni qarsak 

bilan  karshiladi.  SHunda  direktor  10  sinf  o`quvchilarini  tartibsiz  va  hurmatsizlikda  ayibladi. 

Oqibatda  bir-biriga  karshi  ikki  guruh  yuzaga  keldi  nizo  chuqurlashdi".  Mazkur  vaziyatda 

direktor  harakatini  tushunish  kiyin.  Uning  harakati  qarori  oddiy  vaziyatni  nizo  darajasiga  olib 

keldi.  Bu  esa  o`z  o`rnida  barcha  o`kuvchilarning  tarbiyaviy  ishida  muammolarni  keltirib 

chiqarishi tayin. 

Pedagogik  faoliyatda  vaziyat  va  nizolar  o`rtasidagi  aniq  chegara  mavjud  emas.  CHunki 

o`kuvchilar  xar  doim  ham  o`z  munosabatlarini  ochiq  ifodalayvermaydi,  o`zlarini  haq 

hisoblayveradilar.  Diplomli  o`qituvchi  go`yo  o`kuvchilar  bilan  o`zaro  munosabatlarda  o`zini 

doim  hak  hisoblaydilar,  o`z  bilganida  mahkam  turib  oladilar.  Pedagogik  faoliyatidagi  nizolar 

o`kituvchi  va  o`kuvchilar  o`rtasidagi  munosabatlar  tizimiga  uzok  muddatli  putur  etkazadi, 

o`qituvchida  kuchli  asabiylashishni  va  zo`riqishni  keltirib  chikaradi,  o`z  ishidan  koniqmaslik 

kayfiyati paydo bo`ladi. Bunday holat o`z o`rnida pedagogik tushunchaning tobora chukurlashib 

borishiga  olib  keladi  va  bu  holat  o`kituvchining  o`kuvchilarga  borgan  sari  tobelashib  borishida 

namoyon  bo`ladi.  V.A.Suxanlinskiy  maktabdagi  nizolar  haqida  shunday  yozadi:  "Pedagog  va 

bola  urtasidagi  o`kituvchilar  va  ota-onalar  o`rtasidagi,  o`qituvchi  va  jamoa  o`rtasidagi  nizolar-

maktabning  eng  katta  fojeasidir.  Nizo  aksariyat  holatlarda  o`kituvchining  bola  haqida  adolatsiz 

fikrlashi oqibatida yuzaga keladi. Bola haqida yaxshi fikr yuriting- nizo paydo bo`lmaydi. Pizoni 

chetlab  o`tish-bu  o`qituvchi  pedagogik  donoligining  (mahoratining)  bir  ko`rinishidir.  Nizoning 

oldini olish bilan birga o`qituvchi nafaqat o`z mavqesi va tarbiyaviy ta`sirini saqlab qoladi. Balki 

jamoaning tarbiyaviy kuchini oshiradi". (V.A.Suxamlinskiy jamoani tarbiyalash metodi-Moskva 

1981 yil 185-bet). 

PeDAGOGIK VAZIYAT VA NIZO TURLARI 

Maktab  amaliyotida  uchrab  turadigan  nizoli  xarakterdagi  pedagogik  vaziyatlarning 

quyidagi turlarini ajratib ko`rsatish mumkin. 

- Faoliyatli vaziyatlar (yoki nizolar) ular o`kuvchilarning o`quv topshiriqlarini bajarishi, 

o`zlashtirishi, o`qishdan tashqari faoliyati bilan bog`liq xolda yuzaga keladi. 

- Hulq (hatti-harakat) bilan bog`liq vaziyatlar  (yoki  nizolar) ular o`quvchilar tomonidan 

maktab ichki tartib intizom qoydalarini buzishi oqibatida yuzaga keladi.  

-  Munosabat  bilan  bog`lik  vaziyatlar  (yoki  nizolar)  ular  o`qituvchi  va  o`quvchilarning 

o`zaro  shaxsiy  xissiy  munosabatlari  doirasida,  pedagogik  faoliyat  jarayonidagi  o`zaro  mulokat 

doirasida vujudga keladi. 

Pedagogik  vaziyatlarda  to`g`ri  harakatlanishda  o`qituvchilarni  hatoliklardan  saqlash 

maqsadida yuqorida sanab o`tilgan vaziyat va nizo turlarini bir muncha kengrok ko`rib chiqamiz. 

FAOLIYAT BILAN BOG`LIQ VAZIYATLAR VA NIZOLAR 

Ukuv  faoliyati  bilan  bog`liq  bo`lgan  vaziyatlar  asosan  dars  jarayonida  o`qituvchi  va 

o`kuvchi  o`rtasida  namoyon  bo`ladi.  Bu  asosan  o`kuvchining  o`quv  topshiriklarini  bajarishdan 

bosh  tortishi  ko`rinishida  yuzaga  keladi.  Mazkur  holat  turli  sabablarga  ko`ra  paydo  bo`ladi: 

toliqish,  o`kuv  materiallarining  murakkabligi,  uyga  vazifani  bajarmaslik,  ko`p  hollarda 

o`kituvchining  noo`rin  tanbehi  va  boshqalar.  Misol  keltiramiz.  "6-sinfda  matematika  darsi 

bormokda. Doskaga 2 o`kuvchi 'shqarilgan. Ularning har biri aloxida-alohida kartochkalar bilan 

ishlamoqsa.  Qolgan  o`kuvchilar  o`qituvchi  rahbarligida  topshiriqni  bajarmoqda.  Doskada 

ishlayotganlardan biri (Ruslan) qiynalayotganligidanmi, yozganini tez-tez uchirar, atrofdagilarga 

muhtojlik  nigohi  bilan  karar  edi.  Ikkinchi  o`quvchi  topshiriqni  bemalol  bajarar  edi.  O`tirganlar 

topshiriqni  bajarib  bo`lishdi-da,  izohlab  berishdi.  Uqituvchi  doskada  ishlayotganlarni 

tekshirishga  kirishdi.  U  Ruslanning  ishini  ko`rib,  qonikmadi  va  dedi:  "Mana,  har  doimgidek 

topshiriqni  bajarmabsan.  Qaranglar  u  hech  narsani  bilmaydi  .  "Menga  hech  narsa  kerak  emas, 

kerak bo`lsa o`zing o`rgan -deb javob qildi o`kuvchi va sinfdan chiqib ketdi". 




 

 

O`quvchi  sinf  rahbariga  boshqa  bu  darsga  kirmasligini  tushuntirdi.  Matematika 



o`qituvchisi Ruslandan buni kutmagan edi, u taajubda qoldi. Uavval bosik, tortinchoq bola edi, 

tanbehlarga bunday munosabat bildirmas edi. 

O`quv  faoliyati  bilan  bog`lik  bo`lgan  bu  vaziyat  o`kuvchida  o`kituvchiga  to`lik 

bo`ysinmaslikka  olib  keladi.  Natijada  vaziyat  nizo  harakteriga  ega  bo`ladi.  Bu  kabi  nizolarni 

bartaraf  etish  oson  ish  emas.  YAna  bir  misol,  "Rus  tili  darsida  o`kituvchining  bir  necha 

tanbehiga  e`tibor  qilmasdan  bir  o`kuvchi  boshqalarga  halakit  berishda  davom  etardi.  SHunda 

o`qituvchi  uning  sinfdan  chiqib  ketishini  talab  qildi.  Uquvchi  ko`pol  javob  qaytardi  va  chiqib 

ketmadi.  O`qituvchi  darsni  to`xtatdi,  sinfda  shovqin  ko`tarildi.  Ayibdor  o`z  o`rnida  o`tirar  edi, 

ammo boshqalarga halaqit berishni to`xtatdi. O`qituvchi o`z o`rniga o`tirib, jurnalga nimalarnidir 

yoza boshladi,  o`quvchilar o`z holiga tashlab ko`yildi. 20 daqiqadan so`ng qo`ng`iroq chalindi. 

O`kituvchi  o`rnidan  turib  hamma  sinfda  kolishini  e`lon  qildi,  sinfda  norozilik  shovqini 

ko`tarildi". 

O`quvchining  bunday  hulqi  o`qituvchi  bilan  to`lik  munosabatni  buzganligidan  dalolat 

beradi  va  vaziyat  bu  o`rinda  shunday  tus  oldiki,  o`qituvchining  faoliyati  go`yo  o`quvchilar 

roziligiga bog`liqdek. 

Bunday  nizolar  o`quv  mashg`ulotlarini  o`zlashtirishda  qiynalayotgan  o`quvchilar  bilan 

yuzaga  keladi.  Boshqa  yana  bir  sabab,  o`qituvchi  o`quvchilar  bilan  faqat  dars 

mashg`ulotlaridagina uchrashadi, ular o`rtasidagi munosabat faqat dars bilan bogliq. Sinf rahbari 

darslarida  bu  kabi  nizolar  deyarli  uchramaydi,  chunki  u  o`kuvchilar  bilan  darsdan  tashkari 

holatlarda ham birga, ular bir-birini tushunadi, natijada ular orasida umumiylik paydo bo`lgan. 

Keyingi  paytlarda  bunday  nizo  va  kelishmovchiliklar  o`qituvchining  fanini 

o`zlashtirishga  ko`ygan  yukori  talablari  oqibatida  yuzaga  kelmoqda.  O`kituvchi  bu  o`rinda 

o`zlashtirmaganlik  uchun  yomon  bahoni  jazo  sifatida  qo`llaydi.  Hatto  "ikki"  baho  tartibni 

buzganlik, topshiriqni bajarmaganlik, sho`hlik uchun ham jazo hisoblanadi. Bu holat o`z o`rnida 

o`kuv  faoliyatining  haqiqiy  ma`nosini  yo`qotadi  va  natijada  faol  va  mustaqil  fikrlovchi 

o`kuvchilarning  maktabdan  ketib  qolishiga  olib  keladi,  qolganlarda  kiziqishning  susayishiga 

sabab bo`ladi. 

HULQ (HATTI-HARAKAT) BILAN BOG`LIQ VAZIYAT VA NIZOLAR 

Pedagogik  vaziyat  o`quvchi  hulqini  tahlil  qilishda  o`qituvchining  hatosi  okibatida  nizo 

harakteriga  ega  bo`ladi.  Ko`p  hollarda  o`kuvchining  asossiz  xulosalari  hatti-harakat  mativlarini 

aniqlay  olmaslik,  muloqot  etikasining  buzilishi,  taktsizlik  va  o`rinsiz  tanbehlar  va  qo`pollik 

nizoni  keltirib  chikaradi.  SHuni  unutmaslik  kerakki,  o`kuvchilar  tomonidan  amalga  oshirilgan 

aynan bir xil hatti-harakat yoki hulq ko`rinishi turlicha mativlar oqibatida yuzaga keladi. 

O`qituvchi  o`quvchilar  hatti-harakatini  baholashda  va  munosabat  bildirish,  avvalida 

tegishli  ma`lumotlarni  to`plashi  va  haqiqiy  sababni  bilishi  zarur.  O`qituvchi  har  doim  ham 

bolalar hayoti guvohi emas, balki u hulq mativlarini taxmin kiladi, o`kuvchilar orasidagi o`zaro 

munosabatlarni yaxshi bilmaydi, shuning uchun ham qo`yish kafolatlanmagan, albatta, bu holat 

o`quvchilarda haqli e`tirozning paydo bo`lishiga olib keladi. 

O`qituvchilar  o`kuvchilarning  hatti-harakatini  baholay  turib,  uning  oqibatlari  hakida 

o`ylab ko`rishmaydilar, Aslida esa bunday baholar ular o`rtasida keyingi o`zaro munosabatlarni 

keskinlashtirib yuboradi. 

O`quvchi  hulqi  va  hatti-harakatini  yuzaki  baholash  va  uning  sabablarini  chukur  tahlil 

qilmaslik oqibatida o`qituvchi o`quvchi shaxsini qarolovchi munosabat bildiradi. O`z o`rnida bu 

holat  o`kuvchilarda  asosli  e`tiroz  va  qarashlikni  uyg`otadi,  ba`zi  hollarda  o`qituvchiga  yoqish 

yoki  uning  istagini  oqlash  maqsadida  o`zini  boshqacha  tutushga  harakat  qiladi,  O`smirlik 

yoshida bu holat nizoga sabab bo`ladi, o`smir ko`r-ko`rona mavjud namunaga taqlid kiladi, o`z 

qalbiga nazar tashlashga qiynaladi, o`z hatti-harakatini  baholagaga ojizlik qiladi.  Ko`p hollarda 

o`qituvchi  o`quvchining  o`zini baxolashi bilan hamda vaziyatda tutgan o`rni  bilan kizikmasdan 

chora  kabul  kilishga,  jazolashga  oshiqadi.  Buning  oqibatida  vaziyat  o`zining  tarbiyaviy 

mohiyatini  yo`qotadi,  ba`zan  hatto  nizoga  sabab  bo`ladi.  Misol  keltiramiz:  "O`g`il  bolalar 

ertalabdan  qizlarni  film  ko`rish  uchun  darsdan  qochishni  iltimos  qila  boshlaydi.  (Oxirgi  ikki 



 

 

darsdan)  To`rtinchi  soatdan  keyin  barcha  qizlar  uylariga  ketishdi,  faqat  uchta  kiz  va  o`g`il 



bolalar darsda qolishga karor qilishdi. 

Ertasi kun ertalab sinf rahbari qochib ketgan 25 qizni sinfda olib koldi, Muhokama uchun 

ularning  ota-onalarini  chaqirtirdi.  Ota-onalar  ham  sinf  rahbarini  ma`qulladilar  va  sababini 

surushtira  boshladilar.  Qizlar  ayibdorlarcha  sukut  saqlar  edi.  Nihoyat,  Saida  chiday  olmadi  va 

dedi:  "Biz  nima  qilishimiz  kerak  edi?  Axir  hamma  qochib  ketishga  kelishgandek.  Agar  biz 

ketmaganimizda, bu o`gil bolalarga nisbatan hurmatsizlik hisoblanar edi, qo`rqoqlikda ayiblanar 

edik. SHunday emasmi? Kattalar bu javobni kutmagan edilar. Ular aybiga ikrorlikni va kechirim 

so`rashni  kutgan  edilar.  O`rtacha  og`ir  sukut  cho`kdi.  Sinf  rahbari  do`stlik  haqida  suhbat  ba`zi 

o`quvchilarda nizolar ko`plab uchraydi, to`qnashuvlar tez - tez sodir bo`lib turadi, o`qituvchining 

tanbexiga  e`tiroz  bildiradi,  o`qituvchi  o`quvchilardan  noliydi,  muntazzam  shikoyat  qiladi, 

o`kuvchilar  ham  o`z  sinf  raxbarlariga  ota  -  onalariga  shikoyat  qiladi,  ammo  bular  ham 

munosabatlarni yumshatmaydi. 

-  Pedagogik  faoliyatda  o`qituvchi  va  o`kuvchilar  o`rtasidagi  iliq  munosabat  jarayonida 

o`kuvchining  shaxsiy  insoniy  munosabatlari  tarkib  topadi  va  o`kituvchining  kasbiy  oyoqqa 

turishi amalga oshiriladi. 

«SHaxs  xususiyatlari  -  bu  shaxsning  rivojlanishi  jarayonidagi  kishilar  bilan  o`zaro 

munosabatlar  mahsulidir,  taqlid-  mamnun  oqibatidir»  -  deb  yozgan  edi  V.  N.  Myasishev 

(Xrestiyan po psixichiskiy- sost.A. M. Mironenko;  ped. Red. A.  V. Perovskogo.  —M,  1987. s. 

149). Mubolag`asiz aytish mumukinki, o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida iliq munosabati nafaqat 

istalgan  (xoxlaymiz)  -  sharoit  sifatida  o`rganish  kerak,  balki  pedpgogik  faoliyatning  asosiy 

elementi sifatida qaralmog`i zarur. 

Xamma, sinfdagi 30 - 40 o`quvchi bilan pedagogik axamiyatga ega bo`lgan va xar ikkala 

tomonni  qoiiqtiruvchi  munosabatni  uzoq  davom  etuvchi  va  turli  xil  vaziyatlarga  boy  bo`lgan 

jarayonda ushlab turish (saklash) oson ish emas. 

Bola  yoshi  ulgayib   borish   oqibatida  turli   munosabat  tizimlariga  kirib  boadi,  xar -

^andayyangi munosabatlar uning dunyoqarashiga, munosabatlariga ta`sir etib boradi, darsga va . 

qituvchiga munosabatlarini o`zgartiradi. 

Bola dunyoqarashiga va munosabatlariga nimalar kiradi? Ular: 

1. 

- Oiladagi munosabaglar: 



a) 

ota - onaning o`zaro munosabati; 

b) 

oiladagi nizolar; 



v) 

oila nochorligi (to`liqligi); 

g) 

ota - onalar ma`lumoti; 



d) 

o`zaylik, asrandilik; 

e) 

mexrning etishmasligi; 



yo)        qagtiqqo`llik; 

j) 


nazoratsizlik o`z xoliga tashlab qo`yish; 

2. - o`qituvchilar munosabati: 

a) 

yoqtirmaslik; 



b) 

kiziqmaslik; 

v) 

e`tiborsizlik; 



g) 

yosh xususiyatlarini bilmaslik

d) 

vaziyatga to`g`ri baho bermaslik; 



e) 

xaqoratlash, shaxsiyatiga tengish; 

yo) qattikko`lik; 

j) 


mexrsizlik; 

z) 


uquvsizilik; 

k) taktsizlik, qo`pollik. 

2. 

Tengdoshlar bilan munosabat 



a) 

ajratib tashlash; 

b) 

sirdoshinig yo`qligi; 




 

 

v) 



xamfikrning etishmasligi; 

g) 


nuqson va taxqirlanish; 

uyushtirishni    taklif    etdi,    ammo    bu    qizlarda  tabiiy    holat,    qizikish    uyg`otmadi,    yigilish 

natijasiz yakun topdi. 

 

 




Yüklə 374,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin