Mavzu : Chet el bolalar adabiyotining umumiy tahlili Reja



Yüklə 12,69 Kb.
tarix11.05.2023
ölçüsü12,69 Kb.
#111445
20-mavzu. Chet el bolalar adabiyotining umumiy tahlili.



MAVZU : Chet el bolalar adabiyotining umumiy tahlili
Reja :
1. Chet el bolalar adabiyoti haqida umumiy tasnif.
2. Aka-uka Grimmlar hamda ular yozgan asarlaridagi bosh g‘oyalar.
3. Sharq Perro hayot va ijod yo’li.
Mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama boyib borishida tarjima asarlaming o’mi, ahamiyati kattta. Negaki, tarjaima asarlarni o’qigan har bir yosh kitobxonnning dunyo haqidagi fikri, tasawuri boyib, o’sha xalqning yashash sharoitlari, urf-odatlari, mehnatlari, orzu-intilishlari bilan oshno bo’ladilar. Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan elga, tildan tilga o’tib, dillami yashnatib yurgan “Qizil Shapkacha”(Sh.Perro)”, Robinzon Kruzo”(D.Defo), “Gulliveming sayohatlari” (J.Svift), “Dyumchaxon”(X.Andersen), “Oltin baliq” (A.S.Pushkin), “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, “SHaxzoda va gado” (M.Tven), “Kapitan Grand bolalari”, “Ostin-ustin” (S.J. Vem),”Don Kixot”(J. Servantes) kabi asarlar yosh qalblaming olamga nisbatan qiziqishlarini jo’sh urdirib yuboradi. XX asrda bunyod etilgan “Maugli”(R.Kipling), “Kichkina shahzoda”(A. De Sent-Ekzyuperi), “Katta va kichik Karlson” (A. Lindren), “Toshkent-non shahri” (A.Neverov), “Vinni Pux” (A. Miln), “Axmoq sichqoncha haqida ertak” (S.Marshak), “Uch baqaloq” (Yu. Olesha), “Quvnoq japbaqlar” (B.Kerboboev), “Doktor Aybolit” (K.CHukovskiy), “Timur va uning komandasi” (A. Gaydar), “Chippolinoning sarguzashtlari” (J. Rodari), “Styopa amaki” (S. Mixalkov), “Kim bo’lsam ekan?” (V. Mayakovskiy), ’’Bilmasvoy quyosh shahrida” (N.Nosov) singari olam kezib yurgan asarlar o’zbek kitobxon bolalari da katta taassurot qoldirmoqda. Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitobxonni nimagadir o’rgatadi, nimagadir da’vat etadi. Bu asarlaming ko’pchiligi ona- Vatanga muhabbat, uning ozodligi va baxti uchun jon fido qilish (“Uch baqoloq”) noshukur bo’lmaslik, ota-ona pand- nasihatiga quloq solish (“Ahmoq sichqoncha haqida ertak”), tabiatga buyuk mehr (“Maugli”), tabiatni asrash, hayvonot olamini sevish (“Doktor Aybolit”), odamlar xizmatini bajarish, beminnat yordam ko’rsatish (“Temur va uning komandasi”), o’ziga pishiq-puxta bo’lish, ichki sirlarini o’zgalarga oshkor qilmaslik (“Qizil SHapkacha”),namunali o’qish, kasb-hunar egasi bo’lish (“Kim bo’lsam ekan?”), sergalc, tadbirkor bo’lish hamda quvnoqlikka intilish (“Quvnoq japbaqlar”) dek oliyjanob g’oyalaming yotishi bolalaming tarjima asarlarga nisbatan bo’lgan qiziqish va ishtiyoqlarini o’stiradi. Bir misol. Italiyaning butun. jahon bolalari taniydigan J. Rodari (1920-1980) degan yozuvchisi bor. Uning “Chippolinoning sarguzashtlari” degan ajoyib asarini bolalar huzur qilib o’qiydilar, qarang, Chipporlino Chipoloning o’g’li edi. Uning yettita akalari ham bor edi. M. Chipollotto,Chipollochcho, Chipolluchcha va boshqa piyoz xonadonining Chipolotto o’g’illari shular jumlasiga kiradi. Ayonki, qaerda piyoz bo’lsa, o’sha yerda ko’zlarda nam bo’ladi. Chippolinolar uncha keng bo’lmagan bir yashikning ustidagi joyda istiqomat qilar edilar. Mabodo, bulaming uylarining oldidan olifta zadogonlar o’tib qoladigan bo’lsalar, darhol dastro’mollari bilan burunlarini berkitib, ko’zlaridan yosh oqizib o’tib ketar edilar. Negaki, ular piyozning achchiq hidiga chiday olmas edilar-da! Ana shunday quvnoq kuychi J. Rodarining “Hunarpning hidi qanaqa?” degan bir she’ri bog’chalarimiz dasturidan uzoq yillardan beri joy olib keladi. She’r quvnoq misralar asosiga qurilgan. Har qanday o’quvchini bir o’qishda, tinglashda o’ziga rom etib oladi. Boshda kitobxon: “Iya, hunarning ham hidi bo’ladimi?”- deydi. Lekin she’mi o’qigach, tinglagach Rodariga ishonadi, qoyil qoladi, xulosa chiqaradi. Keling, eng yaxshisi “Hunarning hidi qanaqa?”ni hammamiz yana bir bor qayta boshdan o’qib qo’ya qolaylik:
Har hunarning o’zicha Qandolatchidan esa Bordir hidi-belgisi. Mag’zining hidi kelar.
Novvoyxonadan kelar Doktoming xalatidan Xamirtirushning isi. Anqir xushbo’y dorilar.
Ustaxona yonidan Omoch ortidan asta
O’tib qolsangchi agar,- Dalada yurar dehqon.
Yangi taxta, payraxa Tuproq va o’tloq hidi
Hidi dimoqqa tegar. Bo’lar unda har qachon.
Bo’yoqchida bo’yoqning Baliqchining egnida
Hidi bo’ladi har xil. Dengiz hidi chiqqanday Oyna quchog’idan ham Faqat bekorchilikning
Zamaska hidi anqir Hidi bo’lmas hech qanday
SHofeming kurtkasida Ishyoqmas boy qanchalik-
Benzin hidi bor doim. ,Atir sepsin, behuda!
Ishchining kiyimidan BolalarlUning hidi
Kelar mashina moyi. Qo’lansa bo’lar juda!
Bunday asarlarni yosh kitobxon qancha ko’p o’qisa, shuncha ko’p ma’naviy ozuqa oladi.
Shari Perro (1628-1703) Buyuk frantsuz shoiri va tanqidchisi Shari Perro badiiy ertak asoschisi sifatida ma’lum va mashhurdir. U o’zining “Qizil Shapkacha”, “Zolushka” va “Etik kiygan mushuk” asarlari bilan jahonga taniladi. Sh. Perro badiiy ertaklar ijod etishda oldin xalq og’zalci ijodini mehr va ishtiyoq bilan chuqur o’rganadi. Shuning uchun ham u o’z ertaklarida xalq udumlarini dadil ilgari suradi. Perro qahramonlari o’z mehnatsevarliklari hamda saxiyliklari bilan ajralib turadi. G’arazgo’ylik, maqtanchoqlik, qizg’anchiqlik o’mini yaxshilik, mehribonlik bosib ketishi hamon kitobxonni shod etib kelmoqda. Shari Perrodan bor-yo’g’i 12 ertak saqlanib qolgan. Qaysi ertagiga nazar tashlamang, barchasida bolalar zavq oladigan qirralar bor ekanligini darrov payqaysiz. Dunyoda uning “Etik kiygan mushuk” ertagini o’qimagan yoki shu ertak asosida yaratilgan multfilmni miriqib tomosha qilmagan bola topilmasa kerak. Ertakda aqllilik, bilimdonlik, topog’onlik bosh masala qilib qo’yiladi. Boshqa asarlarda bo’lgani kabi SH.Perro bu ertakka ham folklor an’analariga yana bir bor sodiq qoladi. Ertak qahramoni-tegirmonchinng kenja o’g’li Karabs fahm-farosat, aql bilan ish ko’rib, o’z murod-maqsadiga yetadi, baxtiyor bo’ladi. SHarl Perroning barcha personajlari pishiq-puxtaligi bilan ajralib turadi. Ularning ko’pchiligi odamlarni, hayvon-u parrandalami sevib, erkalab, e’zozlaydigan bo’ladilar. Zolushkani (“Zolushka”) olaylik. Uni o’gay ona-yu qizlar xush ko’rmaydilar, xolos. Qolgan barcha jonzot Zolushkani yaxshi ko’radi. Uning o’z baxtini topib, osoyishta turmush kechirishini istaydi. Zolushka juda chiroyli, odobli, sharin so’z, kamtarin, odamlarga, jonvor-u parrandalarga nisbatan mehribon. Uning bunday fazilatlari, mehnat, hallollik va poklik bilan hayotda o’z o’mini topishi, sevganiga turmushga chiqib baxtli bo’lishi ertak tinglovchida yaxshi taassurot qoldiradi. Sh.Perro ijodida “Qizil Shakapkacha” alohida o’rinda turadi. Ertakning ta’sirli va jozibali chiqishi uchun Qizil Shapkachaning tabiiy holda ijobiy tomoniga ko’p sayqal beradi, bolalar ko’z o’ngida u dunyodagi tengi yo’q, juda yoqimtoy qizcha sifatida gavdalanadi. Bo’rining yovuzligi, surbetligi, uning kampir qiyofasiga kirib olishi har bir bolada chuqur nafrat hislarini qo’zg’atadi. Boshqa ertaklarda bo’lgani kabi “Qizil Shapkacha”da ham voqea yaxshilik bilan tugashi bolalaming quvonchiga quvonch qo’shadi. Shari Perroning “Havorang soqol”, “Eshak terisi”, “Uyqudagi malika” kabi ertaklari xuddi “Qizil Shapkacha” kabi bolalarbopdir. Mana to’rt yuz yilki, shoirning “Qizil Shapkacha” asari jahon kezib yuribdi. Ertakning o’ziga xos xususiyatlaridan biri quvnoqlikdir. Ha, qizchani hamma yaxshi ko’radi, hamma sevadi. Bundan u mutlaqo taltayib ketmaydi. U juda yoqimtoy, oddiy va sodda. Shu oddiy va soddaligi, pismiq va mug’ombir emasligi unga pand beradi, bo’riga yem bo’lishiga oz qoladi. Shari Perroning bu ertak orqali kichkintoylarga aytadigan gaplari ko’p. Eng avvalo, u barcha bolalami xuddi Qizil Shapkacha kabi oddiy va quvnoq bo’lishga chaqiradi va kattalaming har bir topshirig’ini so’zsiz bajarishga da’vat etadi. Ikkinchidan, o’rtadagi simi oshkor qilmaslikka, o’ziga pishiq-puxta bo’lishiga chorlaydi. Bo’ri ochko’z, pismiq va mug’ombirdir. Shu sababli qizchaning soddaligidan foydalanadi. U bir o’q bilan ikki quyonni urish qabilida ish tutadi. Bo’ri Qizil Shapkachadan osongina safari haqidagi ma’lumotni bilib olgach, endilikda qizchaning o’ziga qo’shib uning buvisini ham yeyish payiga tushadi. Ammo Qizil Shapkachaning baxtiga o’tinchilar kelib qoladi.



Yüklə 12,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin