3-MAVZU: OʻLCHANADIGAN KATTALIKLARNING SHKALASI VA
ULARNING TURLARI. XALQARO TEMPERATURA SHKALASI
Reja:
3.1. Kattalik shkalasi va uning reper nuqtalari.
3.2. Nomlangan shakalar. Tartib (qator) shkalari.
3.3. Intervallar shkalasi.
3.4. Nisbat va absolyut shkalalar.
3.5. Xalqaro temperatura shkalasi.
Tayanch tushunchalar va atamalar: kattalk shkalasi, shkala
boʻlinmasining qiymati, shkala xarakteristikasi, etalon, nomlangan shkala, tartib
shkalasi, oraliq shkalasi, nisbat shkalasi, absolyut (mutlaq) shkala.
3.1. Kattalik shkalasi va uning reper nuqtalari
Shkala (lot. vsa1a - zinapoya, narvon) - oʻlchash asboblarining hisoblash
qurilmasidagi belgilar yoki raqamlar majmuidan iborat qism (lineyka yoki limb).
3.1-rasm. Oʻlchash asbobining shkalasi.
Koʻrsatuvchi analog oʻlchov asboblarining sanoq qurilmasi shkala va
(strelkali yoki nurli) koʻrsatkichdan tuzilgan. 3.1- rasmda oʻlchov asbobining
shkalasi koʻrsatilgan. Shkaladagi sonli qiymatlar koʻrsatilgan belgilar shkalaning
sonli belgilari deyiladi. Shkalaning ikki qoʻshni belgilari orasidagi oraliq shkalaning
boʻlinmasi deyiladi. Shkalaning ikki qoʻshni belgisi mos kelgan kattalik qiymatlari
ayirmasi shkala boʻlinmasining qiymati deyiladi. Oʻzgarmas boʻlinmali va
oʻzgarmas qiymatli shkala tekis shkala deyiladi.
Oʻlchanayotgan kattalikning shkalada koʻrsatilgan eng kichik qiymati
shkalaning boshlangʻich qiymati, eng katta qiymati esa shkalaning oxirgi qiymati
deyiladi. Shkalaning uning boshlangich va oxirgi qiymatlari bilan chegaralangan
qiymatlari sohasi (oraligʻi) koʻrsatuvlar diapazoni deyiladi.
Shkaladan ma’lumot olishda shkala qoʻzgʻaluvchan va qoʻzgʻalmas boʻlishi
mumkin. Shkalada belgilar toʻgʻri chiziq boʻylab (3.2-rasm, a) yoki silindrsimon
aylana yoyi boʻylab joylashgan boʻladi. Shuningdek asboblarning shkalalari bir
tomonlama, ikki tomonlama va nolsiz boʻlishi mumkin (3.3-rasm).
a) b)
Dostları ilə paylaş: |