Ularning turlari. Xalqaro temperatura shkalasi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix13.04.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#97211
  1   2   3   4   5   6   7
Ularning turlari. Xalqaro temperatura shkalasi (1)



3-MAVZU: OʻLCHANADIGAN KATTALIKLARNING SHKALASI VA 
ULARNING TURLARI. XALQARO TEMPERATURA SHKALASI 
Reja: 
 
3.1. Kattalik shkalasi va uning reper nuqtalari. 
3.2. Nomlangan shakalar. Tartib (qator) shkalari. 
3.3. Intervallar shkalasi. 
3.4. Nisbat va absolyut shkalalar. 
3.5. Xalqaro temperatura shkalasi. 
 
Tayanch tushunchalar va atamalar: kattalk shkalasi, shkala 
boʻlinmasining qiymati, shkala xarakteristikasi, etalon, nomlangan shkala, tartib 
shkalasi, oraliq shkalasi, nisbat shkalasi, absolyut (mutlaq) shkala.
 
3.1. Kattalik shkalasi va uning reper nuqtalari 
Shkala (lot. vsa1a - zinapoya, narvon) - oʻlchash asboblarining hisoblash 
qurilmasidagi belgilar yoki raqamlar majmuidan iborat qism (lineyka yoki limb).
3.1-rasm. Oʻlchash asbobining shkalasi. 
Koʻrsatuvchi analog oʻlchov asboblarining sanoq qurilmasi shkala va 
(strelkali yoki nurli) koʻrsatkichdan tuzilgan. 3.1- rasmda oʻlchov asbobining 
shkalasi koʻrsatilgan. Shkaladagi sonli qiymatlar koʻrsatilgan belgilar shkalaning 
sonli belgilari deyiladi. Shkalaning ikki qoʻshni belgilari orasidagi oraliq shkalaning 
boʻlinmasi deyiladi. Shkalaning ikki qoʻshni belgisi mos kelgan kattalik qiymatlari 
ayirmasi shkala boʻlinmasining qiymati deyiladi. Oʻzgarmas boʻlinmali va 
oʻzgarmas qiymatli shkala tekis shkala deyiladi. 
Oʻlchanayotgan kattalikning shkalada koʻrsatilgan eng kichik qiymati 
shkalaning boshlangʻich qiymati, eng katta qiymati esa shkalaning oxirgi qiymati 
deyiladi. Shkalaning uning boshlangich va oxirgi qiymatlari bilan chegaralangan 
qiymatlari sohasi (oraligʻi) koʻrsatuvlar diapazoni deyiladi. 
Shkaladan ma’lumot olishda shkala qoʻzgʻaluvchan va qoʻzgʻalmas boʻlishi 
mumkin. Shkalada belgilar toʻgʻri chiziq boʻylab (3.2-rasm, a) yoki silindrsimon 


aylana yoyi boʻylab joylashgan boʻladi. Shuningdek asboblarning shkalalari bir 
tomonlama, ikki tomonlama va nolsiz boʻlishi mumkin (3.3-rasm).
a) b) 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin