2- MAVZU. MARKETING TAMOYILLARI, VAZIFALARI,
FUNKTSIYaLARI VA TURLARI
1. Marketingning asosiy tamoyillari
2. Marketing funktsiyalari va uning faoliyati mazmuni
3. Marketingning vazifalari
4. Talabning holati va rivojlanishiga ko’ra marketing turlari.
2.1.
Marketingning asosiy tamoyillari.
Marketingning asosiy tamoyillari:
1. Iste’molchiga yo’naltirilganlik.
2. Kelgusiga yo’naltirilganlik. Ishlab chiqaruvchi marketing faoliyatini qisqa
muddatli natijalariga emas, balki uzoq muddatli natijalariga mo’ljalni olgan bo’lishi
kerak.
3. Oxirgi amaliy natijalarga erishishga yo’naltirilganlik.
Marketing faoliyati natijasi o’lchamli bo’lishi kerak (bozor ulushi, sotish hajmi,
foydaning o’sishi).
Marketing tamoyillari marketing asosini va uning
mohiyatini ochib beruvchi
holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga
mo’ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib
chiqadi:
iste’molchilarga nima kerak bo’lsa o’shani ishlab chiqarish kerak;
bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste’molchilarn
muammolarini yechish vositalari bilan ishlash;
tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan so’ng
tashkil
etish kerak;
firmani ishlab chiqarish-eksport faoliyatining oxirgi natijalariga
kontsentrlashganini kuchaytirish;
marketing kontseptsiyasi vositalarini qo’llash asosida marketing dasturini
shakllantirishga olib keluvchi qo’yilgan maqsadlarga
erishish uchun kompleks
yondoshish va maqsadli dastur uslubini ishlatish;
tovarni iste’molchiga siljitishni barcha bo’g’inlarini marketing bilan qamrab
olish maqsadida bir vaqtni o’zida maqsadli yo’naltirilgan ta’sir asosida
bozor
talabiga mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va taktikasini qo’llash;
korxona faoliyatini va marketing xizmatini
bozorda tovar xulq-atvorini
bashorat qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali
kommunikatsiyani uzoq muddatli istiqboliga mo’ljal olish;
tovarni yashash davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va tovar
taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish;
tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini eslash;
talab va taklifni balanslashtirish maqsadida
rejalarni tarmoqlararo
koorrdinatsiyalash va o’zaro ta’sirini ushlab turish;
tovar bozori yoki firma imiji (obro’yi) va raqobatli afzallikni qidirish va
shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikka, hujumkorlikka,
faollikka
intilish, umumiy holda marketingning asosiy tamoyillari – bu bozorni bilish, unga
moslashish va bozorga ta’sir o’tkazishdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha
asosiy tamoyillari kelib chiqadi:
iste’molchilarga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi sxohdir;
istiqbolga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni sub’ekt faoliyati istiqbolga
yo’naltirilgan bo’lishi zarur;
pirovard ko’rsatkichga erishishga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor
hissasini, foydani oshishi va hokazolar.