T a s d i k x a t. Ma’lum bir muassasa tomonidan yuborilgan iltimos va surovlarga
javob tarzida yoziladigan xatlarning bir turidir.
Tasdik xatining kaysi xatga javob bitilganligi iloji boricha anik kursatilishi kerak.
Bunday xat matnida kullanuvchi asosiy suzlardan biri «tasdiklamok» fe’lidir.
F a r m o y i sh x a t i. Bir tarmokka tegishli kuyi muassasalarning barchasiga
yo`llangan rasmiy hujjatdir. Farmoyish xatlar xizmat alokalarining ko`pgina
soxalarida kullaniladi. Ularning asosiy vazifasi aynan bir xil mazmundagi xabarni
bir necha manzilga yetkazishdir.
E s l a t m a x a t. Junatilgan iltimos va surov xatlarga javob olinmasa, shuningdek,
tuzilgan shartnomalar muddati buzilganda yoki unga amal qilinmagan xollarda
eslatma xat yuboriladi.
SH a r t n o m a. Ikki yoki undan ortik tomonning grajdanlik xukuklari va
majburiyatlarini belgilash, uzgartirish yoki tuxtatish yo`lidagi kelishuvidir.
Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron – bir munosabatlar
urnatish haqidagi kelishuvi (bitimi) ni kayd etuvchi va bu munosabatlarni tartibga
soluvchi hujjatdir.
E ‘ l o n. Ko`pchilik yoki ma’lum guruxdagi shaxslarni yakin orada (kelgusida)
bo`ladigan biror – bir tadbir – majlis, uchrashuv, suxbat, shuningdek, ishga, ukishga
qabul qilish va boshqalar haqida xabardor qilishga kullanuvchi yozma axborot.
H i s o b o t. Muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning
bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma’lumot
beruvchi hujjat.
Hisobotda keltirilgan ma’lumotlar aniq, ishonarli xamda ishlab chiqarish, ijtimoiy-
siyosiy axamiyatga molik bo`lishi kerak.
Nazorat savollari
1. O’zbek tilida ish yuritish deganda nimani tushunasiz .
2. Ish yuritishda kerakli bo`lgan asosiy hujjatlar nimalardan iborat bo`ladi ?
3. Ma’muriy boshqaruv faoliyatidagi kerakli hujjatlar .
4. Farmoish hujjatlari nimalardan iborat ?
5. Xizmat xatlari nimalardan iborat ?
Dostları ilə paylaş: |