3-ma’ruza. O’simlik to’qimalari reja


 Kollaterial yoki yonma-yon jolashgan boylamlar



Yüklə 118,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix14.04.2023
ölçüsü118,68 Kb.
#97645
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Kollaterial yoki yonma-yon jolashgan boylamlar. Yog’ochlik va lub bir 
radiusda biri ikkinchisi bilan bevosita yonma-yon joylashadi. Bunday turdagi 
boylamlar ko’pchilik bir va ikki pallali o’simliklar poyasi uchun xarakterlidir.
2. Bikollaterial yoki ikki yonli boylamlar. Bunday turda lubning ikki 
bo’lagi, ya'ni ichki va tashqi lublar ksilema bilan chegaralanadi. Bikollaterial 
boylamlar gulli o’simliklar poyasida kollaterial turga nisbatan kam uchraydi. Ularni 


qovoqdoshlar, ituzumdoshlar, qo’ng’roqguldoshlar va qoqio’tdoshlar kabi oila 
vakillarida uchratiladi. 
3. Kontsentrik yoki halqali boylamlar. Bunda yog’ochlik halqa tarzida lub 
yoki aksincha, lub yog’ochlik o’rab oladi. Shunga ko’ra, amfibazal boylamlar va 
amfkiribral boylamlar farq qilinadi. halqali boylamlar bir pallali o’simliklarning yer 
ostki organlarida va bir pallali daraxtsimon o’simliklarning ikkilamchi o’sishida 
kuzatiladi. 
4. Radial yoki shulasimon boylamlar. Lub va yog’ochliklar har xil radiusda 
joylashib, ular bir-birlari bilan bevosita chegaralanib turmaydi. Ularni parenxima 
to’qimasi ajratib turadi. Radial boylamlar bir pallali o’simliklarning ildizlarida va 
ikki pallalilarning birlamchi tuzilishida hosil bo’ladi.
O’tkazuvchi naylar to’plamini mikroskopsiz ham ko’rish mumkin. Ayniqsa, 
barglardagi tomirlar-o’tkazuvchi naylar to’plami ko’zga yaqqol ko’rinadi. 
Shuningdek, o’tkazuvchi naylar to’plamini ayrim o’simliklarning poyalarida ham 
(yumshoq asosiy to’qimalar orasida) aniq ko’rish mumkin, masalan, ular 
makkajo’xori poyasining ko’ndalang kesimida, bargizub bargida va boshqa 
o’simliklarda aniq ko’rinadi. 
Nazorat savollari: 
1. To’qima deb nimaga aytiladi? 
2. To’qimalarning hozirgi davrdagi tasnifi. 
3. Hosil qiluvchi va qoplovchi to‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi? 
3. Кollenxima mexanik to‘qimasi qaysi o‘simliklarda uchraydi? 
4. Birlamchi meristemalarning faoliyati. 
5. Ikkilamchi meristemalarning faoliyati. 
6. O‘tkazuvchi to‘qima qanday vazifani bajaradi? 
7. O‘tkazuvchi bog‘lam deganda nimani tushunasiz va ular floema va ksilemani 
joylashishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi? 

Yüklə 118,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin