3-ma’ruza. O’simlik to’qimalari reja



Yüklə 118,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix14.04.2023
ölçüsü118,68 Kb.
#97645
1   2   3   4   5   6   7   8
Ksilema (yog’ochlik).Yog’ochlik tarkibiga o’tkazuvchi, mexanik va asosiy 
parenxima to’qimalari kirib, uning ixtisoslashgan o’tkazuvchi elementlari traxeid va 
naylardir.
Traxeidlar. Bir necha mm uzunlikdagi prozenxima hujayralardan iborat. 
Shakllangan traxeidlar qalin hujayra devoriga ega bo’ladi va o’lik hujayralar 
hisoblanadi. Traxeidlarning hujayra qobig’i qalinlanish xususiyatiga ega. Ular 
halqasimon, spiralsimon, narvonsimon yoki to’rsimon shakllarda qalinlashadi. 
Traxeidlar tuzilishi jihatidan naylarga o’xshash, ammo ularga nisbatan oldin kelib 
chiqqan oddiy suv o’tkazuvchi element desa bo’ladi.


Naylar. Naylar uzun (bir necha sm yoki metr), ichi bo’sh hujayralarning tik 
qatoridan iborat. Ular parenxima hujayralarning tik qatoridan hosil bo’lib, 
ko’ndalang devorlari erib ketadi. Bir-birlari bilan yonma-yon joylashgan hujayralar 
nayga aylanadi. har bir hujayra nayning ayrim a'zosi bo’lib qoladi. Hujayralarning 
ko’ndalang devorlarini erib ketishidan qolgan qismi perforatsion plastinka deb 
ataladi. Perforatsion plastinkada bir necha teshikchalar bo’lsa, narvonsimon 
perforatsiyalar hosil bo’ladi. Agarda unda bitta yirik teshik bo’lsa, oddiy 
perforatsiya deb ataladi. Hujayra devorlarining qalinlashish xarakteriga ko’ra 
halqasimon, spiralsimon, narvonsimon, to’rsimon va nuqtasimon naylar farq 
qilinadi.
Lubning ikkinchi bir elementi parenximadir. Parenxima hujayralarda 
almashinuv reaksiyalari faol boradi va odatda zahira moddalardan kraxmal 
donachalari, moylar har xil organik birikmalar, shuningdek, tannid va smola kabilar 
to’planadi. Lub tarkibiga mexanik to’qima sklerenxima, ya'ni lub tolalari kiradi. Ular 
morfologik jihatdan yog’ochlik tolalariga o’xshash, ammo ko’pchilik o’simliklarda 
uzunroq bo’lishi va ikkilamchi lublar farq qilinadi. Birlamchi lub o’sish konusidagi 
uchki meristema-prokambiy boylamlaridan kelib chiqadi. Ikkilamchi lub esa kambiy 
faoliyati natijasida vujudga keladi.
O’tkazuvchi nay tolali boylamlar o’simlikda keng tarqalgan umumiy 
to’qimalardan biri bo’lib, uning barcha organlarida uchraydi. 
U o’tkazuvchi, mexanik va asosiy to’qimalardan iborat. O’kazuvchi nay tolali 
boylamlar tarkibiga kiruvchi yog’ochlik va lub har xil shaklda joylashishi mumkin:

Yüklə 118,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin