3
Muqqaddima
Bozor munosabatlari sharoitida menejment asoslari va xo’jalik
yuritish
mexanizmini bilish ishlab chiqarish sohalarida faoliyat ko’rsatadigan barcha
mutaxassislar,
rahbarlar va muhandislar uchun, shuningdek bakalavrlar uchun ham
zarurdir.
Menejment – bu,
qisqa qilib aytganda, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish maqsadida uni ilmiy asosda boshqarishdir.
«Menejment asoslari» fani
ishlab chiqarishni boshqarish, unining
samaradorligini oshirish maqsadida mehnat jamoalari
va ishlab chiqarish
jarayonlariga tasir ko’rsatuvchi vositalar, usullar majmuasini o’rganadi hamda ularni
takomillashtirishni taminlaydi.
Sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan
holda ularni boshqarishga oid tashkiliy shakllarini nazariy asoslarini o’rgatish
kursning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Тalabalar tomonidan boshqarishni tashkil qilish usullarini tahlil qilish,
loyihalash va takomillashtirishni o’zlashtirish hamda boshqarish
sohasida mustaqil
faoliyat ko’rsatishni taminlovchi ko’nikmalar hosil qilish «Menejment asoslari»
fanini o’rgatishning asosiy maqsadidir.
Ushbu
amaliy mashg’ulotlar o’tish bo’yicha uslubiy qo’llanma
“Avtomatlashtirish va boshqarish”, ”Elektroenergetika”, “Mashinasozlik
texnologiyasi ”, ”Konchilik ishlari”, “Kon elektromexanikasi”, “Kasbiy ta’lim
(konchilik ishlari)” bakalavriat yo’nalishlariga mo’ljallangan NDKI ning ilmiy
kengashida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan namunaviy dasturiga
(2006 yil 29 martdagi 6 sonli bayonnoma) muvofiq holda tuzildi.