1-AMALIY MASHG’ULOT Menejment asoslari fanining
predmeti va vazifalari.
Reja: 1.1. Menejmentning mohiyati va vazifalari
1.2. Menejmentning predmeti va izlanish uslublari.
1.3. Kursning mazmuni va vazifalari.
Mavzuning maqsadi: Talabalarda menejment asoslari fanining predmeti va vazifalari, izlanish
uslublarini asosiy tayanch so’z va iboralar hamda masalalar, muammoli savollar,
krossvord va boshqotirmalar yechish orqali bilim va ko’nikmasini shakllantirishga
ko’maklashishdan iborat.
Mavzuga oid asosiy tushunchalar Inglizcha so’z "Management" o’zbek tilida boshqaruvni tashkil qilish
ma’nosida tarjima qilinadi. Shunday qilib, umumiy rejada menejment boshqaruvni
bildiradi, ya’ni u yoki bu faoliyat turini (tashkil etishni va rahbarlik qilishni)
iqtisodiy moliyani va boshqa inson hayotidagi ishbilarmonlik sohasini tashkil
qilish va boshqarishni bildiradi.
Menejment predmeti xo’jalik
yuritishning
barcha
darajalarida
boshqarishning qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini
o’rganishdan iboratdir. Menejmentning amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni hal etishga:
iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o’tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish, aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, kishilar
ma’naviy darajalarini o’stirish va boshqalarga qaratilgandir.
Menejerning vazifasi – qobiliyatli odamlarni izlab topish va ular ijodiy
mehnat qilishlari uchun qulay sharoit yaratishdir.
5
Asosiy tayanch iboralar menejment
menejer
biznes
konsepsiya
tashkilot
tadbirkor
rahbar
ishbilarmon
bozor munosabatlari
boshqaruv
ishbilarmonlik sohasi
boshqarishning qonunlari
foyda olish
samaradorlikni oshirish