3D Studio MAX SDK yordamida hatto o’z dastur
modul-ilovalaringizni
yaratishingiz va shu orqali ularning ijod uchun original ko’rinishga ega bo’lishini
ta’minlash mumkin.
Uch o‘lchovli grafika ilmiy tekshirishlarda, injenerlik loyiha ishlarida,
fizik ob‘ektlarning kompyuter modellarini qurishda keng qo‘llaniladi. Uch
o‘lchovli grafika kompyuter grafikasi tarkibiga kiruvchi eng murakkab va keng
qamrovli yo‘nalishdir.Uch o‘lchovli grafika bilan ishlovchi foydalanuvchi
loyihalash,
yoritish, obo‘ektlar va kameralarni ko‘chirish, tovush va namoyish
effektlardan foydalanish kabi sohalardan bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Bu yerda
shu sohaning tashkil etuvchilari - fazolar,ob’ektlarni modellashtirish,
animanamoyish to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi.
Ayniqsa kompakt diskdan fayllarni import qilish ko‘p oxirgi yillarda
ananaviy 2D grafik dasturlar bilan uch o‘lchovli 3D
model- lashtirish, animasiya
va namoyish dasturlari ko‘p tarqaldi. Shu davrda ishlab chiqilgan dasturlardan
Discreet
kompaniyasining
3D
Studio
MAX
yoki
Alias
Wavefront
kompaniyasining JAVA dasturlari o‘z mohiyatlari bo‘yicha gibrid grafik
paketlardir. Chunki ular bir tomondan 2D va 3D vektorli ob’ektlar bilan ishlash
imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan ish natijasidan pikselli (rastrli)
tasvir -
alohida kadr sifatida yoki videotasmada olinadi.3D modellashtirishning
xususiyatlari va ularda animasiya harakatlarni qo‘shish imkoniyati ularga bo‘lgan
qiziqishni keskin oshirib yuboradi.Ularni:
✓
namoyish effektlarini kino va video industriyada;
✓
televizion tijoratda (reklamada);
✓
Interaktiv o‘yinlarda;
✓
sanoat va arxitektura dizaynida (bezashda);
✓
ilmiy, tibbiy va sud namoyishlarida;
✓
o‘rgatuvchi dasturlar va kompyuterda ishlatish mumkin.
Shuni ta’kidlash lozimki uch o‘lchovli grafika dasturlari kompyuter quril-malari,
uning dasturiy ta’minoti hamda u bilan ishlovchi dizayner bilimlariga juda yuqori
talablar qo‘yadi.Uch o‘lchovli grafika bilan ishlaganda, shakllar hosil qilinadigan
fazoga alohida e’tibor berish kerak.Bu holda an’anaviy 2D - tekislik uch
o‘lchovli grafika maqsadlariga to‘g‘ri keltiriladi.3D - grafikada ishchi fazoni
shunday
ifodalash kerakki, unda nafaqat modellashtirilayotgan uch o‘lchovli
geometrik shaklni, balki uning geometrik joylashishi va holati hisobga olinishi
kerak.Uch o‘lchovli grafikada Dekart, silindrik va sferik koordirata sistemalari
ishlatiladi.
Qurilgan barcha uch o‘lchovli ob’ektlarni geometrik va nogeometrik ob’ektlarga
bo‘lish mumkin.Geometrik ob’ektga asosan sahna tashkil etuvchilarini qurishda
ishlatiladi:personajlar, jismlar, boshqa so‘z bilan
aytganda - mavjud borliq
ob’ektlari.
Nogeometrik ob’ektlar esa sahnaga jonlilik hissini berish uchun (to‘g‘ri
yoritish), ob’ektlarga ta’sir etuvchi kuchlarni modellashtirishda (masalan
gravi- tasiya yoki shamol esishi) va hokazolar.
Boshqacha aytganda namoyish etilayotgan kadrda geometrik ob’ektlar
aynan (chiziqlar va sirtlar ko‘rinishda), nogeometrik ob’ektlar esa oraliq (soyalar,
tezlanish va hokazo ) ko‘rinishda namoyon bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: