FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. 1—4- rasmlarda tasvirlangan tadbirkorlik faoliyatlaridan qaysilarini tashkil
qilish qiyinroq? Nima sababdan?
2. Ularning qaysilarini bitta odam o‘zi tashkil qilishi va yuritishi unchalik qiyin
emas?
3. Qaysilarini sherik bilan hamkorlikda tashkil qilgan ma’qul? Nima sababdan?
4. 5- va 6- rasmlardagi korxonalarni yuritish uchun qanday tashkiliy ishlarni
amalga oshirish zarur, deb o‘ylaysiz?
Korxona – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish amalga oshiriladigan
xo‘jalik tashkiloti.
Firma – tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan korxona.
Xususiy firma – yakka shaxs mulki asosida tashkil etiladigan va
boshqariladigan firma.
KORXONA VA FIRMA Ma’lumki, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoni korxonalarda
amalga oshiriladi. Davlat mulki asosida tashkil qilingan korxonalar — davlat korxonalari, xususiy mulk asosida tashkil qilingan korxonalar esa xususiy korxonalar Buyuk olim va mutafakkir Abu Rayhon Beruniyning
ko‘p sonli asarlarida uning iqtisodiy qarashlari o‘z aksini
topgan. U iqtisodiy faoliyat — mehnat, bunyodkorlik,
yaratuvchanlik asosida odamning ehtiyojini qondirishga
bo‘lgan intilishi yotadi, deb hisoblagan. U o‘zining
asarlarida jismoniy mehnat bilan bir paytda aqliy mehnat
ham muhim ekanligini ta’kidlaydi. U ish haqi mehnatning
og‘irligiga va unumdorligiga bog‘liq bo‘lishi kerak ekanligini
ta’kidlagan. Olimning asarlaridan mehnat taqsimotiga oid
fikrlar ham joy olgan. Olim o‘sha davrdayoq iqtisodiyot
sohasidagi inson omilining ahamiyati haqida qimmatli
fikrlarni bildirgan.
Abu Rayhon
Muhammad ibn
Ahmad al-Beruniy
(973 – 1048)
3
2
1
5
4
6