Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

15
15
14
ko‘ra taqsimlanadi. Shu bilan birga, shirkat a’zolari shirkat majburiyatlariga to‘liq 
javobgar bo‘ladilar. Bu, agar shirkat ishi yurishmay, qarzga botib sinsa, qarzni 
shirkat a’zolari uni tashkil qilish uchun qo‘shgan mol-mulki va mablag‘i evaziga, 
u ham yetmasa o‘z shaxsiy mulki evaziga qoplashga majbur deganidir. Shirkatga 
qishloq xo‘jaligidagi fermer xo‘jaliklarini misol qilib keltirish mumkin.
1. Firmalar qaysi xususiyatlariga qarab turlarga bo‘linadi?
2. Firmaning har bir turiga yashayotgan hududingizdan misol keltiring.
3. Har bir firma turining afzallik va kamchilik tomonlarini sanang.
4. Shirkat va sherikchilik firmasining qanday o‘xshashlik va farqli tomonlari bor?
5. Davlat korxonalari va xususiy firmalar nimasi bilan bir-biridan farq qiladi?
6. Mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan firmalar o‘rtasidagi farqni ayting.
7. Siz ulgurji savdo bilan shug‘ullanadigan firma ochmoqchi bo‘lsangiz, firmaning 
qaysi turini tanlagan bo‘lar edingiz? Javobingizni asoslang.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Sherikchilik firmasi
– ikki va undan ortiq shaxslarning (odam yoki 
korxonalarning) mablag‘lari asosida tashkil qilingan va ma’lum kelishuv 
shartlari asosida egalik qilinadigan, boshqariladigan va faoliyat natijasiga 
javob beriladigan firma.
Firmaning nizom jamg‘armasi
— firma faoliyatini yuritish uchun uning 
tashkilotchilari tomonidan qo‘shiladigan hissa — mol-mulk va mablag‘. 
Shirkat
 – birgalikda faoliyat ko‘rsatish maqsadida ikki va undan ortiq 
kishilarning mulki asosida tashkil qilingan va faoliyat natijasiga birgalikda 
to‘la javob beriladigan firma.
SHERIKCHILIK FIRMASI
Ma’lumki, kattaroq miqyosdagi tadbirkorlikni tashkil qilish katta boshlang‘ich 
mablag‘ni talab qiladi. Buning uchun bir necha shaxslar yoki korxonalarning 
sherikchilikda ish ko‘rib, mol-mulklarini birlashtirishlariga to‘g‘ri keladi. Shu 
maqsadda sherikchilik firmalari tashkil qilinadi. Sherikchilik asosida tuzilgan 
firmaning tashkilotchilari uning ta’sischilari deb ataladi. Ta’sischilar firmaning 
boshlang‘ich kapitaliga — nizom jamg‘armasiga o‘z pul mablag‘i va mol-mulki 
bilan hissa qo‘shadilar. Ta’sischilar firmaning egalari hisoblanib, firmaning kundalik 
faoliyatida va uni boshqarishda bevosita qatnashmasliklari ham mumkin. Bunday 
faoliyat natijasidan olinadigan foyda ham, ko‘riladigan zarar ham ta’sischilar 
o‘rtasida ta’sis shartnomasida ko‘zda tutilgan, ma’lum kelishilgan qoidaga ko‘ra 
taqsimlanadi.
Sherikchilik asosida tuzilgan firmalar faoliyatidan ko‘rilgan zarar ta’sischilar 
tomonidan qanday qoplanishiga qarab turli xil nomlar bilan yuritiladi. Agar 
ta’sischilar ko‘rilgan zararni faqat firmani tashkil qilishda qo‘shgan hissalari 
hajmidagina qoplasalar, bunday firma – mas’uliyati cheklangan sherikchilik firmasi 
deb ataladi. “Ltd” qo‘shimchasi, inglizcha “limited” (cheklangan) so‘zining 
qisqartmasi bo‘lib, odatda, mas’uliyati cheklangan firma nomiga qo‘shib yuritiladi. 
Mas’uliyati cheklanmagan sherikchilik firmasining ta’sischilari esa ko‘rilgan zararni 
to‘la hajmda birgalashib qoplashadi. Hatto zarurat tug‘ilganda, o‘z shaxsiy 
mulklarini sotib bo‘lsada, firma zararini qoplaydilar.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin