Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

Aksiya kursi
— aksiyaning bozor narxi.
Aksiyadorlar jamiyati
— nizom jamg‘armasi aksiyalar sotishdan shakllanadigan,
mas’uliyati cheklangan yirik firma.
Aksiyaning nominal qiymati
 — aksiya ustiga yozib qo‘yilgan baho.
Aksiz
— ba’zi bir tovar xaridorlaridan, tovar narxining ma’lum foizi
ko‘rinishida undiriladigan soliq.
Amortizatsiya ajratmasi 
asosiy ishlab chiqarish vositalarining eskirishi
natijasida ular narxining ishlab chiqarilgan mahsulot narxiga o‘tgan
qismi.
An’anaviy iqtisodiyot
— iqtisodiyotning asosiy savollariga jamiyatda
an’analarga asoslanib javob beradigan iqtisodiy tizim.
Aralash iqtisodiyot 
— bozor iqtisodiyoti va markazlashgan rejali iqtisodiyotning
maqbul tomonlarini o‘zida mujassamlashtirgan zamonaviy iqtisodiy
tizim.
Asosiy mablag‘
— ishlab chiqarishda uzoq yil va ko‘p marta ishlatiladigan
asosiy ishlab chiqarish vositalarini sotib olishga mo‘ljallangan mablag‘.
Ayirboshlash
 — bir mahsulotni boshqasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri almashtirish.
Aylanma mablag‘
 — xomashyo, har xil materiallarni sotib olishga va ishchi
kuchini yollashga sarflanadigan mablag‘lar.
Bank
— aholi, firma va tashkilotlar pul mablag‘larini jamg‘aruvchi va ularni
boshqalarga qarzga beruvchi, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi va boshqa
moliyaviy xizmatlar bilan shug‘ullanuvchi vositachi muassasa.
Bankning zaxira mablag‘i 
bankning zaxira sifatida, markaziy bankda
saqlashi lozim bo‘lgan pul mablag‘i.
Bankning zaxira normasi 
markaziy bank tomonidan belgilanadigan, bank
zaxira mablag‘ining jami mablag‘iga nisbatan foiz miqdori.
Bankrotlik 
— firmaning boshqa firmalar va davlat oldidagi qarzlarni to‘lay
olmaslik holati.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin