Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

Muqobil imkoniyat 
— birini tanlaganda qolganidan voz kechiladigan
imkoniyat.
Mutlaq ustunlik
 — bir xil miqdordagi resurslarga ega bo‘lgan mamlakatlardan
birining shu resurslar yordamida boshqalariga nisbatan ko‘p mahsulot
ishlab chiqara olish imkoniyatiga ega ekanligi.
Muvozanat miqdor 
— tovarning bozor muvozanat narxiga mos talab (yoki
taklif) miqdori.
Narx
 — birlik mahsulot uchun xaridor to‘lashga, sotuvchi esa mahsulotni
sotishga rozi bo‘lgan pul miqdori.
Narxlar vositasida raqobatlashish
— tovar narxini tushirish yoki oshirish
yordamida raqobatchilarga ta’sir ko‘rsatish.
Narxlar vositasisiz raqobatlashish
— tovar narxini o‘zgartirmasdan,
uning sifatini yaxshilash, reklamani kuchaytirish kabi omillar orqali
raqobatchilarga ta’sir ko‘rsatish.
Nisbiy ustunlik 
— mamlakatda biror tovarni ishlab chiqarish muqobil
qiymatining boshqa mamlakatlarga nisbatan arzon bo‘lishi.
Nominal daromad 
— daromadning pul shaklidagi ifodasi.
Normal tovarlar
— aholi daromadining oshishi bilan talab oshadigan tovarlar.
Oila budjeti
— oilaning ma’lum davrga rejalashtirilgan daromad manbalari
va xarajatlari hisob-kitobi.
Oligopoliya
— bir nechta yirik korxona va firmalarning monopoliyasidan
iborat bo‘lgan bozor.
Omonat
— mablag‘ni jamg‘arish va ko‘paytirish maqsadida ma’lum ustama
haq — foiz evaziga bankka qo‘yish.
Omonat foizi
omonatga topshirilgan pul mablag‘idan foydalanganlik
uchun to‘lanadigan haq.
Oylik maosh 
ishchiga bir oy davomidagi mehnat faoliyati uchun qat’iy
belgilangan pul miqdori.
Ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati 
— aksiyalari istalgan shaxsga sotiladigan
jamiyat.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin