Talab miqdori — xaridorlarning muayyan vaqt davomida ma’lum narxda
sotib olishlari mumkin bo‘lgan tovar miqdori.
Talab chizig‘i — talabning tekislikdagi grafik ko‘rinishi.
Tanlov — cheklangan resurslardan foydalanish imkoniyatlari orasidan birini
tanlash.
Tanlovning muqobil qiymati — tanlov natijasida voz kechilgan, eng katta
nafga ega bo‘lgan imkoniyat.
Taqchil bozor — tovarning bozor taklif miqdorining unga bo‘lgan talab
miqdoridan past bo‘lgan bozor.
Tarif (bojxona boji) – mamlakat chegarasini kesib o‘tayotganda olib
kirilayotgan tovar uchun to‘lash lozim bo‘lgan soliq to‘lovi.
Tarkibiy ishsizlik — mamlakat iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar natijasida
kelib chiqadigan ishsizlik.
Tashqi savdo balansi — mamlakatning eksport va import hajmlari orasidagi
farq.
Tashqi savdo hajmi — mamlakat import va eksportini tashkil etuvchi tovar
va xizmatlarining jami qiymati.
Tashqi savdo litsenziyasi – tovar va xizmatlarni mamlakatga olib kirish yoki
undan olib chiqib ketish uchun beriladigan maxsus ruxsatnoma.
Tashqi savdoni erkinlashtirish — unga qo‘yilgan cheklovlarni yengillashtirib,
umuman olib tashlash.
Texnologiya — mahsulot ishlab chiqarishda qaysi resurslardan qanday
foydalanish, qanday usul va ketma-ketlikda ishlov berish yo‘l-yo‘rig‘i.
Tijorat — tovarni sotib olib, so‘ng boshqalarga sotishdan iborat tadbirkorlik
faoliyati.
Tijorat banki — aholi, firma va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatuvchi bank.
Tovar — ayirboshlash maqsadida ishlab chiqarilgan mahsulot.
Tovar birjasi — tovarlarni katta-katta hajmda, ulgurji sotib olish va sotishni
uyushtiradigan vositachi tashkilot.