Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

FIRMANING SINISHI (BANKROTLIK)
Shunday qilib, har bir tadbirkorning eng katta muammosi aylanma mablag‘ning 
bir maromda aylanib turishini ta’minlashdan, imkon bo‘lsa, uning miqdorini 
ko‘paytirish va aylanishini tezlatishdan iborat, deyish mumkin. Lekin, ko‘p 
hollarda, uzoqni ko‘zlab ish tutmaslik oqibatida korxona o‘z aylanma mablag‘idan 
ajralib qoladi. Bunday holatlarda, keskin chora-tadbirlar ko‘rilmasa, boshqa 
moliyaviy manbalar ishga solinmasa, korxonaning ishlab chiqarish faoliyati to‘xtab 
qolishi mumkin.
Ma’lumki, korxona mahsulot ishlab chiqaradimi, yo‘qmi, u ma’lum xarajatlar 
uchun mablag‘ sarflashga majbur. Shu bois, korxonada ishlab chiqarish jarayonining 
to‘xtashi, vaqt o‘tgan sari uning qarzga botishiga olib keladi. Qarzlar o‘sib shu 
darajaga boradiki, natijada, korxona bu qarzlarni to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmay 
qoladi. Bunday holatlarda korxona bankrot (“sindi”) deb e’lon qilinadi. Korxonaga 
tegishli mol-mulk sotuvga, odatda, kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Sotishdan tushgan 
pullar davlat va boshqa firmalar oldidagi qarzlarni qoplashga ishlatiladi.
Respublikamizda “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonun 1994- yilda qabul qilingan. 
Unda qarzlarini to‘lashga qodir bo‘lmagan korxonalarni “bankrot” deb e’lon qilish 
yo‘l-yo‘riqlari belgilangan.
Korxonalar, firmalar ta’sischilar kengashi qaroriga ko‘ra yoki bankrot deb
e’lon qilingan taqdirda tugatilishi mumkin. Firmalarni tugatish firma nizomida 
va amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan yo‘l-yo‘riqlar asosida amalga oshiriladi. 
Korxona tugatilayotgan paytda, uning davlat va boshqa firmalar hamda tashkilotlar 
oldidagi qarzlari to‘langandan so‘ng, qolgan mol-mulk va pul mablag‘lari ta’sischilar 
o‘rtasida korxona nizomida ko‘zda tutilgan tartibda taqsimlanadi. Korxona shahar 
(tuman) hokimligi tomonidan tugatilishi haqidagi qaror chiqqandan keyingina 
tugatilgan hisoblanadi.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin