Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

61
61
60
TIJORAT BANKLARI 
Tijorat banklari aholi, firma va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatadi. Tijorat banklari:
— markaziy bankdan qarzga pul oladi;
— mijozlarning pul mablag‘larini saqlaydi va jamg‘arishda ko‘maklashadi;
— pulga muhtoj bo‘lgan mijozlarga pul qarz (kredit) beradi;
— chet el valutalarini sotib oladi va sotadi;
— qimmatli qog‘ozlarni sotib oladi va sotadi;
— o‘z mijozlarining pul bilan bog‘liq bo‘lgan turli hisob-kitob ishlarini, xususan, 
to‘lov ishlarini bajaradi.
Bankka qo‘yilgan mablag‘ omonat yoki depozit deb yuritiladi. Bankka mablag‘ 
qo‘ygan mijozlar omonatchilarga aylanadilar. Agar bank omonatchilarning pul 
mablag‘larini ularga ma’lum haq (foiz) to‘lash sharti bilan ma’lum muddatga saqlab 
berish majburiyatini olsa, bunday omonatlar muddatli depozitlar deb yuritiladi. Agar 
bank omonatni istalgan payt omonatchiga qaytarish majburiyatini olgan bo‘lsa, bunday 
omonat joriy depozit deb yuritiladi. Birinchi holda bank mijozining pul mablag‘ini
jamg‘arishga va buning evaziga foiz ko‘rinishidagi daromad olishiga ko‘maklashsa, 
ikkinchi holda esa mablag‘ni saqlashga, mijozning birinchi talabiga ko‘ra qaytarishga 
yoki biror to‘lovni amalga oshirishga yordam beradi.
KREDIT FOIZI VA STAVKASI
“Qarz” bank tilida kredit deb ataladi (lotinchada creditum – qarz ma’nosini 
anglatadi). Albatta, bank mijozga qarz berib turganligi uchun mijoz bankka qarz 
haqi to‘laydi. Qarz haqi — kredit foizi deb ataladi. Kredit foizi miqdori yillik foiz 
stavkasiga qarab belgilanadi. 
Formula
Kreditning yillik
 foiz stavkasi
Kredit haqi
Kredit miqdori
=
100%
.
Bank atamasi italyancha “banco” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “kursi” 
(“stul”) ma’nosini bildiradi. O‘rta asrlardagi birinchi bankirlar aholi gavjum 
joylarda, maydonlarda kursida o‘tirib olib, pullarni almashtirib berish, omonatga 
qabul qilish va qarz berib turish ishlarini bevosita bajarishgan. Shu bois, ular 
o‘tirgan joy, “banco” (“kursi”), ya’ni “bank” nomini olgan.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin