169
O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosati
Qalandarov Orifxon Odilxon o‘g‘li
Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining 2017-yildan buyon
nafaqatdunyodagi balki Markaziy Osiyo mintaqasidagi tashqi siyosatining ustuvor
yo‘nalishlari haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar: MDH mamalakatlari, Markaziy Osiyo, Yangi O‘zbekiston, BMT Bosh
Assambleyasi, xorijiy harbiy bazalar,
Butun insoniyat kabi jaxondagi har bir xalq va millat ham o‘zining taraqqiyot tongiga
qarab intiladi. Tabiatning buyuk hodisasi bo‘lgan quyoshning har erta saharda olam yuz
ko‘rastishi qanchalik go‘zal va jozibali bo‘lsa, dunyodagi xalqlar va davlatlar rivojida yangi
tongning boshlanishi ham shu qadar fayzli va tarvotlidir. Dunyoda dalat va millatlar ko‘p.
Ularning deyarli barchasi qudratli davlat va millat sifatida taraqqiy etish kabi ezgu niyat
bilan rivojlanib boradi. Tarixdan ma’lumki yer yuzida yuksak ko‘tarilish va taraqqiyot sari
turli “Uyg‘onish – Renessans” deb atalmish davrlarni bosib o‘tadi.
O‘zining uch ming yildan ziyod qadimiy va boy tarixi davomida doimo marrani baland
olib, turli qiyinchilik va sinovlarni mardona yengib yashashga o‘rgangan, katta hayot va
kurash tajribasida, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy
salohiyatga ega bo‘lgan xalq sifatida bugun oldimizga qanday ulug‘ maqsadlar turganini biz
albatta yaxshi anglaymiz
56
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsisining 17-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston
Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati
56
Шавкат Мирзиёев. Янги Ўзбекистон тараққиёт стратегияси.Тошкент.: “Ўзбекистон” 2022
6-бет
170
davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik,
chegaralar daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l iblan hal etish, boshqa davlatlarning
ichikiishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa
qoidalari va normalariga asoslanadi
57
degan qoidaga muvofiq Yangi O‘zbekistonning tashqi
siyosati, avvalo, xalqimiz, Vatanimiz manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda
amalga oshiriladi. Shu nuqtai nazardan mazkur dissertatsiya dolzarb ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek, “Biz O‘zbekiston tashqi
siyosatini faollashtirish yuzasidan boshlangan keng ko‘lamli ishlarni, milliy
manfaatlarimizga javob beradigan , ochiq, pragmatic va chuqur o‘ylangan tashqi siyosat
yo‘lini davom ettiramiz
58
”.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat
mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon
atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik mihitini shakllantirish, respublikaning
tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish.
Shuningdek Respublika harbiy siyosiy bloklarga qo‘shilmaslikda sodiq bo‘lib, o‘z
hududida xorijiy harbiy bazalar va obyektlar joylashtirishga, mamlakat harbiy
xizmatchilarining chet eldagi tinchlikparvarlik amaliyotlarida yoki harbiy mojarolarda
ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaydi. O‘zbekiston barcha qarama-qarshiliklar va nizolarni faqat
tinch siyosiy yo‘llar bilan har qilish tarafdori.
Ma’lumki, Xarakatlar strategiyasi
59
da davlatimizning tashqi siyosat sohasida
xavfsizlik, millatararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan,
o‘zaro manfaatlar va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimizo‘
mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon atrofida xavfsizlik,
barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro
nufuzini mustahkamlash vazifalari belgilandi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining
57
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: “O‘zbekiston” NMIU.2018. 8-b.
58
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi // Xalq so‘zi. 2020-yil 25-yanvar. № 19 (7521).
59
QXMMB 13.06. 2017.09/19/484 32-83-son.
171
xalqaro nufuzini yuksaltirish, dunyo hamjamiyatiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlar to‘g‘risida xolis axborot yetkazish, O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy
va iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy asoslari takomillashtirildi, O‘zbekistonning
davlat chegaralarinidelimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini tartibga solindi.
O‘tgan davrda Rossiya, Xitoy, AQSh, Germaniya, Fransiya, Turkiya, Yaponiya, Janubiy
Koreya, Xindiston. Pokiston, Yeron, BAA kabi dunyoning olis va yaqin mamlakatlari bilan
ko‘p qirrali xamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlarga erishildi va “yo‘l
xaritalari” tasdiqlandi.
2016-yilga qadar shakllangan O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan munosobatlari
barcha masalalarni qat’iy qayta ko‘rib chiqishni talab qilar edi. Shu o‘rinda “Nima uchun?”
degan savol tug‘iladi. Chunki, ko‘p yillik nizolar, ba’zida to‘g‘ri yondashilganda oqilona
yechimlar topsa bo‘ladigan masalalar bo‘yicha “qarama-qarshiliklar” nafaqat
kelishmovchiliklarga, balki ko‘pincha chegaralarda nohush hodisalarga ham sabab bo‘lgan.
O‘tgan uch yil ichida, O‘zbekiston prezidentining tashabbusi bilan mintaqaning barcha
mamlakatlari bilan yuqori darajadagi tashriflar amalga oshirildi. Mazkur tashriflar
davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun o‘zaro manfaatli bo‘lgan global masalalar
bo‘yicha qaror qabul qilindi: xavfsizlik, iqtisodiyot, investitsiya, madaniyat va ekologiya
sohalarida. Natijada tarixan qisqa vaqt ichida O‘zbekiston va mintaqa mamlakatlari
o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshi tomonga burilishiga sabab bo‘lgan ulkan o‘zgarishlar
ro‘y berdi. Ya’ni, bugun sizga ishonch bilan Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari bilan
yaxshi munosabatlarga ega ekanligimizni ta’kidlay olaman. 2016-yilga qadar bo‘lgan
muammolar bugun butunlay bartaraf qilindi. O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari
o‘rtasida 25 yil ichida shakllangan muzlar shu uch yil ichida butunlay eridi deyishimiz
mumkin.
172
Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy va birinchi darajali vazifalaridan biri bu 2017-2021-
yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini
60
samarali amalga oshirishdir.
Ushbu ustuvor maqsadlarga erishish uchun tashqi siyosat idorasi oldiga quyidagi
vazifalar qo‘yilgan:
– mamalakatda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyat va
iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun
mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;
– Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlik saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani
xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylaantirish;
– jahonning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik
qilishning mutanosib, ko‘p qirrali tizimini shakllantirish;
– O‘zbekistonning mintaqah va jahon siyosatidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha
halqaro tashabbuslarni ilgari surish;
– mahalliy mahsulotlarning eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish
borasida ko‘maklashish;
– milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar
va ilg‘or texnologiyalarni jalb etishda faol ko‘mak berish;
– mamlakatimizga turistlarni jalb qilish hamda turistik infratuzilmani rivojlantirish
borasida amaliy yordam ko‘rsatish;
– transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishda hamda
xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistic infratuzilmalarni rivojlanishiga
ko‘maklashish;
60
Shavkat Mirziyoev. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi.Toshkent.:
“O‘zbekiston” 2022-yil. 6-bet
173
– xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari huquq va
manfaatlarining har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash;
– xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash.
O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamisha do‘stona va ahil qo‘shnichilik
munosabatlarini mustahkamlash, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni
rivojlantirishdan, parlamentlar, chegara hududlari, jamoat tashkilotlari va oddiy fuqarolar
o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishdan manfaatdor.
O‘zbekiston tashqi siyosatining yana bir ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu MDH
mamlakatlari bilan hamkorlik hisoblanadi. Mazkur davlatlar bilan respublikamiz tarixan
shakllangan siyosiy, iqtisodiy, transport-kommunikatsion va boshqa aloqalarga ega.
O‘zbekiston Hamdo‘stlik mamalakatlari bilan tenglik, o‘zaro foydalilik, bir-birining
manfaatlarini hurmat qilish va e’tiborga olish tamoyillari asosida ikki tomonlama hamkorlik
munosabatlarini qurishni davom etadi.
Shuningdek, O‘zbekiston musulmon dunyosi davlatlari bilan o‘zaro manfaatli
aloqalrni iqtisodiyot, transport kommunikatsiyasi, moliya, investitsiya va sayyohlik
sohalarida, shu jumladan Islom hamkorlik tashkiloti va Islom taraqqiyot banki doirasida faol
rivojlantirish va mustahkamlashdan manfaatdor.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 5-6 sentabr kunlari Markaziy Osiyo
mamlakatlariga ilk davlat tashriflarini amalga oshirgan holda Qirg‘iziston Respublikasiga
davlat rahbari sifatida ilk marta tashrif buyurdi. Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar
chog‘ida O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning
asosiy masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar
va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari,
mamlakatlarimizning chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish, shuningdek,
tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qildilar.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston-
Qirg‘iziston davlat chegarasi haqidagi shartnoma, mamlakatlarimiz o‘rtasida turli
174
sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan boshqa qator hujjatlar
imzolandi
61
.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni
ta’minlashga doir tashabbuslarini va strategik qarashlarini 2017-yilning sentabr oyida
AQSHning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida
batafsil bayon qildi
62
. So‘ng 2017- yilning noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan
"Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot
yo‘lidagi hamkorlik" mavzusidagi konferensiyada davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo,
jumladan, Afg‘onistonda mustahkam tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha
mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi qo‘shma sa’y-harakatlarning keng qamrovli dasturini
taklif etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlaridagi dasturiy nizomlar, uning
Markaziy Osiyo va Afg‘onistondagi joriy vaziyat, rivojlanish istiqbollariga bergan bahosi
xalqaro hamjamiyatning katta qiziqish va e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston qoʻshni mamlakatlar bilan munosabatlarini
normallashtirish yoʻlidan bormoqda, ya’ni qoʻshnilar bilan normal munosabatlar ham
siyosiy, ham iqtisodiyo jihatdan islohotlarni yoʻlga qoʻyishda kattagina qulayliklar berishini
biladi.
Ochiq chegarasiz, qoʻshnilar bilan normal iqtisodiy munosabatlarni yoʻlga qoʻymay
turib, qoʻshnilar orqali logistikani izga tushirmasdan — hech qanday liberal islohotlar hosil
Dostları ilə paylaş: |