Ushbu
summa ijobiy son bilan chiqsa, u asosiy vositalarning qiymatini
oshirilganligini,
manfiy son bilan chiqsa, u asosiy vositalar qiymatini
pasaytirilganligini bildiradi. Qayta baholash natijasi
inventarizatsiya qaydnomasi
asosida hisobda aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning qiymati oshirilganda, yangi va eski boshlang‘ich
qiymatlar o‘rtasidagi ijobiy farq buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari»
Kredit 8510 « Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»
Qayta baholashda mos ravishda asosiy vositaning jamlangan eskirish summasi
ham yuqorida keltirilgan ikki usulning biri bo‘yicha qayta hisoblanadi.
Eskirish
summasi oshirilganda unga quyidagi yozuv qilinadi:
Dostları ilə paylaş: