Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/116
tarix16.04.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#98882
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

 
Fo + Fd 
O‘f = -------------------- x 100 % 
Mo + Md 
Bu yerda:
Fo va Fd – materiallarning harid qiymati va hisob baholaridagi qiymati 
o‘rtasidagi farqning mos ravishda oy boshiga qoldig‘i va kirim qilingan qismiga 
to‘g‘ri keluvchi summasi ( yoki 1610 «Materiallar qiymati o‘rtasidagi farq» 
schyotining mos ravishdagi bosh qoldig‘i va debet oboroti summalari); 
Mo va Md – materiallarning hisob bahosidagi oy boshiga bo‘lgan bosh 
qoldig‘i va kirimining qiymati ( yoki 1000 «Materiallar» schyotining hisob bahosi 
bo‘yicha mos ravishdagi bosh qoldig‘i va debet oborot summalari).
Materiallar sarfiga to‘g‘ri keladigan ularning harid qiymati va hisob 
baholaridagi qiymati o‘rtasidagi farq summasi (Fs) quyidagicha topiladi: 
Fs = Ms * O‘f / 100 % 
Bu yerda: Ms – materiallar chiqimining hisob bahosidagi qiymati
Misol: 1050 «Qurilish materiallari» schyotining hisob bahosida qiymati oy 
boshiga 10000000 so‘m, 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotining 
debet qoldig‘i 250000 so‘m. Hisobot oyida kirim qilingan materiallarning qiymati 
(QQSsiz): (a) hisob bahosida 15000000 so‘m; (b) haqiqiy tannarxi (harid qiymati) 
bo‘yicha 16000000 so‘m. Hisobot oyida qurilishga sarflangan materiallarning 
hisob bahosidagi qiymati 20000000 so‘m.
Ushbu misolda keltirilgan ma’lumotlar bo‘yicha: 
(1) materiallarning harid qiymati va hisob baholaridagi qiymati o‘rtasidagi 
farqning o‘rtacha foizi 5 foizga teng bo‘ladi: 
O‘f = (250000 + 1000000) / (10000000 + 15000000)* 100% = 5 %; 


(2) qurilishga sarflangan materiallarga to‘g‘ri keladigan ularning harid 
qiymati va hisob baholaridagi qiymati o‘rtasidagi farq summasi 1000000 so‘mga 
teng bo‘ladi: 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin