Qurilish tashkilotlarida materiallarning analitik hisobi moddiy javobgar
shaxslar bo‘yicha hisob bahosida 10-s qaydnomasida yuritiladi. Bu qaydnoma 3 ta
bo‘limdan iborat. Uning 1-bo‘limi sotib olingan materiallarning haqiqiy tannarxi
hamda ularning hisob bahosidagi qiymati o‘rtasidagi chetlanish summasining
hisobi uchun mo‘ljallangan. Ushbu chetlanishni hisob-kitob qilish va ular hisobini
1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida yuritish uchun 10-s
qaydnomasiga materiallarning kirimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 6-s jurnal-order va
boshqa jurnal-orderlar yozuvlari asosida ko‘rsatiladi. Materiallar va ular
qiymatidagi farqlarning bosh qoldig‘iga doir ma’lumotlar qaydnomaning 2- va 3-
bo‘limlaridan olinadi. Shundan so‘ng, materiallar va ular qiymatidagi farqlarning
bosh qoldiqlari va kirimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida (mos ravishda ularning
haqiqiy tannarxi hamda hisob bahosidagi qiymatlari bo‘yicha) harid qiymati va
hisob baholaridagi qiymati o‘rtasidagi farq summasi va foizi aniqlanadi.
Materiallarning harid qiymati va hisob baholaridagi qiymati o‘rtasidagi
farqning o‘rtacha foizi
(O‘f) quyidagicha topiladi:
Dostları ilə paylaş: