2
Xalikov A.
175
601,25
360,75
105219
63131
168350
3
Shirinov B
192,5
601,25
360,75
115741
69444
185185
4
Jabborov S
98
601,25
360,75
58923
35354
94277
5
Olimov A
138,6
601,25
360,75
83333
50000
133333
Jami
831,6
500000
300000
800000
Qurilish tashkilotlarida vaqtinchalik mehnat layoqatini yo‘qotganlik uchun
beriladigan nafaqa, mehnat ta’tili va boshqa to‘lovlar (moddiy yordam,
kompensatsiyalar) umumbelgilangan tartibga asosan hisob-kitob qilinadi.
Qurilish tashkilotlarida hisoblangan ish haqidan ushlanmalar boshqa xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlardagi kabi majburiy va ixtiyoriy ushlanmalarga bo‘linadi.
Majburiy ushlanmalarga xodimlar ish haqidan undiriladigan daromad solig‘i, 2,5
foizlik pensiya fondiga ushlanma, 1 foizlik jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti
schyotiga ushlanma, sud ijro hujjatlari asosida amalga oshiriladigan ushlanmalar,
berilgan bo‘nak va boshqalar kiradi. Ixtiyoriy ushlanmalarga xodimlarning
arizasiga ko‘ra ushlanadigan turli to‘lovlar, hayriyalar kiradi. Respublikamiz
qonunlariga ko‘ra ish haqidan ushlanmalarning jami miqdori xodimlar oylik ish
haqining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Ish haqidan undiriladigan barcha
ushlanmalarning hisob-kitoblari umumbelgilangan tartiblarda amalga oshiriladi.
Qurilish tashkilotlari boshqa korxonalar singari ish haqini berishning bo‘nakli
va bo‘naksiz tizimlarini qo‘llaydilar. Bo‘nakli tizim qo‘llanilganda oyning birinchi
yarmi tugagach, xodimlarga oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda bo‘nak
qaydnomalar asosida beriladi. Bo‘naksiz tizim qo‘llanilganda ish haqi faqat
hisobot oyi tugagach qaydnomalar asosida beriladi.
Qurilish tashkilotlari buxgalteriyasi mehnatga haq to‘lashga doir barcha
hisob-kitob ma’lumotlarini ish haqi kitobida, xodimlarning shaxsiy varaqalarida
yoki hisob-to‘lov qaydnomalarida mujassamlashtiradi. Ushbu registrlarda
keltirilgan ma’lumotlar ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblarning sintetik va analitik
hisobini yuritishga asos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: