Qurilish ishlari bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi
buyurtmachi tashkilotlarning to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligiga bevosita
bog‘liqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buyurtmachi korxonalar to‘lov qobiliyatini
yo‘qotish riskining mavjudligi qurilish tashkilotlarida dargumon debitorlik
qarzlarni bevosita yoki tashkil qilinadigan maxsus rezerv evaziga hisobdan
chiqarish usullaridan birini hisob siyosatida belgilab qo‘yishni talab etadi.
Bajariladigan ishlar (xizmatlar) qurilish tashkilotlari bo‘linma-larida (qurilish
maydonchalari, sexlar, omborlar va boshqa javobgarlik markazlarida) turli
boshlang‘ich hujjatlarni tuzishni, ular aylanishini tashkil qilishni, shuningdek
boshlang‘ich hujjatlar asosida tegishli hisob registrlarini yuritishni taqozo etadi.
Qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan boshlang‘ich hujjatlar, ularni tuzish, taqdim
etish va ishlovdan o‘tqazish tartibi to‘g‘risida keyingi mavzularda alohida
to‘xtalamiz.
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobi jurnal-order, memorial-order,
bosh-jurnal va ixchamlashtirilgan shakllardan birida qo‘lda yoki zamonaviy
kompyuterli texnologiyalarga asoslanilgan holda yuritilishi mumkin. Hozirgi
paytda aksariyat qurilish tashkilotlarida qo‘llanilayotgan hisob shakli bo‘lib jurnal-
order shakli hisoblanadi. Bu shaklda ishlatiladigan hisob registrlarining schyotlar
bo‘yicha taqsimoti 2-va 3-ilovalarda keltirilgan.
Qurilish tashkilotlari hisob siyosatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib
moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobini yuritish uchun tasdiqlangan
ishchi schyotlar rejasi hisoblanadi. Qurilish tashkilotlari xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda ishchi schyotlar rejasida nazarda tutilishi lozim bo‘lgan ayrim
schyotlar va ularning yuritilish tartibiga keyingi mavzularda alohida to‘xtalamiz.
Dostları ilə paylaş: