Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari


Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalarning tasnifi



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/116
tarix16.04.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#98882
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

1.Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalarning tasnifi,
tavsifi va baholanishi 
 
Qurilish ishlarini turli mehnat qurollari hamda vositalarisiz amalga oshirib 
bo‘lmaydi. Chunonchi, yer osti va ustidagi, turli chuqurlik va balandliklardagi 
ishlarni bajarish uchun qurilish tashkilotlariga harakatlanuvchi kranlar
buldozerlar, ekskavatorlar, beton qorish mashinalari, bo‘yoq va ohak purkagich 
apparatlar, elektr randa va arralar hamda boshqa shu kabi maxsus texnika, mashina 
va uskunalar kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, qurilishga kerakli bo‘lgan ko‘p 
miqdordagi materiallarni tayyorlash, saqlash va ularni qurilish maydonchalariga 
o‘z vaqtida yetkazib berish turli ta’minot, ishlab chiqarish va boshqa 
jarayonlarning bajarilishini ta’minlovchi binolar, inshoatlar, transport va boshqa 
mehnat vositalariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Bularning barchasi qurilish 
tashkilotlarida asosiy vositalarni muhim ahamiyatga ega ekanligidan darak beradi. 
Bu, o‘z navbatida, qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar holati va harakati
eskirishi va yangilanishi, samarali ishlatilishi ustidan uzliksiz nazoratni o‘rnatish, 
shuningdek ular hisobini o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritish talabini qo‘yadi. 
Qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan asosiy vositalarni turlicha tasniflash 
mumkin (2.1-jadval). 
Ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko‘ra qurilish tashkilotlarining barcha 
asosiy vositalarini ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy vositalariga ajratish 
mumkin. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bo‘lib, chunonchi, bevosita qurilish 
ishlarini olib borishda ishtirok etadigan mehnat qurollari va vositalari, masalan 
maxsus qurilish mashinalari va uskunalari, texnika, transport vositalari, bino va 
inshoatlar hisoblanadi. Noishlab chiqarish asosiy vositalariga ma’muriyat binosi, 
ofis mebellari, kompyuterlar, boshqaruvga xizmat qiladigan transport vositalari, 
shuningdek boshqa ijtimoiy-madaniy maqsadlarda foydalanilayotgan ob’ektlar 
kiradi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin