Beg‘araz olingan mulk deganda boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan
haqi to‘lanmaslik sharti bilan olingan mulk (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar,
o‘rnatishga mo‘ljallangan jihozlar, materiallar)
tushuniladi.
Grantlar deganda qurilish tashkilotiga davlat (xukumat) hamda nodavlat,
chet el, halqaro tashkilot va fondlar tomonidan ma’lum maqsadlar uchun berilgan
beg‘araz, gumanitar pul mablag‘lari yoki moddiy texnik yordam summasi
tushuniladi. Grant mablag‘lari qat’iy belgilangan maqsadlar uchun ishlatiladi.
Olingan dividendlar va foizlar Soliq qonunchiligiga muvofiq alohida 10
foizlik dividend solig‘iga tortilishi munosabati bilan foyda (daromad) solig‘ini
hisoblashda chegirib tashlanadi. Shuning uchun ularning summalari foyda
(daromad) solig‘i hisob-kitobining alohida satrida ko‘rsatiladi. Ushbu
daromadlardan dividend solig‘ini undirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar ularni
bergan yuridik shaxslarning ma’lumotnomalari bilan tasdiqlanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: